Еndokrin kasalliklar. Reja



Yüklə 24,25 Kb.
səhifə1/5
tarix08.05.2023
ölçüsü24,25 Kb.
#108988
  1   2   3   4   5
ЕNDOKRIN KASALLIKLAR.


Еndokrin kasalliklar.


REJA:

1.Qandli diabet.


2.Qalqonsimon bez kasalliklari:
- Toksik buqoq (Bazedov kasalligi);
- Gipotireoz (miksedema);
- Tug`ma gipotireoz;
- Endemik bo`qoq.
3.Qalqonsimon bez kasalliklarining oldini olish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Qonuni.

Qandli diabet. Me`da osti bezidan ishlab chiqariladigan insulin gormoni miqdorining kamayishi tufayli vujudga keladigan surunkali kasallikdir.
Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti ma`lumotiga ko`ra 2007-yilda yer yuzida qandli diabetga chalinganlarning soni 200 mln kishini tashkil etadi. Qandli diabet OITS, sil, onkologik kasalliklarga nisbatan sarf harajat jihatidan birinchi o`rinni egallaydi.
O`zbekiston Respublikasi endokrinologiya ilmiy tadqiqot instituti ma`lumotiga ko`ra 2007-yil oxirida Respublikamizda 100 mingga yaqin qandli diabet bilan xastalangan fuqaro ro`yxatga olingan.
Sababi. Uzoq muddat davomida ruhiy aziyat chekish, hayajonlanish, shirinlik, oq non, pishiriqlar, xamirli taomlarni me`yoridan ortiq iste`mol qilish, yuqumli kasalliklar (angina, gripp, epidemik parotit, gepatit kabilar)ning asorati sifatida pankreatitning yuzaga kelishi tufayli me`da osti bezi funksiyasining pasayishi. Nasldan o`tish hollari ham uchraydi.
Belgilari. Kasallik yillar davomida surunkali kechadi. Bemor doim och qolishini his etadi, shuning uchun tez-tez va ko‘p ovqat iste’mol qiladi. Uning og`zi, tili qurishi sababli ko‘p chanqaydi va ko‘p suyuqlik iste’mol qiladi, u kuchsizlanadi, asta-sekin ish qobiliyati pasaya boradi. Bemor ko`p ovqat iste`mol qilishiga qaramasdan ozadi, terida yiringli yaralar paydo bo‘ladi. Og`iz shilliq pardasi, til, lablar, qo‘ltiq osti, chov sohasi terisi qizaradi. Amaliy tekshiruvida siydik tarkibida qand moddasi borligi aniqlanadi (normada siydikda qand bo‘lmasligi kerak). Qon tarkibida qand moddasi miqdori ko‘payadi (normada 3,3-5,5 mmol/l bo‘lishi kerak).
Tibbiy yordam.
1.Bemor endokrinolog shifokor nazoratida yillar davomida davolanadi.
2.Kundalik ovqat tarkibida shirinlik, oq non, pishiriqlar, xamirli taomlar iloji boricha kamaytiriladi. Ozroq asal iste’mol qilishi mumkin. Bemorga qora non, sabzavotlar, olma, anor, olcha kabilar tavsiya etiladi.
3.Periferik qon tomirlar faoliyatini yaxshilovchi dorilar:trental yoki agapurin 1 tab. 3 mahal ichishga.
4.Bemor qonidagi qand miqdorini kamaytirish uchun:
- Insulin –butamid 1gr dan 2 mahal, bukarban-1 tabletka 2 mahal.

Yüklə 24,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə