Diniy ekstremizm va fundamentalizmga qarshi kurashning asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 24,98 Kb.
tarix29.10.2017
ölçüsü24,98 Kb.
#7381

Aim.uz

Diniy ekstremizm va fundamentalizmga qarshi kurashning asosiy yo‘nalishlari
Din insoniyat ma’naviy-madaniy olamining tarkibiy qismi bo‘lishi bilan birga, qadimdan ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili vazifasini bajarib kelgan. Lekin unda, konservatizm, dogmatizm va mutaassiblik

1 ɇɨɪɛɟɤɨɜ Ⱥ.ȼ. Ⱦɢɧɲɭɧɨɫɥɢɤ ɚɫɨɫɥɚɪɢ: ȸԕɭɜ ԕʆɥɥɚɧɦɚ. í Ɍ., ȸɡɛɟ-ɤɢɫɬɨɧ Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢ ɂɂȼ Ⱥɤɚɞɟɦɢɹɫɢ., 2008. í 205-ɛ.

127



bilan bag‘rikenglik, modernizm va hurfikrlilik tarafdorlari o‘rtasida doimiy kurash boradi. Shunining uchun uning ijtimoiy hayotdagi o‘rni kurashuvchi tomonlarning ustunligiga va ijtimoiy hayot talablariga ko‘ra o‘zgarib turgan. Hozirgi davrda fan va texnika inqilobining ijtimoiy hayotga ta’siri tobora ortib borayotganligiga qaramasdan, din jamiyatdagi o‘z o‘rnini saqlab qoldi va uning dinsiz yashay olmasligi to‘g‘risidagi g‘oya mustahkamlanmoqda.

Ijtimoiy hayotning boshqa jabhalaridagi kabi, dinda ham ziddiyatli jarayonlar kechishing tabiiy bir xolat sifatida qabul qilish kerak. Shuning uchun tarixda diniy e’tiqod bunyodkorlik bilan birga, vayron qiluvchi kuch sifatida ham xizmat qilgan.


Hozirda diniy estremizm va fundamentalizm dindagi jamiyatni vayron qiluvchi kuchga aylandi. Qayd etish lozimki, diniy ekstremizm va fundamentalizm barcha dinlarga xos bo‘lgan xususiyat bo‘lib, obyektiv va subyektiv shart-sharoitlar ta’sirida turli darajada o‘zini namoyon qiladi. Jamiyat hayotining barcha sohalari bilan o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladi. Zero, unga qarshi kurashda faqat din bilan bog‘liq muammolarni hal etish kutilgan natijani bermaydi. Bu sohada diniy muammolar bilan birga, jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy muammolarni hisobga olish talab qilinadi.
Diniy ekstremizm va fundamentalizmga qarshi kurashning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
a) siyosiy sohadagi vazifalar:
– jamiyatda demokratiyani yanada rivojlantirish;
– qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash; -inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash.
b) iqtisodiy sohadagi vazifalar:
– bozor munosabatlarini rivojlantirish;
– aholining turmush darajasini oshirish. v) ma’naviy sohadagi vazifalar:
– jamiyatda insonparvarlikni va o‘zgalar fikriga hurmat ruhini shakllantirish;
– o‘zgalar madaniyatini tushunish va ularning tinch-totuv yashashiga shart-sharoitlar yaratish;
– dunyoviy bilimlarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirish;
– aholining diniy bilimlari darajasini oshirish, dinshunoslik va ilohiyot sohalarida yetuk mutaxassislarni tarbiyalash.


128



Hozirgi davrda xalqaro munosabatlarda diniy ekstremizm va fundamentalizm islom dinida o‘ta keskin namoyon bo‘lmoqda. Lekin islomni siyosiy islom bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan terrorizmning tarkibiy elementi deb qarash hatodir. Diniy ekstremizmga qarshi kurashda islom diniga zarar yetkazish xunuk oqibatlarga olib keladi, xalqni davlatga qarshi qo‘yadi, davlatimizning islom dinini rivojlantirish bilan bog‘liq dono siyosatini obro‘sizlantiradi.
O‘zbekistonda davlatning dinga munosabati quyidagi prinsiplarga asoslanadi:


  1. dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish;




  1. diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish. Davlat tashkilotlari kishilarning diniy e’tiqodlariga aralashmasligi kerak;

v) fuqarolarning teng huquqliligini kafolatlash va ularning toifalanishiga yo‘l qo‘ymaslik;


g) ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror tiptirishda diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash;
d) dindan buzg‘unchilik maqsadida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikni e’tirof etish.
Xulosa sifatida aytish lozimki, diniy fundamentalizm va ekstremizmga qarshi kurashni malakali olib borish taqozo etildi. Bu ishda o‘ylamasdan ish ko‘rish, shoshma -shosharlik va byurokratizm xalqimiz e’zozlaydigan buyuk qadriyat – islom diniga putur yetkazdi. O‘zbekistonning jahon hamjamiyati nazaridagi obro‘yini to‘kadi.
Diniy ekstremizm va fundametalizmga qarshi kurash ongli asosda olib borilishi darkor. Buning uchun, avvalambor, quyidagi muhim jihatlarni anglab olish lozim:
– din, dinni siyosiylashtirish va fundamentalizm aynan bir narsa emasligini;
– fundamentalizmning globalizatsiya jarayonlari bilan uzviy bog‘liqligini;
– fundamentalizm va ekstremizm terrorizm vositasida ijtimoiy voqelikda qaror topishini;

– ekstremizm va fundametalizmning maqsad va vositalar nuqtai nazaridan farqlanishi va boshq.


Diniy ekstremizm va islom fundamentalizmiga qarshi kurashning asosiy yo‘nalishlari aynan shu jihatlarni aniqlash orqali belgilanadi.


129



Buning sababi í diniy ekstremizm va fundametalizmning o‘ta jiddiy va qaltis mafkuraviy hodisa ekanligidadir. Diniy ekstremizm va funda-mentalizmga qarshi kurash ko‘r-ko‘rona va biryoqlama olib borilmasligi lozim. Chunki diniy ekstreizm va fundamentalizmga qarshi kurashning samarasi to‘g‘ri ilmiy metodologiyani tanlashga bog‘liqdir.
Ekstremizmga qarshi kurash davomida xalqimizning eng muqqadas qadriyatlaridan biri - islom diniga zarar yetkazish xunuk oqibatlarga olib keladi, xalqni davlatga qarshi qo‘yadi, davlatimiz tomonidan islom dini madaniyatini rivojlantirish, islom madaniyati taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizni ulug‘lashga qaratilgan dono siyosatiga shak keltiradi, uni obro‘ysizlantradi. Bunga aslo yo‘l qo‘yib bulmaydi. Ichki ishlar organlari xodimlarining siyosiy ongi va siyosiy madaniyati mazkur masalada yetarli bilimlarni egallashni taqozo etadi. Bu esa islom dinini noo‘rin ayblash, unga jangari, agressiv diniy ta’limot, degan siyosiy tamg‘a bosilishining oldini oladi.
Fundamentalizm masalasiga kelsak, unga qarshi kurashning asosiy yo‘nalishini aniqlashdan oldin, uning asl mohiyatini aniqlash, ijtimoiy taraqqiyot uchun qanchalik xavfli ekanligini anglash lozim Bu narsani anglamaslik islom fundamentalizmiga qarshi kurashning asosiy yo‘nalishini aniqlashga imkon bermaydi.
Fundamentalizm jahonda kechayotgan globalizatsiya, standarti-zatsiya, vesternizatsiya va konsyumerizmga qarshi reaksiya tarzida vujudga keldi. Buni quyidagicha izohlash mumkin. "Sovuq urush" davri tugagandan so‘ng jahonda umumiy axborot tarmog‘i (Internet), umumiy bozor, umumiy iste’mol, kollektiv hamkorlik, kollektiv xavfsizlik kabi hodisalarga umumiy ehtiyoj sezila boshladi. Islom dunyosi mamlakatlari uchun islom an’analariga asoslangan turmush tarziga va udumlariga G‘arb standartalari, normalari va qadriyatlarining kirib kelishi an’anaviy tafakkurda qarshi reaksiya holatlarini shakllantirdi. Yo‘ldosh aloqalari elektron pochta va boshqalar. Sharq olamiga G‘arb qadriyatlarining tobora chuqurroq singib borishini tezlashtirdi.

Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak , diniy estremizm va fundamentalizmga qarshi kurashni malakali ravishda olib borish taqozo etiladi. Bu ishda savodsizlik xalqimiz e’zozlovchi diniy madaniyat va buyuk qadriyat – islom diniga putur yetkazadi. O‘zbekistonning jahon hamjamiyati nazaridagi obruyini to‘kadi, turli aksilinqilobchi kuchlarga bu narsa qo‘l keladi. Ular

130



mustaqil O‘zbekiston xalqi tanlagan dunyoviy demokratik taraqqiyotdan chiqib, o‘rta asr diniy davlatchilik yo‘liga kirishiga jon-jahdi bilan harakat qiladi.
Markaziy Osiyoda islom madaniyati, islom dinining hozirgi zamondagi ahamiyati, diniy ekstremizm va fundamentalizmning mohiyati, xavfi hamda ularning islom madaniyatiga zidligi, unga qarshi kurashishni ichki ishlar organlarining har bir xodimi aniq anglagan bo‘lishlari, islom dini va madaniyatiga yot unsurlarga aniq zarba berish malakasiga ega bo‘lishlari talab etiladi.
Yüklə 24,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə