Buddaviylik dini



Yüklə 27,61 Kb.
səhifə1/4
tarix23.05.2023
ölçüsü27,61 Kb.
#112272
  1   2   3   4
Buddaviylik dini


BUDDAVIYLIK DINI
Reja:

  1. Buddaviylikning vujudga kelishi.

  2. Buddaviylik ta’limoti.

  1. Buddaviylikning tarqalishi.

  2. Buddaviylik manbalari.

  3. Xulosa

  4. Adabyotlar ro’yxati.


Buddaviylikning vujudga kelishi. Buddaviylik (Buddaviylik) – uchta dunyo dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib, miloddan avvalgi VI-V asrlarda Hindistonda vujudga kelgan. Bu dinga e'tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, JanubiSharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, Shri Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Mongoliya, Koreya, Vetnam, Yaponiya, Kombodja, Birma, Tayland, Laosda va qisman Evropa va Amerika qit'alarida, Rossiyaning shimoliy mintaqalari - Buryatiya, Qalmiqiyada istiqomat qiladilar.
Hozirgi kunda dunyoda buddaviylar soni 750 mln.ga yaqin bo‘lib, ulardan 1 mln.ga yaqini monaxlardir.
Buddaviylikni din yoki falsafa, mafkura yoki madaniyat qonunlari to‘plami yoki hayot tarzi deb baholash mumkin.
Buddaviylik asoschisi haqida habar beruvchi folklor va badiiy adabiyotlar uni Siddxardxa Gautama, Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djinna, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etadilar. Bu ismlarning ma'nolari quyidagicha: Siddxardxa - shaxsiy ismi, Gautama - urug‘ ismi, Shakyamuni - shaklar yoki shakiya qabilasidan chiqqan donishmand, Budda - nurlangan, Tadxagata - shunday qilib, shunday ketgan, Djina - g‘olib, Bxagavan - tantana qiluvchi. Bu ismlar ichida eng mashhuri Budda ismi bo‘lib, uning ismidan dinga buddaviylik nomi berilgan.
Hozirgi kunda Buddaning beshta biografiyasi ma'lumdir: “Maxavostu” – milodning II asrida yozilgan, “Lalitavistara” - milodning II-III asrlarida yuzaga kelgan, “Buddaxacharita” - Budda faylasuflaridan biri Ashvagxoshey tomonidan milodning I-II asrlarida yaratilgan, “Nidanakatxa” – milodning I asrida yozilgan va
“Abnixishkramansutra”.
Buddaviylikning asoschisi miloddan avvalgi 1-ming yillikda yashagan Budda hisoblangan. U tarixiy shaxs bo‘lib, 80 yil yashagan. Uning xususida turli rivoyatlar mavjud. Uning nomi hind tilida nurlangan, oliy haqiqatga erishgan degan ma'noni anglatadi. Rivoyatlarga qaraganda, keng ma'noda ko‘p marta ilohiy tug‘ilishlar tufayli mutloq barkamollikka erishgan; boshkalarga ham diniy najot yo‘lini ko‘rsata oladigan odam bo‘lgan.
Budda mil. avv. 563 yilda tug‘ilib, 483 yilda vafot etgan. Siddxardxa Shakya qabilasining podshosi Shuddxodananing o‘g‘li edi. Uning saroyi Ximolay tog‘lari etagida Kapilavasti degan qishloqda bo‘lgan (hozirda Nepal hududida). Onasi - malika Mayya. Podshoh o‘g‘lini orzu havaslar og‘ushida tarbiyalab, uni hech bir kamchiliksiz katta qiladi. Siddxardxa ulg‘ayib qo‘shni podshohlardan birining qizi
Yashadxaraga uylanadi va o‘g‘il ko‘rib, unga Raxula deb ism qo‘yadi.
Tarixiy manbalarning dalolat berishicha buddaviylikning asoschisi shahzoda Siddxardxa vafot etgandan so‘ng Budda -"haqiqatga erishgan" deb atalgan. U ushbu oliy maqsadga erishish uchun Gautama urug‘idan bo‘lgan eng obro‘li Shak'ya qabilasini tanlagan. Аna shundan bu diniy rivoyatda Budda-Gautama nomi keng tarqalgan. Diniy rivoyatlarga ko‘ra Gautama hind qabilasi hukmdorlaridan birining o‘g‘li bo‘lib, u befarzand bo‘lgan, ammo uning xotini g‘oyibdan homilador bo‘lib,
45 yoshida o‘g‘il tuqqan. Bola tug‘ilganda mo‘'jiza yuz bergan. Tabiiy hodisalar - yer qimirlab, chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumbirlab turgan. Uning ovozini Koinotdagi ilohiy kuchlardan tashqari barcha tirik mavjudodlar ham eshitib turganlar. Chaqaloqqa Siddxardxa (topshiriqni bajaruvchi) deb nom qo‘yganlar. U 7 kundan keyin yurib ketgan va gapira boshlagan.
Siddxardxaning otasi o‘g‘lini din yo‘liga bag‘ishlashga rozi bo‘lmay, unga yaxshi ma'lumot bergan hamda yaxshi sharoitlarda tarbiyalagan va u hech qanday qiyinchilik ko‘rmay o‘sgan. Sudxartxa o‘spirinligidayok o‘zining donoligi, kuchliligi va epchilligi bilan xammani hayratga solar ekan. U kasal yotgan kishini, o‘likni ko‘rgach hayotning mohiyati, maqsadi, og‘irliklari, kasallik va o‘lim bilan bog‘liqligini o‘ylay boshlagan. Binobarin, hayotning behudaligani anglab, tarki dunyo qilgan, darvesh yo‘liga kirgan. Bu bilan u kishilar boshiga tushadigan kulfatlar, azob-uqubatlar sabablarining mohiyatiga tezroq yetib, ulardan qutulish yo‘lini topmoqchi bo‘lgan. Nihoyat, 36 yoshida "haqiqiy bilim" egasi bo‘lganligi ma'lum bo‘ldi. Shundan so‘ng u Budda deb nom oladi. ("budda" so‘zi ilohiy haqiqatga erishgan, degan ma'noni anglatadi). Shu tariqa unda ulug‘vor haqiqat siri ochilgan, ular buddaviylik ta'limotiga asos qilib olingan.
Hech bir qiyinchilik va kamchilik ko‘rmay o‘sgan Siddxardxa bir kuni keksa cholni, bemorni hamda og‘ir mehnatli rohibni uchratadi, va nihoyat, bir kishining vafotiga guvoh bo‘ladi. Bundan qattiq ta'sirlagan shahzoda insoniyatni qiyinchilik va azobdan qutqarish yo‘llarini axtarib saroyni tashlab ketadi. Bu vaqtda u 30 yoshda edi. U besh rohib bilan qishloqma - qishloq kezib yuradi. Ko‘p vaqt bu rohiblarga hamrohlik qilib, ularning yo‘llarida ma'lum maqsad yo‘qligini, bu yo‘l o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi – insoniyatni azob uqubatdan qutqarishga olib bormasligini anglaydi va rohiblar jamoasidan ajraladi. U chakalakzor o‘rmonlarda kezib, charchab bir daraxtning tagida dam olish uchun o‘tiradi, va o‘zicha, to haqiqatni topmaguncha shu erdan turmaslikka qaror qiladi. Bu o‘tirishning 49 kuni uning qalbidan “Sen haqiqatni topding” degan sado keladi. Shu paytda uning ko‘z oldida butun borliq namoyon bo‘ladi. U hamma joyda shoshilinch qayoqqadir intilishni ko‘radi. hech bir joyda osudalik yo‘q edi. hayot nihoyasiz uzoqlikni ko‘zlab o‘tib ketayotgan edi. Inson aqli etmas bir kuch. Trishna - yashash, mavjud bo‘lish umidi barchani tinchini buzar, halok qilar va yana qayta yaratar edi. Mana endi Budda kimga qarshi kurashish kerakligini angladi. Shu ondan u Budda – “nurlangan” deb ataldi. U tagida o‘tirgan daraxt esa – “nurlangan daraxt” - Botxa deb atala boshladi.
Budda o‘zining birinchi da'vatini Varanasi yaqinidagi Rishipatana bog‘ida, o‘zining besh rohib do‘stlariga qildi va o‘shalar uning birinchi shogirdlari bo‘ldilar.
Shu kundan boshlab Budda o‘z shogirdlari bilan qishloqma-qishloq yurib o‘z ta'limotni tarqatib o‘ziga yangi izdoshlar orttiradi. Budda 40 yil davomida o‘z ta'limotini Hindistonning turli joylariga yеtkazadi va 80 yoshida Kushtnagara dеgan joyda dunyodan o‘tdi. Uning jasadi hind udumiga ko‘ra u yerda kuydirilib, uning xoki 8 ta budda jamoalariga bo‘lib yuborildi va har bir jamoa uni dafn etgan joyida ibodatxona barpo etdi.
Buddaning hayoti haqida turli afsonalar ham to‘qilgan. Bu afsonalarda aytilishicha, Budda ko‘p yillar davomida yеr yuzidagi turli mavjudotlar qiyofasida qayta tug‘ilgan: 84 marta ruhoniy, 58 marta podshoh, 24 marta rohib, 13 marta savdogar, 18 marta maymun, 12 marta tovuq, 8 marta g‘oz, 6 marta fil Shuningdеk baliq, qurbaqa, kalamush, quyon kabi qiyofalarda qayta tug‘ilgan. Jami 550 marta qayta tug‘ilgan. U doimo qayerda, qay qiyofada tug‘ilishini o‘ziga o‘zi bеlgilagan.
So‘nggi marta uni xudolar insoniyatni to‘g‘ri yo‘lga boshlashi uchun inson qiyofasida yaratganlar. Bu afsonalarning ba'zilariga ko‘ra yеr yuzida Gautamaga qadar 6 ta budda o‘tgan. Shuning uchun buddaviylikning ba'zi muqaddas joylarida
7 ta ibodatxona barpo etilgan. 7 ta Botxa daraxti o‘tkazilgan. Ba'zi afsonalar 24 ta
Budda avlodi o‘tgan dеsa, ba'zilari minglab Buddalar o‘tgan dеb da'vo qiladi.
Har qanday dinlar kabi buddaviylikning ham kelib chiqishi sababini xalqlarning yashash sharoiti va hayotidan, muayyan davrdagi ijtimoiy munosabatlaridan izlash va topish lozim.
Qadimgi Hindistonda buddaviylik shakllangunga qadar murakkab sinfiy munosabatlar mavjud edi. Kishilar oliy, o‘rta va quyi tabaqalarga ajratilib, oliyga braxmanlar, harbiylar, o‘rta tabaqaga - dehqonlar, eng quyi tabaqaga oddiy xalq, xizmatkor, cho‘rilar kiritilar edi.
Buddaviylik quldorlik jamiyatida braxmanlik mazhablaridan biri sifatida paydo bo‘lgan. U braxmanlikni jonning ko‘chib yurishi, jannat va do‘zax qaqidagi aqidalarni saqlab qolgan. Buddaviylik Braxmanlikni jamiyatning tabaqalarga bo‘linishi to‘g‘risidagi ta'limotga qarshi chiqib, barcha kishilar e'tiqodda teng huquqli deb e'tirof etgan. Buddaviylikning diniy tenglik haqidagi goyasi odamlarning kastalarga bo‘linib ketishiga qarshi kurashda ijobiy rol' o‘ynagan. Аyni paytda buddaviylik kishilar "azob-uqubat" chekishda va undan xalos bo‘lishda ham tengdirlar deb hisoblangan.
Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi tarixi va madaniyatida buddaviylik muayyan o‘rin egallagan. U zardushtiylik dini ta'sirida va u bilan yonma-yon shakllangan dinlardan biri bo‘lgan. Buddaviylik miloddan avvalgi VI-V asrlarda Hindistonning shimolida vujudga kelgan. Keyinchalik Janubi-Sharqiy va Markaziy Osiyo xamda Uzoq Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. Uning vujudga kelishi hind jamoalarida ro‘y bergan muhim ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar - urug‘qabilachilik aloqalari va tartiblarining yemirilishi, sinfiy jamiyatning vujudga kelishi va yirik quldorlik davlatlarining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq edi. III-asrga kelib dunyoviy jamiyat (imperator Аshoka) ning faol qo‘llab-quvvatlashi natijasida mulkchilik darajasida yagona bo‘lgan budda tashkiloti (monaxlik jamoasi-singxa) va diniy aqidachilik shakllangan.
Buddaviylikning Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistonda tarqalishi miloddan avvalgi II asrlarda bu yerlardagi qabilalarning avlodlari tugatgan g‘rek-baqtriya podshohligining o‘rnida qaror topgan Kushon imperiyasining rivojlangan davriga to‘g‘ri keladi.
Kushon imperiyaoi o‘zining eng gullagan davrida (milodning I-III asrlarida) hozirgi Markaziy Osiyoning bir qismini, Аfg‘oniston, Pokiston, Shimoliy Hindiston, ehtimol Uyg‘uristonni ham o‘z ichiga olgan. Kushon podsholigi davrida buddaviylik
Hindistondan Markaziy Osiyoga, undan esa Buyuk ipak yo‘li orqali Xitoy va Uzoq Sharqqa tarqalgan.
Keyinga o‘n yilliklar mobaynida olib borilgan arxeologik izlanishlarning natijalari va tarixiy ma'lumotlarni umumlashtirgan holda tahmin qilish mumkinki, yaslomgacha bo‘lgan davrda buddaviylik Markaziy Osiyo g‘oyaviy hayotining muhim tarkibiy qismlaridan birini tashkil etgan. Buddaviylik faqat maxsus ibodatxonalargagina emas, balki podsho saroylaridan boshlab, oddiy kambag‘al deqqon va hunarmandlarning kulbasigacha kirib borgan dindir. Buddaviylikni qabul qilgan Markaziy Osiyo xalqpari diniy ibodatlar uchun har xil maxsus inshootlar kurganlar.
Buddaviylik bilan bog‘liq obidalar, ibodatxonalar, haykallar, devorlarga solingan rasmlar Markaziy Osiyoda topilgan qadimgi tarixiy obidalar orasida muhim o‘rin egallaydi. Buddaviylik bilan bog‘liq imoratlar, qurilishlar hozirda ham
Shimoliy Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkmanistonning Janubiy tumanlarida, Tojikistonda va Qozog‘iston janubida mavjuddir. Bular orasida eng yirik inshoot eski Termizdagi Qoratepa nomli g‘or ibodatxonasidir. Bu ochiq sariq rangli katta tepalik bo‘lib, unga qumtoshli g‘or binolar o‘yib solingan, yer ustida binolar barpo etilgan, bularning hammasi bir butun uyg‘un bo‘lgan buddaning 20-25 ibodatxonasini tashkil qilib, Kushon podshohligida buddaviylikning muhim ahamiyatga ega yekanligidan dalolat beradi. Devorlarga solingan rasmlarni, haykallarni, toat-ibodat buyumlarini, tangalarga, sovg‘a qilingan sopol idishlarga bitilgan har xil yozuvlarni o‘rganishlar qoratepaning milodning I asr oxiri va II asrning boshlarida bunyod qilinganligidan, arablar O‘rta Osiyoga kirib kelganlaridan keyin ular tugatilgan va keyinchalik vayronaga aylanganligidan dalolat beradi.

Yüklə 27,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə