Farg’ona politexnika instituti qurilish fakulteti 7-23 gkk gurux talabalari Baxromova ruxshona Raxmatjonova Mumtozbegim



Yüklə 3,44 Mb.
səhifə1/5
tarix23.12.2023
ölçüsü3,44 Mb.
#155936
  1   2   3   4   5
7-23

Farg’ona politexnika instituti qurilish fakulteti 7-23 gkk gurux talabalari Baxromova ruxshona Raxmatjonova Mumtozbegim


Mavzu: D.I.Mendeleyev davriy jadvali haqida tushuncha
Reja:
1. Kimyoviy elementlar davriy sistemasi 2. Mendeleyev davriy sistemasi, Kimyoviy elementlar davriy sistemasi 3. oddiy va murakkab moddalar
Kimyoviy elementlar davriy sistemasi
Kimyoviy unsurlarni ularning atom raqami, elektron konfiguratsiyasi va davriy takrorlanuvchi kimyoviy xossalariga asoslangan holda jadval shaklida tasvirlashdir. Unsurlar unda atom raqamlari (protonlari soni) oshib borishi tartibida joylashgan. Jadvalning standart shakli tepada 18 × 7 kataklardagi asosiy unsurlar va ostida ikki qator boshqa guruh unsurlaridan iborat. Jadval shuningdek toʻrtta toʻrtburchak bloklar: chapda s-blok, oʻngda p-blok, oʻrtada 
d-blok va pastda f-bloklarga boʻlinishi mumkin. Jadval qatorlari davr, s-, d- va p-bloklardagi ustunlar esa guruh deyiladi; bu ustunlarga galogenlar yoki inert gazlar degan alohida nomlar ham beriladi.
Davriy jadval taʼrifiga binoan u davriy qonunga koʻra tuzilgan uchun, har qanday davriy jadval yordamida tegishli unsurlarning xossalari orasida aloqadorlik keltirib chiqarish va yangi, hali ochilmagan yoki sintezlanmagan unsurlar xossalarini bashorat etish mumkin. Natijada davriy jadval kimyoda keng qoʻllanilib, muhim asos boʻlib xizmat qiladi.
Mendeleyev davriy sistemasi, 
Kimyoviy elementlar davriy sistemasi
D. I. Mendeleyevning oʻzi kashf etgan davriy qonun asosida tuzgan elementlar davriy sistemasi, davriy qonunning grafik ifodasi. Kimyoviy elementlar davriy sistemasi s. mavjud elementlarning hammasini bir butun qilib birlashtiradi, ular oʻrtasida obʼyektiv qonuniy aloqa borligini koʻrsatadi va hali maʼlum boʻlmagan elementlarni, ularning xossalarini oldindan aytishga imkon beradi.

Mendeleyevgacha ham kimyoviy elementlarni sistemaga solishga urinib koʻrilgan (fransuz kimyogari J. Dyuma, nemis kimyogarlari I. Dyobereyner, L. Meyer, ingliz kimyogari U. Odling, amerikalik olim J. Nyulends va boshqalar).

  • Mendeleyevgacha ham kimyoviy elementlarni sistemaga solishga urinib koʻrilgan (fransuz kimyogari J. Dyuma, nemis kimyogarlari I. Dyobereyner, L. Meyer, ingliz kimyogari U. Odling, amerikalik olim J. Nyulends va boshqalar).
  • J. Nyulends 1863 yilda elementlarni atom ogʻirliklari ortib borishi tartibida ketma-ket joylashtirib, har qanday elementdan hisoblaganda sakkizinchi element birinchi elementning xossalarini, muzikadagi sakkizinchi notaga oʻxshash, maʼlum darajada takrorlashini topdi. Nyulends bu qonuniyatni „oktavalar krnuni“ deb atadi va unga asoslanib, oʻziga maʼlum elementlarni guruh (sakkizlik)larga boʻlishga urinib koʻrdi. 1864 yilda L. Meyer kimyoviy elementlarni valentliklariga qarab olti guruhga boʻldi.

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə