Dunyoning global muammolari



Yüklə 48,5 Kb.
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü48,5 Kb.
#146987
  1   2   3   4
referat - Dunyoning global muammolari


DUNYONING GLOBAL MUAMMOLARI


Global muammolar tushunchasi.
XX asrning oxirgi o'n yilliklari dunyo xalqlari oldiga ko'plab o'tkir va murakkab muammolarni ko'ndalang qilib qo'ydiki, ular global muammolar nomini oldi.
Global muammolar deb, shunday muammolarga aytiladiki, ular ko'lami jihatdan butun dunyo, butun insoniyatni qamrab olib, uning hozirgi va kelajagi uchun havf tug'diradi. Hamda o'zlarining yechimi uchun barcha davlat va xalqlar kuchlarining birlashuvi, birgalikda jipslashib harakat qilishini talab etadi.
Tinchlik va qurolsizlanish, yangi jahon urushining oldini olish muammolari.
Barcha tarixiy davrlar va bosqichlarda urushlar jamiyat rivojida o'z muxrini (asoratini) qoldiradi. Biroq ilgari qachon butun-butun mamlakatlar va hatto materiklarning yo'q bo'lib ketish real «imkoniyati» bo'lmagan. Bunday «imkoniyat», ya'ni global havf asrning ikkinchi yarmida yadro qurolni va shu bilan birga raketa texnikasi yaratishi munosabati bilan vujudga keldi. Mana shuning uchun ham tinchlik va qurolsizlanish, yangi jahon urushining oldini olish, insoniyatning qirilib ketmay, o'zini o'zi saqlab qolishi muammosi haqiqatdan ham hozirgi kunimizning eng birinchi muammosiga aylandi.
Faqat 80-yillar oxiri 90-yillar boshiga kelib, uni haqiqiy yechishga asos solindi. «Sovuq urush» tugatildi. Hozir jahon yadro qirg'ini havfi amalda qolmadi. Biroq ommaviy qirg'in qurollarning regional ziddiyatlar bilan uyg'unlikda tarqalishining hamon davom etishi dunyo uchun yanada katta havf tug'dirmoqda.
Ekologik muammosi.
Yer yuzining bir qancha mamlakat va rayonlarida ekologik tanazzul darajasiga yetdi. Atrof-muhitning faqat ifloslanishidan ko'rilayotgan iqtisodiy zarar ijtimoiy, estetik va boshqa xil zararlarni hisobga olmaganda yiliga ko'plab millon dollarni tashkil etadi. Buning ustiga dunyo miqiyosidagi ekologik xavf vujudga keldi; bu xavf Yer yuzi iqlimining nazorat qilib bo'lmaydigan o'zgarishlari va stratosferadagi ozon qatlamining yemirilishidir.
Hozirgi vaqtda bu muammoni yechish uchun tobora ko'p davlatlar o'z kuch va imkoniyatlarini birlashtirmoqdalar. Xavfning oldini olish bilan birga to'satdan favqulodda ro'y beradigan xavflarni bartaraf qilish bo'yicha ham yordam uyushtiriladi. Bularning barchasi 70-yillar BMT tomonidan olg'a surilgan «Yer faqat bitta-tanhodir» shiorini bajarish demakdir.

Yüklə 48,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə