|
Boshlang‘ich sinflarda innovatsion va integratsion darslarni tashkil qilish
|
tarix | 09.04.2023 | ölçüsü | 17,34 Kb. | | #104806 |
| Shanti
Boshlang‘ich sinflarda innovatsion va integratsion darslarni tashkil qilish
Olimova Shaxnoza Farxod qizi ChDPU 3-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Tayanch so‘zlar:
Integratsiya tushunchasi . “Integratsiya” tushunchasi lotincha bo ‘lib , to ‘liq , yaxlit va bir butunlik ma’nolarini anglatadi . Atama sifatida integratsiya so ‘zi quyidagilarni ifodalaydi :
O ‘quv fanlarining o ‘zaro bog’liqligini ;
O ‘qitish jarayonining boshqa turdosh faoliyatlar bilan aloqadorligini .
XX asr oxirlarida butun dunyoda davlatlararo iqtisodiy integratsiya jarayonlari boshlandi . Natijada ta’lim va ilm-fanda ham integratsion jarayonlari yuzaga kelib , unda g ‘oyaviy bog ‘liqlik , mavzuli aloqadorlik va ilmiy-metodik samaradorlik masalalarga alohida e’tibor berila boshlandi.
2018-yildan boshlab Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida integratsiyaning innovatsion pedagogic ta’lim klasteri joriy etila boshlandi . Unga ko ‘ra , klister usuli innovatsion pedagogik integratsiyaning asoslaridan biri sifatida qabul qilindi va mazkur innovatsion integratsiyaning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
-o ‘quv fanlarining o ‘zaro bog ‘liqligini ta’minlash ;
- o ‘quv jarayoni va amaliyotining uyg ‘unligini birlamchi bilish ;
- kafedralarning mahalliy va xalqaro hamkorligini qat’iy kuchaytirish ;
-institutining Toshkent viloyati ta’lim muassasalari bilan nazariyva amaliy hamkorligini amalga oshirish;
- viloyatning ta’limga oid muammolarini barcha manfaatdorlar bilan birgalikda hal etish;
-pedagog kadrlarni tayyorlashda ish beruvchilar bilan hamkorlik qilish;
- “Maktab-laboratoriya”lar tashkil etish.
Buning natijasida Institut va Toshkent viloyati ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘ziga xos integratsion jarayonlar yuzaga keladi .
Boshlang‘ich ta’lim tizimi samaradorligini oshirish innovatsion va integratsion yangiliklar yaratish o‘z ustida qattiq ishlay oladigan pedagoglar uchun kerakli deb o‘ylayman . Texnologiyalar atrofimizni, hayotimizni qurshab olgan bir paytda bolalar ong-u shuurini gadjetlar , turli xil qurilmalar , kompyuterlar egallab olmoqda . Zamonaviy pedagog kadrlar ana shu kabi innovatsion qurilmalarni bilishi , ulardan foydalana olishi shart va zarurdir .
Integratsion darslarni innovatsion-texnologik holda tashkil etish. Ushbu maqolam davomida men qaysidir ma ‘noda kelajak uchun kerak bo ‘ladigan g‘oyalarimni va ulardan dars o ‘tish mobaynida foydalanish zarurligini aytib o‘tmoqchiman . Birinchi navbatda har bir pedagog psixolog bo ‘lishi zarur , bola psixologiyasini yaxshi tushungan pedagoglarning innovatsion va integratsion g‘oyalari doimo o ‘z natijasini bermay qolmaydi . Bolalarning juziy kamchiliklari , ularning uyalchanliklari , qat`iyatsizliklarini, qo ‘rqoqliklarini, tortinchoqliklarini yengib o ‘ta olishlari uchun mening nazdimda zamonaviy o ‘qituvchi ham psixolog , ham logoped , ham texnik jihozlardan foydalana oladigan hamda eng asosiysi bolalardek fikr yurita oladigan samimiy , xushchaqchaq , qat’iyatli bo ‘lmog ‘I zarurdir . So ‘zlashida nuqsoni bo ‘lgan boshlang ‘ich sinf o ‘quvchilari bilan bilamizki , logoped ish olib boradi , biroq hozirgi kunda ham innovatsion , ham integratsion bir loyiha ustida bosh qotirmoqdaman . Ushbu loyihaga ko ‘ra o ‘qituvchi rus tili va hozirgi kunda ommalashgan ingiliz tilini logopedning hamkorligi yordamida o ‘zlashtirishi samarali va qulaydir .
Dostları ilə paylaş: |
|
|