Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti filologiya fakulteti “O‘zga tilli guruhlarda rus tili” ta'lim yo‘nalishi III bosqich talabasi



Yüklə 22,3 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü22,3 Kb.
#153092
Aminova Madina Tavsiyanoma. yangiiiь




Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti filologiya fakulteti
Ozga tilli guruhlarda rus tili” ta'lim yonalishi III bosqich talabasi
Yil talabasi -2023”ga nomzod
Aminova Madina Dmitriyevnaga
TAVSIYANOMA
Aminova Madina Dmitriyevna 28.11.2003 yil Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek. 2021 yilda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti filologiya fakulteti “O‘zga tilli guruhlarda rus tili” ta’lim yo‘nalishiga to‘lov shartnoma asosida o‘qishga qabul qilindi. Hozirda institutning 3-bosqich talabasi sifatida o‘qib kelmoqda. O‘qishi mobaynida o‘zining zukkoligi, tirishqoqligi, tashabbuskorligi, vatanparvarligi, fidoiyligi, jonkuyarligi, innovatsion g‘oyalari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Unga yuklangan har bir ishga mas'uliyat bilan yondashadi va institut jamoat ishlarida faol qatnashadi.
Aminova Madina Dmitriyevna innovatsion g‘oyalar asosida ilmiy izlanish ishlarini olib bormoqda. Uning bir nechta maqola va tezislari Respublika hamda xorijiy davlatlar ilmiy jurnallarida chop etiligan.
Mehnatlari samarasi bir nechta diplom, sertifikat va faxriy yorliqlarga ega bo’lgan, jumladan:
2023-yil noyabr oyida Rossiya davlatining Moskva shahrida o‘tkazilgan “Классные стихи и любовь к русской литературе” mavzusida o‘tkazilgan onlayn tanlovida qatnashib, “Приз зрительских симпатий” nomitatsiyasi g‘olibi bo‘lgan va sertifikat bilan taqdirlangan.
2023-yil oktabr oyida Rossiya davlatining Sankt-Peterburg shahrida o`tkazilgan “IV Международная онлайн-олимпиада СПбГУ по русскому языку как иностранному” xalqaro onlayn olimpiadasida ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlangan.
“Denov ovozi” tuman gazetasining 2023-yil 30-sentabr sonida “Aziz va mo‘tabar bo‘lgan ulug‘ zot-bu muallimdir” nomli maqolasi chop etilgan.
2023-yil 22- sentabrda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektorining “Eng yaxshi boshlovchi” nominatsiyasi faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.
2023-yilda bo‘lib o‘tgan “Rektor stipendiyasi” tanlovi g‘olibi.
2023-yil 31-mart kuni Rossiya davlatining Nijniy Novgorod shahrida rus tili fanidan o‘tkazilgan 3 ta turdan iborat "Лобачевский/RU" xalqaro olimpiadasining final bosqichida faol ishtirok etganlari uchun "Национальный исследовательский Нижегородский государственный университет" tomonidan sertifikat bilan taqdirlangan.
2023-yil 7-mart kuni institutda fakultet dekani tomonidan bo‘lib o‘tgan “Ota-onalar uchrashuvida” Aminova Madinaning onasi “Mamlakatimizda aziz va mo‘tabar ayollarni ulug’lash, ularning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, farzandlarimizni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashda alohida tashabbus ko‘rsatib kelayotganligi uchun” tashakkurnoma bilan taqdirlangan.
2023-yil 18-fevral kuni "Actual problems of the modern russian language" nomli ilmiy maqolasi OAK tomonidan tan olingan Indoneziyaning nufuzi baland "WEB OF SCIENTIST: INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH JOURNAL" jurnalida chop etilgan.
2023-yil 17-fevral kuni bo‘lib o‘tgan “Русская орфография” onlayn-testidan muvaffaqiyatli o‘tib maxsus sertifikat bilan taqdirlangan.
2023-yil 10-fevralda filologiya fakuteti yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi etib tayinlangan.
2023-yil 12-yanvarda yoshlar yetakchisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.
“Chag‘oniyon” tuman gazetasining 2023-yil 12-yanvar sonida “Tinchligimiz kafolati” nomli maqolasi chop etilgan.
“Denov ovozi” tuman gazetasidaning 2022-yil 9-dekabr sonida “Konstitutsiya- erkin va farovon xayotimiz” nomli maqolasi chop etilgan.
2022-yil 6-mayda “ Xotira va qadrlash ” kuni munosabati bilan institutda tashkil etilgan bayram tadbirida faol ishtirok etganiligi uchun maqtov yorlig’i bilan taqdirlangan.
2022-yil 2-aprelda rus tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Литературный ринг” nomli tanlovda faol ishtirok etganligi uchun diplom bilan taqdirlangan.
2022-yil 25- mart kuni rus tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Знатоки русского языка” intellektual tanlovda faxrli 2-o’rinni egallaganligi uchun institut rektori tomonidan diplom bilan taqdirlangan.
2019-yil 5-mart kuni namunali xulqi, a’lo baholari hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang’ich tashkiloti ishlarida faol ishtiroki uchun faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
Ushbu talaba barcha fanlarni a'lo baholarga o‘zlashtirib, jamoat ishlarida faol ishtirok etib, institutimiz nufuziga hissa qo‘shib kelmoqda. Biz, Aminova Madina Dmitriyevnaning kelajakda vatanga xizmat qila oladigan, o'z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishiga ishonamiz. Mazkur talaba olib borayotgan ilmiy izlanishlari mamlakatimizning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalaridagi taraqqiyotiga hissa qo‘shadi “Yil talabasi-2023” nominatsiyasiga munosib nomzod deb hisoblaymiz va nomzodlikka tavsiya etamiz!


Filologiya fakulteti dekani Sh.Q. Amanqulov
Yüklə 22,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə