Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishida interfaol metodlaridan foydalinsh



Yüklə 235,32 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix26.10.2023
ölçüsü235,32 Kb.
#131506
12688 1 66B69577DE481A3D5062E652566DDF8B41BE43AA



BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA O’QITISHDA 
INTERFAOL METODLARIDAN FOYDALANISH 
Buxoro davlat universiteti o’qituvchisi
Sidiqova Dilora Shavkatovna
Buxoro davlat universiteti talabasi
Jabborova Go’zal Anvar qizi
Kalit so’zlar:
innovatsiya, interfaol, pedagogik mahorat, samaradorlik, 
didaktik vazifa, xotira, ta’lim sifati, bilim, axborot vositalari, kompyuter. 
Ключевая слова:
инновации, интерактивный, педагогические навыки, 
эффективность, дидактическое задание, объем памяти, качество образования, 
знание, средства массовой информации, компьютер. 
Keys words:
innovation, interactive, pedagogical skills, efficiency, didactic 
task, memory, quality of education, knowledge, media, computer. 
Annotatsiya:
ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishda 
interfaol metodlardan foydalanish haqida ma’lumotlar berilgan.
Аннотация:
в данной статье представлена информация об 
использовании интерактивных методов в обучении математике в начальных 
классах.
Annotation:
this article provides information on the use of interactive 
methods in teaching mathematics in the primary grades. 
Ta’lim tizimida o’quvchilarni bilim olishi birinchi o’rinda turishini hamma 
yaxshi biladi. O’quvchi o’qituvchi bergan har bir bilimini yaxshi o’zlashtirishi 
uchun turli xil metodlarni qo’llash lozim. Yangicha metod yoki innovatsiyalarni 
ta’lim jarayoniga tadbiq etish haqida gap borganda interfaol usullarning o’quv 
jarayonida qo’llanilishi tushuniladi. Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida 
o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. O’qitishning interfaol 
metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib 
keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash 
maqsadga muvofiq. Faqatgina o’qituvchi emas, balki o’qituvchi bilan birgalikda 
o’quvchi ham faol bo’lishi hozirgi kunning talabi hisoblanadi. Bolalarga dars 


jarayonlarini turli xil ko’rnishdagi metodlar o’yinlar orqali ularga tushuntirib 
ularni psixikasiga mos dars jarayonlarni tashkil qilamiz. Dars jarayonida 
bolalarni zerkitib qo’ymaslik uchun ularga turli xildagi metodlar asosida dars 
jarayonni tashkil qilamiz. Hattoki, ma’lum bir kitobni o’qiganda, sahifalarida 
turlicha mazmun kashf etishni ko’ramiz. Masalan: L.N.Skatkinning “Metodika” 
kitobini varaqlaganda, kitobning boshida metodikaning umumiy masalalariga 
daxldor bo’lgan, boblarida avtorning tilida ko’plab metod so’zi uchraydi. Lekin, 
xususiy masalalariga bag’ishlangan boblarida avtor “metod” so’zi o’rniga 
“usul” so’zi ishlatilgan. O’qitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim 
maqsadi, ta’lim oluvchining soni va imkoniyatlari, o’quv muassasasining o’quv-
moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi, o’qituvchining pedagogik mahorati va 
boshqalar e’tiborga olinadi. 
Interfaol metodlar deganda- ta’lim oluvchini faollashtiruvchi va mustaqil 
fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan 
metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo’llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim 
oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Interfaol metod biror faoliyat yoki 
muammoni o’zaro muloqotda, o’zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida
hamjihatlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat 
o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi. 
Interfaol metodlar orqali o’quvchilarning tashabbuskorligi hamda jamoaviy 
izlanuvchanligini oshiriladi. Interfaol metodlardan foydalanib darslarni tashkil 
etilsa, o’quvchi darsga bo’lgan qiziqishi yanada oshadi va ta’lim sifati 
yaxshilanadi. 
Interfaol usullar orqali o’tilgan darslar o’quvchini ijobiy fikrlashga, olingan
axborotlarni faollikda hal etishga, fikrini erkin bayon qilishga, hamkorlikda ish 
yuritishga, fikrni yozma bayon etishga chorlaydi. Interfaol metodlar orqali 
o’tiladigan darslarda an’anaviy usullardan voz kechish degani emas, balki 
mazmunni o’zaro faollikda hal eta olishdir. Interfaollik bu faollikdir, ya’ni 
o’quvchi va o’qituvchi o’rtasidagi o’zaro muloqoti asosida kechadi. Albatta, har 
bir ishning maqsadi bo’lgani kabi interfaol usullarni qo’llashdan maqsad bo’ladi. 


Interfaol usulning bosh maqsadi o’quv jarayoni uchun eng qulay vaziyat yaratish 
orqali o’quvchilarning faol, erkin fikr yuritishga muhit yaratishdir. U o’zining 
intelektual salohiyatini, imkoniyatlarini namoyon etibgina qolmay, balki o’quv 
sifatini va samaradorligini oshiradi, ta’minlaydi. 
Matematika darslarida interfaol metodlar orqali tashkillashtirilsa, dars ham 
qiziqarli, ham mazmunli o’tishi mumkin. Chunki, biz bilamizki, boshlang’ich 
sinf o’quvchilar juda o’yinqaro bo’lishadi. Shuning uchun ham darslarni rang-
barang metodlarni tashkil qilish maqsadga muvofiq. Misol uchun “Ko’paytirish 
jadvali”ni tushunishida o’quvchi qiynaladi. Agar bu mavzularni tushuntirishda 
interfaol metodlar orqali tushuntirilsa, o’quvchining xotirasiga ham qolishi 
osonroq bo’ladi. 
Hozirgi yuksalish va yangilanish davrida yashar ekanmiz biz o’qituvchilar 
interfaol metodlar asosida dars jarayonalarini tashkil qilamiz. Oddiygina
o’qitish metodini olsak, bu tushuncha didaktika va metodikaning asosiy 
tushunchalaridan biridir. Didaktika va metodikaga oid hozirgi zamon 
ishlarining ko’pchiligida o’qitish metodlari o’qituvchi va o’quvchilarning 
birgalikdagi faoliyatlari usullari, bo’lib, bu faoliyat yordamida yangi bilimlar, 
malaka va ko’nikmalarga erishiladi, o’quvchilarning dunyoqarashlari 
shakllanadi, ularning qobilyatlari rivojlanadi. 
Darsda o’quvchilar faolligini oshiruvchi vositalardan biri-interfaol
metodlardir. Bu uslublar maktab pedogikasi uchun yangilik emas. Ulardan 
ilgari ham foydalanib kelingan. Qachonki, bu metodlar samarali natija bera 
oladi: 
-Dars va mavzuning maqsadlari to’g’ri aniq tanlanganda; 
-Mavzuga mos metodlarni tanlay olinsa; 
-Bir metod butun dars davomida qamrab olmasdan, balki kichik daqiqalarni 
qamrab olsa; 
-Tanlagan metod o’quvchilarga yangi bir axborotlarni yetkazib bersa
o’quvchi mavzuni nima haqidaligini tezgina tushuna oladi. 


Biz dars jarayonida metodlarni qo’laymiz dedik, bu bilan o’quvchilarning 
dars materiallarini o’zlashtirish darajasini ancha yuqori bo’ladi. Biz dars 
jarayonida bolalarni yoshiga va bilim darajasiga qarab, interfaol metodlardan 
foydalanib dars o’tamiz. 
So’ngi yillarda pedagogika faoliyatda turli axborot vositalari (kopyuter, 
televideniya, radio, nusxa ko’chiruvchi qurilma, slayd, video va audio 
magnitofonlar) yordamida ta’lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. O’qituvchilar oldida ta’lim jarayonida turli axborot vositalardan 
o’rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi. 
Biz o’qituvchilar darslarni turli xil innavotsion metodlar orqali tushuntirib, 
yoritib bolalarga yetkazib berishga harakat qilishimiz kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
M.Ochilov, N.Ochilova “Oliy maktab pedagogikasi” T.-2008 
2.
B.X.Xodjayev “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” T.-2017 
3.
R.Mavlonova, N.Voxidova va N.Raxmonqulova “Pedagogika nazariyasi 
va tarixi” T.-2010 
 

Yüklə 235,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə