Denov tumani 00-umumiy o’rta ta’lim maktabi direktorining buyrugʻI {date day}«{date month}»



Yüklə 83,76 Kb.
səhifə1/2
tarix21.10.2023
ölçüsü83,76 Kb.
#130010
  1   2
Kuz qish 12 mtt




DENOV TUMANI 00-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI DIREKTORINING BUYRUGʻI

{date.day}«{date.month}»{date.year} yil.

{number}-son



Denov tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining
2023-yil 26-sentabrdagi 822-8-111-DUM|2023-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash haqida

Ta’lim muassasasida havo haroratining o‘zgarishi davrida isitish tizimining to‘g‘ri ishlashi va issiqlikning muntazam yetkazilishini ta’minlash, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda bo‘lim mudiri huzurida 2023-yil 26-sentabrda 822-8-111\DUM2023-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:


1. Denov tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri huzurida 2023-yil 26-sentabrdagi “2023-2024 o‘quv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida”gi 822-8-111\DUM2023-sonli buyrug’i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida ajratilgan ko‘mir yoqilg‘isi jamg‘arilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. 2023-2024 o‘quv yilida va kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish va nazorat olib borish bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkiloti shtabi (keyingi o‘rinlarda– tashkilot shtabi) muvofiq 1-ilovaga muvofiq;
4. 2023-2024 o‘quv yilida va kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5.Ta’lim muassasasini 2023-2024 o‘quv yilida va kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash tashkilotning XIBDO’ T.Mengqulov mas’ul hisoblanadi.
6. Maktabgacha ta’lim tashkiloti XIBDO’ (T.Mengqulov)ga:
Ta’lim muassasasini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarini tashkil etish jarayonini muvofiqlashtirish, ularning mavsumda barqaror ishlashini ta’minlash hamda monitoringini yuritish;
Asosiy e’tiborni ta’lim muassasalarini kuz-qish mavsumida ishlashga tayyorlash borasida aniq ta’sirchan choralar ko‘rilishiga, bunda, o‘tgan yil kuz-qish mavsumida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilishga aniq tadbirlar ishlab chiqishga qaratish;
Ta’lim muassasasi tomonidan qabul qilingan buyruq, belgilangan choratadbirlar va boshqa zarur hujjatlarni 5 (besh) kun muddatda tuman shtabiga taqdim etish;
Ko‘mir yoqilg‘isini tegishli qo‘llanmalarga asosan saqlash hamda yoqilg‘ining me’yoriy sarflanishi ustidan doimiy nazoratni olib borish uchun maktabning ichki buyrug‘i bilan mas’ullarni biriktirish;
Tashkil etilgan tuman shtabi bilan tezkor aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida monitoring ma’lumotlarini 2023-yil sentabr oyidan boshlab har oyning 1-, 10- va 20-sanalarida tuman shtabiga rasmiy tarzda taqdim etib borish vazifalari yuklatilsin.
7. 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlashning o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirilishiga bevosita rahbarlik va na’zoratini o’z zimmamda qoldiraman.
Asos:Denov tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 2023-yil 26-sentabrdagi 822-8-111-DUM|2023-sonli buyrug’i.


Yüklə 83,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə