Dars. Kompyuterning rivojlanish tarixi



Yüklə 1,47 Mb.
tarix10.03.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#102190
1-mavzu





  1. dars. KOMPYUTERNING RIVOJLANISH TARIXI



Bugungi kunda barcha sohada raqamli texnologiya, xususan, kompyuterdan keng foydalanilmoqda. Kompyuter bugungi kun ko‘rinishiga yetib kelgunga qadar qanday bosqichlarni boshidan kechirgan bo‘lishi mumkin?
Kompyuter inglizcha “hisoblovchi” ma’nosini anglatsa-da, bugungi kunda nafaqat hisoblash ishlarida, balki
turli ko‘rinishdagi axborotlarni qayta ishlashda ham keng qo‘llanilmoqda. Tarixdan ma’lumki, insonlar hisob ishlarini yengillashtirish maqsadida hisoblash texnikasiga katta ehtiyoj sezgan. Shu ehtiyojlar hamda hisoblash texnikasining takomillashib borishi kompyuter texnikasining yaratilishiga olib kelgan.
Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixi haqida
nimalarni bilasiz?


        1. HISOBLASH TEXNIKASI RIVOJLANISH TARIXI DAVRLARI



Mexanik mashinalargacha bo‘ lgan davrda inson o‘z tana a’zolari, xususan, barmoqlaridan foydalangan. Ikki yoki undan ortiq raqamli sonlar bilan ishlash muammolarini bartaraf etish maqsadida, qadimda sun’iy hisoblash vositalarini yaratish ehtiyoji tug‘ilgan.
Sun’iy hisoblash vositalarining dastlabki ko‘rinishi bu – miloddan
avvalgi VI–V asrlarda paydo bo‘lgan hisob taxtasidir.
Miloddan avvalgi V–IV asrlarga kelib, odamlar qadimgi Yunoniston va Rimda hisob taxtasining takomillashgan ko‘rinishi – abaklardan foydalana boshlagan. Yaponlar serobyan, xitoyliklar suan-pan, ruslar esa cho‘tlardan foydalanishgan.
Mexanik mashinalar davri. Birinchi mexanik mashina 1623-yilda nemis matematigi Vilgelm Shikkard tomonidan yaratilgan bo‘lib, u to‘rtta matematik amalni bajarishga mo‘ljallangan edi.



1642-yilga kelib fransuz matematigi va fizigi Blez Paskal tomonidan Paskalina hisoblash mashinasi yaratildi.
Elektromexanik mashinalar davri. 1822-yilda ingliz matematigi Charlz Bebbij tomonidan bug‘ orqali dastur asosida boshqariluvchi va natijalarni chop eta oluvchi hisoblash mashinasi yaratildi.
Mashina arifmetik, boshqarish, xotira, kiritish va chiqarish qurilmalaridan iborat bo‘lgan. Uning ishlash prinsipi bugungi kun qurilmalarida ham qo‘llanilib kelmoqda. 1846-yilda esa Ada Lavleys Bebbij mashinasi uchun dastur yozadi, shu boisdan u jahondagi birinchi dasturchi bo‘lib hisoblanadi.
Elektron hisoblash mashinalari davri. AQSHning Pensilvaniya universitetida Jon Uilyam Mokli va Jon Prosper Ekkert 1946-yilda ENIAC (Electronic Numerical Integrator And Calculator) nomli elektron hisoblash mashinasini yaratishdi. Mashina 18 000 ta elektron lampadan iborat bo‘lib, 70 tonnaga yaqin vaznga ega bo‘lgan hamda 120 kvadrat metr sathni egallagan. Elektron hisoblash mashinalarida qo‘llaniladigan asosiy elementlar takomillashib, o‘zgarib borishi natijasida bu davrning o‘zi ham bir necha avlodlarga bo‘linadi.
Yillar: 1946–1955.
Asosiy elementi: elektron lampa.
Amal bajarish tezligi (1 sekundda): 10–20
mingta.
Kiritish-chiqarish qurilmasi: boshqaruv pulti,
perfokarta.
Qo‘shilgan dasturiy ta’minot: mashina tili,
dasturlash tili.
EHM nomi: ENIAC, MESM, MINSK-1, URAL.

Yillar: 1956–1965.
Asosiy elementi: tranzistor.
Amal bajarish tezligi (1 sekundda): 100–500
mingta.
Kiritish-chiqarish qurilmasi: perfolenta,
magnitli baraban.
Qo‘shilgan dasturiy ta’minot: dispetcher va paket tizimi.
EHM nomi: IBM 707, BESM-6, MINSK-22.


Yillar: 1946–1955.
Asosiy elementi: elektron lampa.
Amal bajarish tezligi (1 sekundda):
104–106 ta.
Kiritish-chiqarish qurilmasi: videoterminal Qo‘shilgan dasturiy ta’minot: operatsion tizim.
EHM nomi:IBM 360, EC-1030.
Yillar: 1975-yildan hozirgi vaqtgacha. Asosiy elementi: katta integral sxema. Amal bajarish tezligi (1 sekundda): 108 ta va undan yuqori.
Kiritish-chiqarish qurilmasi: rangli, grafikli
displey.
Qo‘shilgan dasturiy ta’minot: ma’lumotlar ombori, ekspert tizimlari.
EHM nomi: PRAVES, IBM, Pentium.
Bugungi kunda EHM 5-avlodi ustida izlanishlar olib borilmoqda. Yuqoridagi 4 ta avlod yaratilishida asosiy maqsad kompyuterning ishlash prinsipini takomillashtirish, ish tezligini oshirish, xotira hajmini kattalashtirish va qurilma o‘lchamlarini ixchamlashtirishga qaratilgan bo‘lsa, 5-avlodda asosiy e’tibor kompyuterlarga sun’iy intellektni joriy etishga qaratilmoqda.




Kompyuterlar ishlash prinsipining takomillashgan ko‘rinishi Jon Fon Neyman tomonidan taklif etilgan. Unga ko‘ra, kompyuter arxitekturasini uch qismdan iborat deb qarash mumkin:

  1. markaziy prossessor CPU;

  2. saqlash qurilmasi;

  3. kiritish va chiqarish qurilmalari.


AMALIY FAOLIYAT

  1. Hisoblash texnikasi rivojlanish bosqichlariga oid jadvalni to‘ldiring:



Bosqich

Davr nomlanishi

Ishlash prinsipi

Hisoblash mashinalari nomi

1-davr





















  1. EHM avlodlarining rivojlanish ko‘rsatkichlarini tahlil qiling:



EHM avlodlari

Yillar

Asosiy elementi

EHM nomi

1-avlod


































Yil

Olimning ismi-sharifi

Kiritgan yangiligi













...










Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə