Ehtiyojlar klassifikatsiyalari



Yüklə 13,41 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü13,41 Kb.
#155056
mustaqil ish 1


Maqsad va vazifalari
Maqsadi:ehtiyoj klassifikatsiyalari borasida bilimlarni oshirish
VAZIFALAR:Ehtiyoj klassifikatsiyalarini ajratish;
Ehtiyoj haqida ma’lumotlar berish;

Ehtiyojlar klassifikatsiyalari
Ehtiyoj- insonning yashashi va kamol topishi uchun kerakli bo’lgan hayotiy vositalarga bo’lgan zarurat. Ehtiyojlar nazoratsiz harakatlarning xaydovchilari hisoblanadi. Trik mavjudotning xolati, uning mavjudlik shartlari nimaga bog’liqligini ifodalaydi. Ehtiyoj inson turmush tarzida harakatga keltiruvchi kuch sfatida hizmat qiladi. Ehtiyojlar asosan 2 turga: birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlarga bo’linadi. Birlamchi ehtiyojlar asosan fiziologik ehtiyojlar bo’lib, inson yashashi uchun muhim bo’lgan:nafas olishga, och qolmaslikka, suvga kabi muhim bo’lgan ehtiyojlar hisoblanadi. Ikkilamchi ehtiyojlar esa madaniy hordiq olishga, tan olinishga, hurmat etibor qozonishga kabi ehtiyojlarni o’z ichiga oladi. Amerik psixolog Abraham Maslou barcha ehtiyojlarni tug’ma ekanligi haqidagi g’oyani taklif qiladi va yettita asosiy turlarga bo’lib “Ehtiyojlar ierarhiyasi”(piramidasi)ni ishlab chiqadi. Maslou o’zining ehtiyojlar piramidasi nazariyasini ilk bor 1943-yilda chop etilgan “Shaxs motivatsiyasi nazariyasi” nomli maqolasida va undan keyin nashr etilgan Motivatsiya va Shaxsiyat asarida keltiradi. A. Maslou nazariyasi bo’yicha, inson, eng avvalo o’zining birlamchi ehtiyojlarini qondirish uchun harakat qiladi. Birinchi darajali ehtiyojlar qondirilsa, boshqa darajadagi ehtiyojlar ham asta-sekin ahamiyat kasb etib boradi.
1;Eng muhim fiziologik ehtiyojlarga yashash uchun zarur bo’lgan narsalar kiradi. Bunday ehtiyojga quyidagi misollarni keltirish mumkin:Oziq-ovqat, Suv, Nafas olish,Gomeostazis. Bazis ehtiyojlarga oziq-ovqat, havo va haroratdan tashqari uy-joy va kiyim-kechaklar ham kiradi.
2; Xavfsizlikka bo’lgan ehtiyojga quyidagilarni misol qilish mumkin:Moliyaviy ta’minlanganlik, Tana salomatligi, Baxtsiz hodisa va shikastlanishdan himoyalanish
Ko’pincha fiziologik va xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyoj birgalikda birlamchi bosqichdagi ehtiyojlar deb yuritiladi.
3; Biron ijtimoiy guruhda bo‘lish, boshqa kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyoji piramidaning uchinchi bo‘g‘iniga kiradi. Bu guruhdagi ehtiyojlarni sotsial ehtiyojlar deb ham yuritiladi. Ularning ayrimlari:Do’stlik, Sevgi rishtalari, Oila, Sotsial guruhlar,Birodarchilik.
4; Hurmat va e’zoz topishga bo‘lgan ehtiyoj ehtiyojlar piramidasining to‘rtinchi bo‘g‘inini tashkil etadi. Bu ehtiyojlar kishining boshqalar tomonidan tan olinishiga bo‘lgan ehtiyojidir.Insonlar boshqalar tomonidan qadrlanishlari va dunyoga qandaydir hissa qo’shayotganliklarini his qilishlari kerak.
5; O’zligini isbotlash ehtiyoji Maslou piramidasining eng yuqori pog’onasidan joy olgan. Insonning o’z yashirin imkoniyatlarini haqiqatga aylantirish ehtiyojiga ishora qilib, Maslou shunday tushuntiradi “Inson nimaga erishishi mumkin bo’lsa, u shunga erishishi lozim”. Hayotda o’z o’rnini topgan shaxs o’zligini anglagan, boshqalarning fikrlari bilan emas, balki shaxsiy rivojlanish va o’z imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanish bilan band bo’ladi.

Shu bilan birga Maslou “Ehtiyojlar ierarhiyasi”dan tashqari ikki turdagi kamyob ehtiyoj turini farqladi.


1 Kamchiliklarni qondirishga qaratilgan ehtiyoj
2 O’sishga qaratilgan ehtiyoj.
Ehtiyojlarning umumiy turlari:

  1. Ma’naviy ehtiyojlar

  2. Nufuzli ehtiyojlar

  3. Ijtimoiy ehtiyojlar

  4. Mavjud ehtiyojlar

  5. Fiziologik ehtiyojlar.

Ehtiyojlarning klassifikatsiyasi.
Ehtiyojlar asosiy uchta klassifikatsiyaga ajratiladi:

  1. Moddiy

  2. Ma’naviy

  3. Sotsial

Moddiy ehtiyojlar birlamchi va inson hayotidagi yashashi uchun eng kerak bo’ladigan ehtiyoj hisoblanadi. Moddiy ehtiyojlarga: ovqatlanish, kiyim-kechak, yashash joyi, ozini himoya qilish, nafas olish, maishiy turmush ashyolari, nasl qoldirish(ko’payish) kabilar misol bo’la oladi.
Ma’naviy ehtiyojlar ijtimoiy ong maxsuliga bo’lgan ehtiyojlar hisoblanadi. Moddiy ehtiyojlar qondirilgandan so’ng inson o’zida ma’naviy ehtiyojlarga muhtoj boladi.
Ma’naviy ehtiyojlarga: o’zi va atrofdagilarni bilish, ijodkorlikka bo’lgan ehtiyoj, madaniy hordiq olish, ilm olish, o’rganish, estetik zavq olish kabi narsalarga bo’lgan ehtiyojlarni misol qila olamiz. Ma’naviy ehtiyojlar ham inson hayoti uchun zarur ehtiyoj hisoblanadi. Ma’naviy ehtiyojlarni qondirish orqali inson stress, dipressiya kabi psixologik qiyin holatlardan ozgina bo’lsa ham ozini himoya qila olishi mumkun.
Sotsial ehtiyojlar asosan sotsial muhitga bo’lgan ehtiyojlar hisoblanadi ularga: muloqot, mehnat, ijtimoiy faoliyat, boshqa insonlar tomonidan e”tirof etilishga bo’lgan ehtiyoj, sotsial muhitga qo’shilishga bo’lgan ehtiyojlarni misol qila olamiz.
Inson sotsial muhitta o’sadi va rivojlanadi shuning uchun ham sotsial ehtiyojlar ham muhim ehtiyoj hisoblanadi. Umuman olganda har bir ehtiyojni qondirish inson hayoyi uchun o’ta muhum hisoblanadi. Ha bir ehtiyoj qondirilgandan so’nggina inson mukammal shaxs sifatida namoyon bo’ladi.
Xulosa

  1. Ehtiyoj tushunchasi psixologiyada inson faoliyatining taminlovchi asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.

  2. Barcha ehtiyojlar bir-biri bilan uyg’un va bir-biriga bog’liq hisoblanadi.

  3. Barcha ehtiyojlar o’z o’rnida qondirilsagina inson mukammal shaxs sifatida yashay oladi



Foydalanilgan adabiyotlar
M.E.Zufarova “Umumiy psixologiya” 2008
V.Karimova “Psixologiya” 2002
http://kompy.info sayti
Yüklə 13,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə