Chizmachilik



Yüklə 2,51 Mb.
tarix23.01.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#99089
7-mavzu


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TERMIZ DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


PEDAGOGIKA VA SAN’AT FAKULTETI
201- GURUH TALABASI
JOʻRAYEVA XOLIDANING
CHIZMACHILIK” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: AJRALUVCHI BIRIKMALAR






Bajardi: X. Jo`rayeva




Tekshirdi: F. Toshpo`latov


TERMIZ – 2023
Rеja.

  1. Kirish

  2. Asosiy qism:

  1. Buyumlarni biriktirish. Buyumlarni ajraladigan birikmalari.

  2. Mahkamlaydigan buyumi bo`lgan ajratiladigan buyumlarni tasvirlash.

  3. Ajraladigan birikma turlari

  1. Xulosa

  1. Yakunlovchi qism

  2. Foydalanilgan adabiyotlar



Kirish
Birikmalar ikkiga bo`linadi; ajralndigan va ajralmaydigan. Birikma tarkibidagi detallarni sindirmasdan. yormasdan, qayirmasdan ya`ni shikast yetkazmasdan bo`laklarga ajratilsa, ajraladigan birikma deyiladi. Birikmani tarkibidagi detallarni shikast yetkazmasdan bo`laklarga ajratish imkoni bo`lmasa, ajralmaydigan birikma deb ataladi.
Ajraladigan birikma o`z navbatida ikkiga bo`linadi: qo`zg`almaydigan birikma va qo`zg`aladigan birikma.
Qo`zg`almaydigan birikmaga barcha rezbali birikmalar (boltli, shpilkali, vintli, fitingli birikmalar) kiradi.
Qo`zg`aladigan birikma esa shponkali, shlilsali va shtifti birikma turlariga bolinadi.
Ajralmaydigan birikmaga payvand birikma, mix parchin birikma va kavsharlash. elimlash yordamida hosil qilingan birikmalar kiradi.
B
oltli birikma. Boltli birikmada birikuvchi detallar. Boit, shayba, gayka zaruriyat bo`lganda shplintdan foydalaniladi. Bolt va gaykalar bosh ko rinishda ularning uchta voklari ko`rinadigan qilib jovlashtiriladi. GOST2305-96 bo`yicha bolt, vint, shpilkalar bo`y lama qirqimda kesilmagan holda tasvirlanadi. Gayka va shaybalar ham yig`ma chizmada kesilmagan holda tasvirlanadi. Bitta detaining barcha tasvirida qirqim shtrixovkasi qiyaligi bir tomonga bo`lishi kerak. Boltli birikmada mahkamlash detallari 1.12 -shaklda ко`rsatilgandek shartli o`zaro bog`lanishda chiziladi. Bolt uzunligi uning oxirini gaykadan chiqib turgan qismi (K )ni hisobga olgan holda tanlanadi. Boltning uzunligini hisoblash formulasi:
L
b =m+n+S|+H+K; bu yerda m va n birikuvchi detallar qalinligi; H gaykaning balandligi, S shaybaning qaIin1igi, h isoblash natijasida kelib chiqqan son qiymati GOST 7798-96 da keltirilgan jadval bilan solishtirilib, jadvaldan unga yaqini tanlab olinadi. Rezbaning uzunligi esa birikmani mustahkamlik shartidan kelib chiqib tanlanadi.
S
hpilkali birikma. Birikuvchi detallar ancha qalin bo`lganda yoki bolt bilan biriktirish imkoniyati bo`lmagan hollarda shpilkali birikmadan foydalaniladi.
Shpilka yordamida detallarni biriktirish uchun detallardan biri(l) to`liq teshilmaydi ya`ni unga chuqurlikda teshik o`yiladi (1.13- shakl) va unga metchik bilan rezba chiqarilgan bo`ladi (1.13-shakl). Unga shpilkaning o`tqazuvchi uchi burab qotiriladi. Ikkinchi birikuvchi detal (ll)ga
S
hpilkaning o`lchamlari orasidagi o`zammunosabat va shpilkali birikmaning tasviri 1.13-shakl, с da berilgan. Shpilkaning uzunligini hisoblash formulasi: l=m+SA+h+K, bu yerda m birikuvchi detal qalinligi H gaykaning balandligi, SA shaybaning qalinligi. Bunda ham hisoblash natijasida kelib chiqqan son qiymati GOST11765-96 da keltirilgan jadval bilan solishtirilib, jadvaldan unga yaqini tanlab olinadi.
Vintli birikma. Vint yordamida detallarni biriktirish uchun detallardan biri (I) to`liq teshilmaydi va unga rez’ba chiqarilgan bo`ladi. Ikkinchi birikuvchi detal (2) ga: biriktiruvchi vint silindrik kallakli va yashirin kallakli hamda yarim yumaloq va yarim yashirin kallakli bo`lsa, kallakni o`matish uchun GOST 12876-96 bo`yicha maxsus o`yiq va davomida diametri 1.1 *d ga teng silindrik teshik: biriktiruvchi yarim yumaloq kallakli bo`lsa. diametri I. I ad ga teng kesik konus faskali teshik o`yilgan bo`ladi. Biriktiruvchi vint yashirin kallakli boigani uchun ikkinchi detalga kallak uchun o`yiq va davomida 1,1 *d ga teng diametrii silindrik teshik ochilgan. Vint birinchi detal teshigidan erkin kirib. ikkinchi detalga buraladi.
Y
ashirin kallakli vintli birikmada vint kallagi detal sirtidan chiqib turmasligi kerak (1.14-shakl).
Vint kallagidagi otvyortka uchun o`yiq vintli birikmada ustdan ko`rinishida 45° burchak oslida qiya qilib chiziladi. Birikmada birinchi detal teshigi tubidan vintgacha olti rezba qadamiga teng oraliq qolislii va vintning rezbali qismi ikkinchi detalga uch rezba qadamiga o`tib turishi kerak.
F
itingli birikma. Suv, gaz, havo va har xil suyuqliklami uzatadigan truboprovodlarga truba birikmalar qo`llaniladi. Truba birikmalar ajraladigan (masalan, rezbali. fitingli, flanesli) va ajralmaydigan (masalan. payvandlash yoki kavsliarlash yordamida biriktirish) bo`lishi mumkin. Truba birikmalar soddalaslitirmasdan tasvirlanadi. Fitingli birikma o`z navbatida quyidagi turlarga bo`linadi troynik yordamida biriktirish, bunda o`qlari bir to`g`ri chiziqda joylashgan ikkita truba va uchinchisini o`qi bularga perpendikular bo`lgan uchinchi truba biriktiriladi (1.15-shakl, a).
Bunda uchinchi tmba ko`rsatilmagan); to`g`ri mufta va o`tish muftasi yordamida biriktirish, bunda o`qlari bir to`g`ri chiziqda joylashgan ikkita tmba biriktiriladi (1.15-shak.b.c); ugolnik yordamida biriklirish, bunda o`qlari to`g`ri burchak ostida joylashgan trubalar biriktiriladi. Qirqimda rezbali birikmalar tasvirlaganda teshikdagi rezbani faqat rezbali sterjeni bilan to`silmagan qismi ko`rsatiladi (1.15-shakl).

Truba biriktiruvchi detaining rezbali qismini oxiriga 2-4 mm yetkazmay tasvirlanadi. Shuning uchun trubaning rezbali qismi biriktiruvchi detaldan chiqib turadi. Bundan tashqari birikadigan trubalarning biriga kontrgayka buralishi (o`rnatilishi)ni nazarda tutih. trubalarga rezba keragidan 4-6 mm ortiqcha chiqariladi.


Shponkali birikma. Shponka aylanma harakatni valdan shkivga, tishli g`ildirakka, maxovikka va shunga o`xshashlarga uzatish uchun foydalanishadi. Shponka o`zaro birikib turgan ikki detalning o`yiqlari (pazlari) ga o`rnatilib ularning bir-biriga nisbatan buralishiga yoki siljishiga to`sqinlik qiladi. Shponka o`zining tuzilishiga qarab ponasimon (kallaksiz, kallaklik) prizmatik va segmentsimon (1.16-shakl) shponkalarga bo`linadi. Amaliyotda eng ko`p prizmatik va ponasimon shponka ishlatiladi. Prizmatik shponka GOST 23360-96 va GOST 8790-96 bo`yicha; kallakli va kallaksiz ponasimon shponka GOST 24068-96; segmentsimon shponka GOST 24071-96 bo`yicha tayyorianadi.
Prizmatik va segment shponkalar faqat aylanma kuchni uzatadi. Shuning uchun bularning ishchi sirtlari yon yoqlari hisoblanadi. Bularga oraliq qoldirish radial yo`nalish bo`yicha nazarda tutilgan. Ponasimon shponkalar aylanma kuchni va o`q bo`ylab kuchni uzatadi. Shuning uchun bunday shponkaning ishchi sirti yuqori va pastki yoqlari hisoblanadi. Birikmada oraliq yon yoqlari orasida nazarda tutilgan.
Prizmatik shponka va uning uchun val va vtulkaga o`yilgan o`yiqlarda qiyalik bo`lmaydi. Shponka val o`yig`iga qo`yiladi, vtulka esa valga kiyitiladi. Shponkaning yon yoqlarigakuch tushadi. Radius bo`ylab, shponka va vtulka o`yig`i orasi- da 0,2-0,3 mm oraliq bo`lishi kerak. Ponasimon shponkaning yuqori yoqiningqiyaligi 1:100 bo`ladi. Vtulka o`yig`ining yoqi ham xuddi shunday qiyalikda bo`ladi. Odatdagi (GOST 23360-96) va yo`naltiruvcbi prizmatik (GOST 8790-96) shponkalar bo`lib, ular bir-birlaridan farq qiladi. Odatdagi prizmatik shponka aylanma harakatni uzatishga mo`ljallangan. Yo`naltiruvchi prizmatik shponka esa detalni val o`qi bo`ylab yo`naltirish uchun xizmat qiladi. Pona shponka uchun valdagi o`yiq uzunligi shponka uzunligiga teng bo`ladi. Agar pona shponka valuing orialarigao`matiladigan bo`lsa. o`yiq ikki marta uzun qilinadi. Vtulkaga to`liq o`yiq ochilgan bo`ladi.
Ajralmaydigan birikmalar. Ajralmaydigan birikmalar parchinlash, payvandlash va presslash yo`li bilan hosil qilinadi. Bunday birikmalarning asosiy ikki turini bilan tanishamiz

1. Rezbalik. Bir buyumning ikkinchi buyumga burab kirgizish bilan hosil qilinadi yoki mahkamlovchi rezbalik standart buyum yordamida.
2. Tishlik (shlitsalik). Valdagi chiziq bilan va shunday profildagi g`ildirakdagi o`yiq yordamida hosil bo`ladigan vtulkani val bilan bog`liqligi.
3. Shponka va shtift yordamida ya‘ni aniq shakildagi buyumni bir vaqtda valni va g`ildirakni o`yig`iga kirishi. Klemmalik (qisqichlik).
Valdagi yoki o`qdagi buyum friksion –vintlik qisqich (vtulka) bilan mahkamlanadi. 386-shaklda yig`ma birikmani buyumlarni rezba bilan biriktirish xillari ko`rsatilgan. Uchiga tashqi rezba kesilgan trubalar o`zaro ichki rezba kesilgan fiting (mufta, burchak va boshqalar) bilan biriktiriladi (386-shakl, b).
Kichik diametrlik trubalar (32mm kichik) maxsus shtruser-nipellik birlashtiruvchi armatura yordamida biriktiriladi (386-shakl, v,g).
Mustahkamlaydigan buyumlar yordamida hosil qilingan birikmalar keng tarqalgan: bolt, shpilka, vint, gayka va bir to`plamga kiradigan shayba va shplint. Boltlik birikmalarda biriktirilayotgan buyumlarga rezba kesilmaydi (387-shakl, a).

Lekin boltni kallagini joylashtirishga joy mo`ljallangan bo`lishi kerak. Agar boltni kallagini joylashlari qiyin bo`lsa yoki buyumga ikki tomoni ochiq teshik kerak bo`lsa yoki buyumga ikki tomoni ochiq teshik kerak bo`lmasa u holda shpilka va vint qo`llaniladi (387-shakl, b,v).
Ikkita buyumni har xil shponkalar (prizmatik, segmatik va qoziqli) yordamida biriktirish 388-shakl, a,b,v – larda ko`rsatilgan. 388-shakl, g-da tishlik (shlitsalik) birikma ko`rsatilgan. (1-volni shlitsasi, 2-vtulkadagi o`yiq). Tishlik birikmalar ishlash sharoitiga qarab suriluvchi, ya‘ni buyum shlitsa bo`ylab siljiydi va surilmaydigan o`q bo`yicha siljishni oldini oladigan zich nasatka va mahkamlangan bo`ladi.

Materiallarni grafik belgilash Birikmaga kirgan buyumlarni ichki ko`rinishi qirqim va kesim yordamida ko`rsatiladi. Birikmaning qirqimi birgalikda buyumlarning qirqimni ifodalaydi. Yonma-yon biriktirilgan ikkita metallni kesimini qarshi shtrixlash bilan ajratiladi, bitta buyumning kesimi uchun shtrix chiziqni yo`nalishi o`ng tomonga, ikkinchi buyumning shtrix chizig`i chap tomonga og`ma vaziyati 450 burchak ostida bajariladi.
Yonma-yon kesimlardagi bir xil yo`nalishda va og`malikda bo`lgan shtrix chiziqlarni bittasini orasini o`zgartirish kerak (389-shakl, a) yoki bitta kesimdagi chiziqlar ikkinchisiga qaraganda og`maligini o`zgartirmasdan surish kerak (389-shakl, b).

Mahkamlaydigan buyumi bo`lgan ajratiladigan buyumlarni tasvirlash Birikmalarda mahkamlaydigan buyumlarni uchta usuldan bittasida tasvirlanadi: konstruktiv, soddalashgan yoki shartlik. Konstruktiv usulida mustahkamlaydigan buyumlarni tegishlik standartdan olingan xaqiqiy o`lchami bilan to`liq tasvirlanadi.
O`quv amaliyotida konstruktiv usulda maxkamlaydigan rezbalik birikmalarni tasvirini o`lchamlarini shartlik o`zaro nisbatda bajarilishi mumkin. Mustahkamlaydigan rezbalik buyumlarni yig`uv chizmalarida asosi soddalashtirilgan yoki shartli tasvirdan O`zDSt:2.315-68 muvofiq foydalaniladi. (6-jadval).
U yoki bu tasvirni ko`rinishini tanlash chizmani masshtabi va buyumning bajaradigan vazifasiga bog`liq. Agar yig`ma birikmani tasviri katta masshtabda bajarilgan bo`lsa va boltli, shpilkali, vintli birikmalar juda mayda ko`rinsa unda ularni soddalashgan ko`rinishi tasvirlanadi.
Agar mahkamlanadigan buyumlarni sterjin diametri chizmada 2mm va undan kichik (kichiklashgan masshtabda) bo`lsa birikmani shartli tasvirlanadi. Mahkamlaydigan rezbalik buyumlarni soddalashtirilgan tasvir quyidagi xususiyatlarga ega:
a) buyumni chizish uchun o`lchamni rezbani tashqi diametr d ga bog`liq holda shartli nisbatda aniqlanadi.
b) boltni, vintni, shpilkani sterjinni ohiridagi faskani va ulardagi galtelni, hamda gaykadagi, boltni kallagidagi va shaybadagi faskani ko`rsatilmaydi.
v) bolt, shpilka va vintda rezbani sterjinning hamma uzunligi bo`yicha shartli ko`rsatiladi. (Rezbani chegarasini faqat shpilkani burab kiritiladigan tomonida tasvirlanadi).
g) rezbani ichki diametrini 0,85 d – ga yoki rezbaning tashqi diametriga tegishli tutash asosi chiziqdan 0,8 mm dan kam bo`lmagan va rezbani qadamidan katta bo`lmagan masofada o`tkaziladi.

d) bolt va shpilkani o`qiga penpendikulyar bo`lgan tekislikdagi tasvirida rezbani ko`rsatilmaydi.
e) bolt, shpilka, vint bilan biriktirilgan buyumning devori orasidagi bo`shliq tasvirda ko`rsatilmaydi.
j) bir tomoni berk teshikdan to`liq profilda rezbani chegarasi ko`rsatilmaydi va rezba shartlik ravishda teshikni tagigacha davom ettiriladi. Ya‘ni sterjinni kesim barobarlikda tekis tasvirlanadi.
z) vintni o`qiga parallel tekislikda hosil qilingan tasvirdagi ko`rinishda atvertka uchun o`yiqga har doim o`q bo`ylab tasvirlanadi. Vintni o`qiga perpendikulyar bo`lgan tekislikda hosil qilingan tasvirdek o`yiq 450 burchak ostida tasvirlanadi.
Agar bunda shlitsa markaziy chiziqga yoki bunga yo`nalish bo`yicha yaqin bo`lsa, uni markaziy chiziqga 450 burchak ostida joylashtiriladi.
k) olti qirralik gaykani va boltni kallagini chizganda tiqiq, flanes va boshqa shunga o`xshash buyumlar bilan birga joylashtirganda ularni eng katta o`lchami radial markazi chiziq ustida bo`lishi kerak. Bu olti burchakni sirkul yordamida chizish uchun qulay bo`ladi.
Boltlik va shpilkalik birikmalar Biriktirilgan buyumning teshigidan bolt odatda har doim tirqich (zazor) bilan qo`yiladi.
Birikma gayka bilan burab tortib bajariladi. 390-shakl, a-da bolt yordamida buyumlarni biriktirishni konstruktiv tasviri tegishlik standartda olingan haqiqiy o`lcham bilan chiziladi: (1 bajarilishda bolt O`zDSt:7798-70, 2 - bajarishda shayba O`zDSt:11371-68, 3-bajarishda gayka O`zDSt:5915-70 bo`yicha 390-shakl, b-da ko`rsatilgan boltlik birikmani konstruktiv tasvirini o`lchamini shartli nisbatida berilgan.
Bu birikmani soddalashtirilgan tasviri 390-shakl, v-da o`lchamlar shartlik nisbatda ko`rsatilgan. O`lchamlarni shartlik tasvirida asosiy o`lcham boltni rezbasini tashqi diametri d bo`ladi. Boltning uzunligi l (N1 +N2) biriktirilayotgan buyumlarning qalinligini yig`indisiga bog`liq, shaybani qalinligi S1, gaykani balandligi N va boltni gaykadan ma‘lum chiqib turgan qismiga (k)-ga bog`liq bo`ladi.
Aniqlangan ma‘lumotlarni uzunligini qo`shib boltni uzunligi aniqlanadi va uni tegishlik standartdagi ma‘lumot bilan solishtiriladi va standartga yaqin katta uzunlik olinadi.

391-shakl, a-da tegishlik standartdan olingan haqiqiy o`lchamda chizilgan shpilka, gayka, shaybani birikmalaridagi konstruktiv tasvir ko`rsatilgan.

391-shakl, b-da boltlik birikmani chizmasida keltirilgan tasvirini shpilkalik birikmani konstruktiv o`lchamini shartlik nisbatda bajarilganligi berilgan. Shpilka uyasini chuqurligini 3 1 2 l  l  l , ya‘ni po`lat uchun l 1  d , cho`yan uchun l 1 1,25d , alyuminiy uchun l 1  2d ga, l 2  6P ga teng qilib olinadi. R rezbaning qadami. Shpilkalik birikmani tasvirini konstruksiyalaganda (loyihalaganda) shpilkani buyumga burab kiritiladigan qismini rezbani chegarasini shartlik ravishda buyumlarni ajratib chizish bilan ustma-ust joylashtiriladi.
Shpilka uyasini pastki qismiga shpilka to`liq burab kiritilmagan, ya‘ni shpilka bilan to`silmagan, shpilka rezbasini asosiy tutash chizig`i, teshikdagi rezbani tasvirlovchi ingichka chiziqga o`tadi. Konus aylanasini ocherkni hosil qiluvchi yasovchi, silindr aylanasi asosiy chizig`idan ichki tomonga chetga chiqadi. Qirqimda shtrix chiziqning shpilkani va uyani rezbasini asosiy tutash chizig`igacha chiziladi. 391-shakl, v-da shpilkalik birikmani soddalashgan tasviri, ya‘ni shartlik nisbatda bajarilganligi ko`rsatilgan.
Shpilkani uzunligi l-ni boltning uzunligiga o`xshash hisoblanadi. So`ngra standartda ko`rsatilgan uzunliklar qatori bilan taqqoslanadi va standartdaga yaqin qiymat qabul qilinadi.

Vintlik va trubalik birikmalar. Vintlik birikma ikki va undan ortiq buyumni mahkamlab qo`yish uchun qo`llaniladi. Vint asosiy (bazali) buyumga burab kiritiladi. Vint uchun teshikni ikki tomoni yopiq yoki bir tomoni ochiq bo`lishi mumkin.


Birikmani aniqlovchi o`lchamlar:
-mahkamlanayotgan buyumlarni qalinligi va vinti sterjinini diametri bo`ladi.
Shpilka va vintni buyumga burab kiritiladigan qismi o`lchamlari deyarlik bir xil. Biriktirilayotgan buyumlarni xarakatiga qarab vintni o`lchamlari, diametr uni rezbasi, hamda kallagini shaklini tegishlik standartdan har bir holatga tanlanadi. 392-shakl, a-da tegishlik standartdan olingan haqiqiy o`lcham bilan bajarilgan silindrik yashirin va yarim yashirin vintlik birikmani konstruktiv tasviri ko`rsatilgan. 392-shakl, b-da ularni soddlashgan tasvir keltirilgan. 392-shakl, v-da vintli birikmani asosiy o`lchamlarini harflar bilan belgilangan.
Bu o`lchamlarni shartlik nisbat bilan xisoblanadi.

Rezbaning tashqi diametri d asos qilib olinadi. Bunda: d1 1,1d; l 1  d po`lat l 1 1,25d cho`yan l 1  2d alyu=miniy uchun, l d l d l ва l 2 3 0  (0,3....0,5) ,  (0,5....1) , standart uzunliklar qatorida tanlanadi. Birikmani konstruktiv tasvirlaganda vint bilan teshik orasidagi bo`shliq ko`rsatiladi, shuningdek vintni tegidagi rezbani bir tomonlik teshikni oxiri ham. Shpilkalik birikmadan farq qilgan holda, rezbani oxirini chizig`i vintda 2-3 qadamga buyumni ajratadigan chiziqdan yuqori bo`lishi kerak. Aks holda biriktirilgan buyumlarga mahkam siqib bo`lmaydi. 393-shaklda silindrik yashirin va yarim yashirin kallakli vintlarni chizish uchun o`lchamlarni shartlik nisbati keltirilgan.

Shponkalik, shlitsilik, shtiflik va shplintlik birikmalar. Shponkalik birikmalar – ular val, shponka va buyumdan iborat bo`lib (g`ildirak, vtulka va shunga o`hshashlar), val bilan birikmaga ega. Shakli bo`yicha shponkir prizmatik (394-shakl, a), ponasimon (394-shakl, b) va segment (394- shakl, v) shaklida bo`ladi. Prizmatik shponka oddiy O`zDSt:23360-78 va yo`naltiruvchi O`zDSt:8790-79. Ponasimon shponkalar O`zDSt:24068-80 bo`yicha qalpoqli va qalpoqsiz tayrlanadi. Segmentlik shponkalar O`zDSt:24071-80 muvofiq tayyorlanadi va stupitsaga nisbatdan qisqa buyumlarni val bilan biriktirish uchun qo`llaniladi.


Shponkani shartlik belgisida buyumning nomi, tayyorlashni ko`rinishi (1-ko`rininshda tayyorlanish ko`rsatilmaydi), kesim o`lchami (b x h) va shponkani uzunligi millimetrda ko`rsatiladi. Misol: 1-ko`rinishdagi shponka, 10x8 mm kesimlik, uzunligi 50mm bo`lgan shponka quyidagicha belgilanadi: Shponka 10x8x50. O`zDSt:23360-78; 6x10 qirqimlik segmentni shponka belgilanishi: Segmenti shponko 6x10. O`zDSt:24071-80 ko`rinishda ifodalaniladi.

Odatda shponkalik birikmani shponkani va shpilka o`yig`ini shaklini bo`lish uchun oldidan ko`rinishda ifodalaniladi. Ko`ndalang kesimni chapdan ko`rinishda joylashtiriladi. Bunda shponka kesilmagan holda ko`rsatiladi. 395-shakl, a-da shponkalik birikmani tasviri berilgan. Bu birikmada prizmatik shponka qo`llaniladi. 395-shakl, b-dagi birikmada segmentlik, v-da ponalik shponkadan foydalanilgan.
G`ildirakni o`yiqchasi tagi bilan prizmatik va segmentlik shponkani yuqori yoqi orasida 0,2  0,3 mm li kichik radial bo`shliq bo`ladi. Chizmada bo`shliq kattalashtirib ko`rsatilgan (395-shakl, a,b). Shponkalik birikmani chizmasini chizayotganda shponkani o`lchamlari (b, h, l) va o`yiqchani o`lchamini tegishlik standartdan berilgan valni diametri va stupitsani uzunligiga qarab tanlanadi. Prizmatik shponkani uzunligi l ni g`ildirak stupitsasini uzunligidan 5-6mm kichik, ponalik shponkani uzunligi g`ildirak stupitsasini uzunligiga teng qilib olinadi.
O`yiqni chuqurligi t val uchun va t1 g`ildirak uchun qiymati bilan aniqlanadi. chizmada vol uchun t o`lchami g`ildirak uchun d+t1 o`lcham chiziladi. Aylana xarakatdagi g`ildirak bilan valni biriktirish uchun shponkalik birikma qo`llaniladi. Bunda shponka val bilan g`ildirakda o`yilgan o`yiqga o`rnatiladi va valni diametriga qarab tanlanadi.
Shponkalik birikmani kamchiligi shundaki, u katta kuch ta‘sirida kesilib yoki ezilib ketishi mumkin. Bu kamchilikni yo`qotish uchun shponkasiz birikma qo`llaniladi. Shponkasiz yoki profillik birikma deb dumaloq bo`lmagan silliq profilli sirtni bog`lash tushiniladi. Profil shponkasiz birikmani ko`chirma usulida tokorli, frezerli va sayqallovchi dastgohlarda soni boshqaruvi bilan tayyorlanadi. 395- shakl, g-da uchlari yumaloqlashtirilgan teng tomonlik uchburchak silindir shaklidagi d-da uchlari yumaloqlashtirilgan ko`ndalang kesimda teng tomonlik uchburchak bo`lgan konus, shaklidagi profillik birikma ko`rsatilgan.

Shponkasiz birikmalarni qayta yig`ish va ajratish zarur bo`lganda taranglik bilan birikma qo`llab bo`lmaganda, shuningdek aylanish momenti misolida qo`llash mumkin. Harakat yo`nalishi o`zgartiradigan ish sharoitida birikmalarda taranglik bo`lishi kerak.
Bunda urinish nuqtasi umumiy bo`ladi. Shponkasiz birikmalarni asosiy qo`llanishi teng o`qli xususiyatga ega bo`lgan texnologik profil bo`ladi. Ular urinish nuqtasida umumiy normalarga ega bo`lib, parallel urinmalar orasidagi masofa o`zgarmas bo`ladi.
Shtiflik birikma – Shtift kuchni bir buyumdan ikkinchi buyumga uzutuvchi ajratiladigan birikmalar uchun mo`ljallangan (Misol: burama moment, o`q bo`ylov yo`nalgan kuch) yoki bir buyumni ikkinchi buyumga nisbatdan maxkam o`rnashtirish uchun qo`llaniladi (396-shakl).

1. Parchin mixlik birikma – kalaklli metall sterjin bo‗lib biriktirilayotgan buyumlarni teshigiga kiritib qo‗yildi va shu holatda parchinlanadi. 2. Payvandlangan birikma – bunda buyumlarni qattiq mexanik bog‗lanishi, metallani eritish natijasida hosil bo‗ladi. 3. Kavsharlangan birikma – metall buyumlar qizdirilgan holatda bir-biri bilan qo‗shilgan yengil eriydigan qotishma bilan biriktiriladi. 4. Kleylangan birikma – yupqa qatlamlik tez qotadigan tarkib (kley) yordami bilan amalga oshiriladi. 5. Preslab biriktirish – metall, armaturadan, plastmassadan tayyorlangan buyumga yuqori haroratda bosib preslab mahkamlanadi. 6. Ichiga yoki tashqarisiga qayiltirib va parchinlash bilan biriktiriladi. Bunda bir-biriga kiritilgan ikki buyumni bittasini oxirini tashqariga yoki ichkariga deformatsiyalash. 7. Ajralmaydigan birikmalarni buyumlarni tikish, cho‗zib (tortib) kiydirishlar kiradi. Oxirgi vaqtlarda kobinsiyalashtirilgan ajralmaydigan birikmalar keng qo‗llanilmoqda. Masalan: kleypayvandlash va kleyparchinlangan. Buyumlarni payvandlab biriktirish ajralmaydigan birikmalarni ko‗p tarqalgan ko‗rinishi. U har xil yig‗ma birlikni tayyorlashga imkon beradi (397-shakl).

Kavsharlangan birikmalar asbobsozlikda keng qo‗llaniladi. Kleylik birikmalar kuchlanishni bir tekis taqsimlanishini taminlaydi va bir xil va har xil metallarni biriktirish uchun qo‗llaniladi. Preslash (armirlangan buyum) biriktirilayotgan elementlarni korroziyadan va kimyoviy ta‘sirdan, bitta yupqa ko‗tarib turuvchi buyumni ikkinchisidan izolyatsiya qilish, bikirlikni, mustahkamlik aniqligini oshirish, og‗irligini kamaytiradi va boshqalar uchun qo‗llaniladi. Presslangan armaturalar quyidagilarga bo‗linadi. Vtulkali (398-shakl, a), sterjinli (398-shakl, b), simlik (398-shakl, v,g) va tekis tunkali (398-shakl, e,d). Ular po‗lat, latun, mis va boshqalardan tayyorlanishi mumkin. Biriktirilayotgan buyumlarni deformatsiya qilib valsevlash (tashqariga qayirish) bilan amalga oshiriladi. (399-shakl, a), zavolsovalash (ichkariga qayirish) (399-shakl, b), obvalsovlash (399-shakl, v), porchinlash (399-shakl, g). Ayrim hollarda bunday birikmalarni qo‗shimcha buyum yordamida tikib biriktiriladi.

Payvanlangan birikmani quyidagi xillari mavjud: uchma-uch - bitta tekislikda joylashgan yoki bitta sirtda joylashgan ikki elementni biriktirish (400- shakl, a), burchak shaklida – to‗g‗ri burchak shaklida joylashgan ikki elementni chetki tutash joyini payvandlash. (400-shakl, b), tavr shaklida ya‘ni bir elementni yon sirtiga burchak ostida yondashgan va boshqa elementni ko‗ndalang kesimidan payvandlangan birikma (400-shakl, v), ustma-ust burchakli – payvandlangan elementlar parallel joylashgan bo‗lib bir-birini to‗sib turadigan birikma (400-shakl, g).

Payvandlash natijasida birikkan joyning strukturasi asosiy buyumni strukturasidan farq qiladi va uni payvand choki deyiladi. Payvand choklar quyidagiga bo‗linadi: uchma-uch chok – payvand choklar uchma-uch biriktirilgan; ustma-ust burchakli – burchakli, tavir va elementlar parallel joylashgan birikmalar; Nuqtalik chok – elementlari parallel joylashgan payvand chok, bunda payvandlanadigan qismlar orasidagi bog‗liqlik alohida nuqtalarda amalga oshiriladi. Payvand choklar quyidagi belgilari bilan ajratiladilar: uzunligi, tashqi shakli, chetini tayyorlangan shakli ya‘ni payvandlanayotgan buyumni ko‗ndalang kesimi, bajarilgan chokning xarakteriga qarab. Uzunligi bo„yicha payvand choklar tutash va uzoq-uzoq bo‗lishi mumkin. Tutash – payvand choklar uzunligi oraliqsiz (uzuq-uzuqsiz). (401-shakl, a,b); uzuq-uzuq - payvand choklar uzunligi bo‗yicha uzuq-uzuq (401-shakl, v). Uzuquzuq choklar zanjirlik va shaxmatlik bo‗lishi mumkin. Zanjirlik chok – bu tavr birikmasining ikki tomonidagi uzuq-uzuq chok, ya‘ni devorning ikki tomonida birbiriga qarshi joylashgan chok (401-shakl, g).



Foydalanilgan adabiyotlar

  1. A.N.Valiyev, B.R.Haqberdiy Ev, N.X.Gijlomova, Z.A.Boboyeva. Toshkent-2020. “Chizmachilik. Mashinasozlik chizmachiligi)

  2. www.e-library.namdu.uz

  3. www.afshona-isjst,uz

  4. www.fayllar.org

  5. www.chizmachilik.uz

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə