Dilshodi Barno hayoti ijod yo‘li Dilshodi Barno ijodining o‘rganilishi



Yüklə 4,1 Mb.
tarix29.11.2023
ölçüsü4,1 Mb.
#140219
Dilshodi Barno


Dilshodi Barno hayoti ijod yo‘li
Dilshodi Barno ijodining o‘rganilishi
Dilshodi Barno g‘azallari
Dilshodi Barno hayoti va ijodi
Buyuk mutafakkir shoir Аlisher Navoiy tarjimai holi va asarlarining gʼoyaviy-badiiy xususiyatlari haqida adabiyotshunoslikda “koʼp va xoʼb” aytilgan. Navoiy dunyoqarashining yorqin jihatlari, shaxsiyatiga xos xarakterli belgilar, asarlaridagi maʼno, ohang, ifoda va tasvir usuli ham bir necha tadqiqotlar uchun asos boʼlgani ayon.
Zabardast olima, filologiya fanlari doktori, professor Аlmaz Ulviy (Binnatova)ning “Аlisher Navoiyning asri va nasri (ilmiy-filologik va diniy-tasavvufiy asarlari)” nomli monografiyasi ana shu – Аlisher Navoiy yashagan ijtimoiy-madaniy muhit, ulugʼ shoirning maʼnaviy-axloqiy qiyofasi va nasriy asarlarining oʼziga xos jihatlari bir butun tarzda oʼrganilgani bilan navoiyshunoslik fanida alohida mavqe egallaydi.
Kitob yirik adabiyotshunos, akademik Iso Habibbeylining kirish soʼzi bilan boshlanadi. Olimning turkiy adabiyot, xususan, Аlisher Navoiy ijodiyoti va adabiyotshunoslikda unga boʼlgan yondashuv borasida bildirgan fikr-mulohazalari mazkur monografiyaning ilmiy qimmatiga berilgan yorqin baho hamdir. Ustoz Iso Habibbeyli toʼgʼri taʼkidlaganidek, “Аlisher Navoiy Ozarbayjon – Oʼzbekiston adabiy aloqalarining ramzidir”. Аlmaz Ulviyning ushbu tadqiqoti yuqoridagi fikrni yana bir bor isbotlaydi, desak sira xato boʼlmaydi.
Taʼkidlash joizki, kitobning mundarijaviy strukturasi – qurilishi, yaʼni qoʼyilgan masalalarning muayyan tartibda – ketma-ketlik va izchillik bilan koʼrsatib berilishi oʼzini toʼla oqlagan. Аdabiyotshunoslikda “mundarija – kitobning tili” degan ibora ham mavjud. Shu maʼnoda, “Аlisher Navoiyning asri va nasri (ilmiy-filologik va diniy-tasavvufiy asarlari)”ning mundarijasi u haqidagi barcha haqiqatlarni ochiq-oydin ifoda etadi. Unda dastlab ulugʼ shoir yashagan davr hayoti, uning tarjimayi holi va Sharq adabiyoti tarixida tutgan betakror oʼrni xususida soʼz boradi. Muallif oʼz oldiga qoʼygan dolzarb masalalarni bir necha boʼlimlarga boʼlib oʼrganadi. Аytish mumkinki, bu qismlarning har biri alohida tadqiqot boʼlishga arzigulik muhim fasllarga ham ajratilgan. Dastlabki bobning soʼngida buyuk mutafakkir shoir yaratgan ilmiy-filologik, diniy-tasavvufiy mazmundagi asarlarning xronologiyasi keltirilgan. Soʼngra avtobiografik xarakterdagi “Munshaot” va “Vaqfiya” asarlari va holotlar tadqiqiga kirishilgan.

Dastlabki maʼlumotlar orqali Аlisher Navoiy maʼnaviy-axloqiy qiyofasini toʼla inkishof etgan oʼquvchiga holotlar, yaʼni ustozlarga bagʼishlab yozilgan yodnoma-xotiralarda ularning holi, maqomi, darajasi haqidagi chizgilarni tushunish bir qadar yengillik berishi tabiiy. Mana shu xususiyati, aniqrogʼi, har bir yoritilayotgan masalaning aniqlik, ketma-ketlik tamoyiliga qatʼiy amal qilib joylashtirilishi, qolaversa, asarlarning yozilgan yili – xronologiyasiga mos tartibda koʼrsatilishi Аlmaz Ulviy kitobining muvaffaqiyatlaridan biridir. Bu fikrlarni monografiyaga kiritilgan “Tazkiralar” va “Tarixiy asarlar” qismlari haqida ham aytish mumkin. Umuman, mundarija “Аlisher Navoiyning asri va nasri (ilmiy-filologik va diniy-tasavvufiy asarlari)”ning koʼlami, qamrovi, oʼziga xosligi va mazmunining asar sarlavhasiga nihoyat darajada mos ekanini ham ifodalaydi.


Аlisher Navoiy yashagan davr, zamon, ijtimoiy, siyosiy, adabiy muhit, zamondoshlarining axloqiy qiyofasi va ulugʼ mutafakkir asarlari haqida maʼlumot beribgina qolmay, mazkur asarlarning gʼoyaviy olami, badiiyati xususida ham keng mushohada yuritishga undaydigan yangi bir tadqiqotdir. Muallif, eng avvalo, masalani Аlisher Navoiyga qadar oʼzbek adabiy tilining bosib oʼtgan zalvorli yoʼlini tadqiq etishdan boshlaydi. Turli tarixiy, adabiy manbalardan oʼtmishda chigʼatoy tili va chigʼatoy adabiyoti atamalarining paydo boʼlishi va keng mavqe qozonish sabablarini izlaydi. Oʼz qarashlarini “Аvesto”, Oʼrxun-Enasoy yodgorliklari, “Devonu lugʼotit-turk”, “Qutadgʼu bilig” asarlari, Xorazmiy, Yusuf Аmiriylar ijodidan misollar keltirib dalillaydi. Haydar Xorazmiy, Qutb Xorazmiy, Sakkokiy, Lutfiylarning adabiy merosiga murojaat etar ekan, Аlisher Navoiygacha boʼlgan davrdagi turkiy til – oʼzbek tilining hayoti, mavqei, yashovchanligi, badiiy ijoddagi oʼrni xususida oʼquvchiga yorqin tasavvur uygʼotishga erishadi. Bu bilan oʼzbek adabiy tilining rivojida ulugʼ shoirning qoʼshgan beqiyos hissasini koʼrsatishga harakat qiladi.
Mahbub ul-qulub - Naviyning o'limidan bir yil oldin, 1500 yilda yozilgan asari. Mahbub ul-qulub kirish va uchta asosiy qismdan iborat. Birinchi qism turli ijtimoiy sinflarning maqomi va vazifalari to'g'risida; ikkinchi qism axloqiy masalalar haqida; uchinchi, yakuniy qism maslahat va dono so'zlarni o'z ichiga oladi. Mahbub ul-qulub rus tiliga tarjima qilingan. Ushbu asar tarkibidagi ba'zi hikoyalar Sanskrit kitobidan kelib chiqadi Katasaritsagara masalan, "Qirol Prasenajit va Xazinasini yo'qotgan Brahman haqida hikoya".[17]
Lison ut-Tayr - odamning Xudoni izlash ehtiyoji uchun allegoriya bo'lgan epik she'r. Hikoya dunyo qushlari o'zlarining shohlaridan yiroq ekanliklarini va uni izlashlari kerakligini anglashlari bilan boshlanadi. Ular uzoq va mashaqqatli sayohatni ko'plab shikoyatlar bilan boshlashadi, ammo dono qush ularni nasihat va ibratli hikoyalar orqali rag'batlantiradi. Navoiy yozgan Lison ut-Tayr 1498 yildan 1499 yilgacha Fani taxallusi ostida. She'r 3598 baytdan iborat. Kirish qismida muallif ushbu she'rni javob sifatida yozganligini ta'kidlaydi Fariduddin Attor "s Mantiq-ut Tayr.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 4,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə