Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishda kasr tushunchasi elementlarini o'rgatish metodikasi mundarija: Kirish Asosiy qism I bob kasrlar bilan tanishtirishning mohiyati



Yüklə 60,59 Kb.
səhifə1/10
tarix15.06.2022
ölçüsü60,59 Kb.
#89558
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BOSHLANG\'ICH SINFLARDA MATEMATIKA O\'QITISHDA KASR TUSHUNCHASI ELEMENTLARINI O\'RGATISH METODIKASI


BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA O'QITISHDA KASR TUSHUNCHASI ELEMENTLARINI O'RGATISH METODIKASI
MUNDARIJA:
Kirish……………………………………………………………………….…….3
Asosiy qism
I BOB KASRLAR BILAN TANISHTIRISHNING MOHIYATI…..………11
1.1 Miqdorlarning ulushlari bilan tanishtirish metodikasi………………………11
1.2 Boshlang'ich sinflarda kasr tushunchasi elementlarini o'rgatish metodikasi………………………………………………………………….……16
II BOB BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA O‘QITISH METODLARI......................................................................................................26
1.1 Uslub (metod) tushunchasi uni turlari. O’quv-bilish faoliyatini
tashkil qilish uslubi................................................................................................26
2.2 Boshlang`ich sinflarida matematika o`qitishni zamonaviy tarzda amalga oshirish imkoniyatlari va kasr elementalarini o’rgatish metodikasi.......................31
Xulosa....................................................................................................................32
Foydalanilgan adabiyotlar...................................................................................33


Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Kasrlar bilan tanishtirishning mohiyati. Oʻquvchilarni kasrlar bilan tanishtirish dasturga binoan 3-sinfdan boshlanadi. Kasrlarning hosil boʻlishi, ularni taqqoslash, sonning ulushini topish va berilgan ulushga koʻra sonning oʻzini topish bilan tanishadilar. 4-sinfda 1ning ulushi, bir necha ulushi va uning yozma koʻrinishi tasavvurlariga ega boʻladilar. Kasr tushunchasi geometriyada kesma ulushi, miqdorlarning ulushi va boshqa geometrik shakllarning ulushlari bilan bevosita bogʻlangan. Kasr tushunchasini hosil qilish har xil narsalarni teng boʻlaklarga boʻlish, kesish, sindirish, maydalashdan kelib chiqadi deyiladi. Boshlangʻich sinfdan oldin, ya’ni maktabgacha yoshdayoq kasr tushunchasining boshlangʻich tushunchalari berilgan. Masalan, olma, tarvuz, bodring, non va boshqalarni bir necha boʻlaklarga boʻlib koʻrgan va boshlangʻich tushunchalarni olgan. Shu maqsadda bolalarni ulushlar bilan, ularning yozilishi bilan tanishtirish, taqqoslashni oʻrganish, sonning ulushlari va ulush boʻyicha sonni topishda doir masalalarni yechish koʻzda tutiladi, aytib oʻtilgan barcha masalalar koʻrgazmali qilib ochib beriladi. Miqdorlarning ulushlari bilan tanishtirish metodikasi. Yuqorida koʻrdikki, 3-sinfda birning ulushlari, ya’ni 1/2, 1/3, 1/4 va hokazo ulushlarga oid tasavvurlarni hosil qilishdan iborat. Kasrlarni oʻrgatish deyarli koʻrgazma asosida tushuntiriladi. Bu koʻrgazmalarga meva qovun, tarvuz, geometrik shakl, chup, qogʻoz va boshqa atrofdagi narsalarni olish mumkin. Koʻrgazmali tushuntirishda, masalan, olmani teng ikkiga boʻlish, ba’zan teng boʻlmagan 2 boʻlakka boʻlish, u yarim olma emasligini, demak, kasrni hosil qilmaslikni tushuntirish kerak. Faqat teng boʻlakka boʻlgandagina kasr son yoki butunning ulushi hosil boʻlishini mustahkamlash, sindirish lozim.

Yüklə 60,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə