Fargʻona davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti mikroqtisodiyot fanidan taqdimot fargʻona 2023



Yüklə 5,86 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü5,86 Kb.
#161324
Untitled presentation (2)

FARGʻONA DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI MIKROQTISODIYOT FANIDAN

TAQDIMOT

Fargʻona 2023

REJA:

Ishlab chiqarish - korxonalarining asosiy faoliyati turi bo`lib, bu jarayon cheklangan resurslardan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklar ni yaratish jarayoni

Ishlab chiqarish - bu kerakli mahsulotlarni tayyorlash uchun ishchi kuchidan, uskuna va texnologiyadan, tabiiy resurslardan hamda materiallardan ma′lum miqdordagi kombinatsiyada foydalanish jarayonidir.


Materiallar
Mehnat
Kapital
Ishlab chiqarish omillarini yiriklashgan uch guruhga bo`lib qarash mumkin:
Ishlab chiqarish hajmiga taʼsir etuvchi omillar:
Axborot texnologiyalari
Atrof muhit

Ishlab chiqarish funksiyasi Sarflanadigan ishlab chiqarish omillari miqdori bilan, ushbu omillardan foydalangan holda maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori o`rtasidagi bog`liqlikni ishlab chiqarish funksiyasi orqali ifodalash mumkin.

Agar omillar majmuasi sarfi kapital, mehnat va materiallardan iborat bo`lsa, ishlab chiqarish funksiyasi quyidagi ko`rinishda bo`lishi mumkin:

Q=f (K,L,M)

bu yerda, Q - berilgan texnologiyada maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori; K - kapital; L - mehnat; M - materiallar

Agar mahsulot ishlab chiqarishda ko`proq kapital ishtirok etsa, ya′ni mahsulot ishlab chiqarish yuqori kapital sig`imiga ega bo`lsa, ishlab chiqarish funksiyasini

Agar mahsulot ishlab chiqarishda ko`proq kapital ishtirok etsa, ya′ni mahsulot ishlab chiqarish yuqori kapital sig`imiga ega bo`lsa, ishlab chiqarish funksiyasini

Q =F(K)

ko`rinishida yozish mumkin.

Agar ishlab chiqarish funksiyasi ikkita, K (kapital) va L (mehnat) omillariga bog`liq bo`lsa, ishlab chiqarish funksiyasi quyidagicha yoziladi:

Q= f (K,L)

Ushbu funktsiyada mahsulot ishlab chiqarish hajmi ikkita ishlab chiqarish omiliga bog`liq - kapital va mehnatga.

Mahsulot ishlab chiqarish ko`proq qo`l mehnatiga asoslangan bo`lsa (masalan, nonni qo`l mehnati asosida ishlab chiqarilsa), u holda ishlab chiqarish funksiyasini faqat sarflangan mehnatga bog`liq ravishda yozish mumkin:

Q =f (L)

Izokvantalar

Izokvanta - bu bir xil hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarishni ta′minlaydigan ishlab chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziqdir.

Izokvantalar kartasi - bu izokvantalar majmuasidan iborat bo`lib, ularning har biri ma′lum ishlab chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalariga to‘g‘ri keladigan maksimal ishlab chiqarish hajmini o`zida akslantiradi

Oʻrtacha mahsulot

Ma′lum vaqt oralig`ida jami ishlab chiqarilgan mahsulotni umumiy mahsulot desak, o`rtacha mahsulot - umumiy mahsulotni ushbu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan o`zgaruvchan ishlab chiqarish omillari sarfiga nisbati bilan aniqlanadi.

AP=Q/F

Bu yerda: Q - umumiy mahsulot miqdori; AP- o`rtacha mahsulot; F-sarflangan resurslar.

Chekli mahsulot

Chekli mahsulot - bu o`zgaruvchan resurslar kombinatsiyasini kichik miqdorda qo`shimcha sarfi hisobidan umumiy mahsulotning o`sgan qismiga aytiladi. Masalan, ishlab chiqarishda bitta omil, ya′ni faqat mehnat saflansa chekli mahsulot MPL quyidagicha aniqlanadi:

MP=∆Q/∆L

Бу ерда Q - qo`shimcha birlik mehnat sarfi (L) hisobiga ishlab chiqarilgan qo`shimcha mahsulot miqdori.

Izakosta

Izokosta - bu ishlab chiqarish xarajatlarini ifodalovchi chiziq bo`lib, u umumiy qiymati bir xil bo`lgan ikkita ishlab chiqarish omillari sarflarining barcha kombinatsiyalarini ifodalovchi nuqtalarni o`z ichiga oladi, ya′ni umumiy qiymati bir xil bo`lgan mehnat va kapital sarflari kombinatsiyalarni ifodalovchi nuqtalarni o`z ichiga oladi.

Agar firmaning ishlab chiqarish omillariga sarflanadigan byudjetni S deb belgilasak, ishchi kuchiga sarfini W •L va kapitalga sarfini r•K desak, izokostani ifodalovchi tenglamani quyidagicha yozish mumkin: C =W •L + r•K

Foydalanilgan adabiyotlar :

1.Campbell R. McConnel, Stanley L. Brue.Microeconomics: Principles, Problems and Policies. -19 th ed. – New York. The McGraw-Hill Companies, Inc., 2015. P. 604.

2.Аддреу ас-Колелл и др. икроэкономическая теория. Учебник. – .: Дело и Сервис, 2016. - 630 стр.

5.Нуриев Р. . Курс микроэкономики: учебник/ 2-е изд. – .: Норма, 2012. - с. 576.

6. Sаlimov B.T., Muхitdinovа U.S., Mustаfаkulov Sh.I., Sаlimov B.B. Mikroiqtisodiyot. Dаrslik. – T.: TDIU, 2005. - 230 b.


Yüklə 5,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə