Energetika auditi va energiya samaradorlik bo‘yicha asosiy tushunchalar



Yüklə 33,67 Kb.
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü33,67 Kb.
#141032
  1   2   3   4
Energetika auditi va energiya samaradorlik bo‘yicha asosiy tushunchalar


Energetika auditi va energiya samaradorlik bo‘yicha asosiy tushunchalar.

Energetik auditi oxirgi yillarda jadal rivojlanib borayotgan sohalardan biri bo‘lib o‘ziga xos tushunchalar va terminlar bilan tavsiflanadi. Energetika tizimi ob’ektlarida energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashga yo‘naltirilgan tadqiqotlarga energetik tadqiqotlarni mohiyatini tashkil etadi. Energetika auditi va energiya samaradorlik bo‘yicha asosiy tushuncha va terminlarga izoh berib o‘tamiz.


Energoaudit— iqtisodiy samarador optimal energiya resurslar iste’molini aniqlashga yo‘naltirilgan texnik, tashkiliy, iqtisodiy va boshqa tadbirlarni o‘zida mujassamlashtirgan kompleks tadbir. Elektr energiyasi bo‘yicha energetika auditi tekshiruvlarini asosiy vazifasi solishtirma energiya sarfi katta bo‘lgan iste’mol manbalarini, katta isroflar sabablarini aniqlash va bu ortiqcha isroflarni yo‘qotish bo‘yicha tadbirlar dasturini ishlab chiqish. YOqilg‘i-energetika iste’molchilarini energetika tekshiruvlaridan va ekspertizadan o‘tkazish faqat energoauditorlar tomonidan amalga oshiriladi.
energiyani tejash — energetika resurslaridan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan huquqiy, tashkiliy, ilmiy, ishlab chiqarish, texnik va iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
[СПиТ:
1.Энергия (иссиқлик) таъминоти / Ёқилғи-энергетика ресурси]
yoqilg‘i-energetika resursi — hozirgi vaqtda foydalanilayotgan yoki istiqbolda foydalanilishi mumkin bo‘lgan energiya manbai;
energetika resurslaridan samarali foydalanish — texnika va texnologiyalar rivojlanishining mavjud darajasida va atrof muhitni muhofaza qilishga qo‘yiladigan talablarga rioya qilgan holda energetika resurslaridan foydalanishning iqtisodiy o‘zini oqlagan samaradorligiga erishish;
ikkilamchi energetika resursi — asosiy jarayonda foydalanilmaydigan, biroq boshqa maqsadlarda foydalanish uchun etarli bo‘lgan ishlab chiqarishning asosiy, oraliq, qo‘shimcha mahsuloti va chiqindilarining energetika salohiyoti;
energetika resurslarining noishlab chiqarish sarfistandartlar, normalar va reglamentlar buzilishi tufayli kelib chiqqan energiya resurslari nobudgarchiligi;
yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchisi — yoqilg‘i-energetika resursidan mahsulot ishlab chiqarishda, xizmatlar ko‘rsatishda, shu jumladan qayta ishlash, transportda tashish va saqlash paytida hamda o‘z ehtiyojlari uchun foydalanadigan yuridik shaxs;
[СПиТ:

Yüklə 33,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə