Fargʻona viloyati shevasi



Yüklə 18,04 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü18,04 Kb.
#141803
Rafiqova Laylo


Fargʻona viloyati shevasi
Fargʻona (1907-yilgacha — Yangi Margʻilon; 1907—1924-yillarda Skobelev, mahalliy talaffuzda — Iskobil deb atalgan. Podsho Rossiyasining Oʻrta Osiyoni bosib olishda va keyingi yillarda koʻplab qirgʻinbarotlar uyushtirgan generali M. D. Skobelev nomiga qoʻyilgan) — Fargʻona viloyatining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi, respublikaning yirik shaharlaridan biri. Fargʻona viloyati soʻz boyligi ham odamlarni oʻziga chorlaydi. “O‘zbek xalq shevalari lug‘ati”da ruh bor, hayot nafasi ufurib turadi. Lekin Izohli lug‘atdan joy tegmagan, manbalardan jamlab taqdim etilayotgan quyidagi tirik so‘zlarni yana necha yil tirsaklab, “shevasan” deya peshonasiga nuqiymiz?! Balki ularni bugun o‘z hududlarida ham tanimaydiganlar, nomini tutmaydiganlar ko‘payib borayotgandir? Biz ularga vaqtida o‘z o‘rnini, martaba va mavqeini ko‘rsatib qo‘yganimizda edi, tili kalimaga kelmaydiganlar adadi kamroq bo‘larmidi. Mana o‘sha kamsitilgan so‘zlar.– aljimoq. Montimoq (Andijon), moltimoq (Jizzax, Samarqand, Surxondaryo) – quloch otmasdan suzish. Mulgimak (Xorazm, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo) – mudramoq. “Yurgandayam mulgiydi” (Beruniy). Nozbo‘y (Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand) – rayhon. Pang (Zomin, Samarqand, Surxondaryo) – mog‘or. Samsam (Xorazm, Surxondaryo) – sergap, ezma. Ser solmoq (Jizzax, Samarqand, Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo) – kuzatmoq, e’tibor qilmoq. Sergimoq (Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax) – nami qochmoq, qurimoq. Tel (Gurlan, Surxondaryo) – dalda. Tel-tel bermoq – gij-gijlamoq (Qashqadaryo). Chaspak (Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo) – oshiq-moshiq. Chiyqonday (Toshkent, Surxondaryo) – olcha suviday. Misol: “Yuzlari chiyqonday qizil”. Chirkay (Farg‘ona, Samarqand, Surxondaryo) – chivin. Chix (Xorazm, Surxondaryo) – shudring. Shamataloq (Jizzax, Surxondaryo) – hech nima, hech narsa. Shangraymoq (Xorazm) – gerdaymoq, mag‘rurlanmoq. Shildinglamoq (Qirg‘izistonning O‘sh viloyati, Surxondaryo) – yupqa kiyinmoq.Misollarimiz dengizdan tomchi. Bu so‘zlar nafaqat viloyatlarimizda, balki mamlakatimizga chegaradosh o‘zbek tumanlarida ham birday ishlatiladi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “lang” so‘zining ikki xil ma’nosi – “cho‘loq, oqsoq” hamda “keng ochiq” ma’nolari berilgan, lekin “o‘lat” ma’nosi yo‘q. Lug‘atda “havon” so‘zi “kelisop; tiragich” deya izohlangan. Shuningdek, “pang” so‘zi “o‘zagi qurib bo‘sh bo‘lib qolgan” va “noaniq, yoqimsiz, po‘ng‘illagan” deya berilgan. Eh-he, yana qancha-qancha so‘zlarning jonli tildagi go‘zal ma’nolari ochilmasdan yotibdi.Fargʻona viloyati tuman shevalarida ham farq mavjud misol uchun-Uchkoʻprik tumani shevasini olaylik .
Uchko‘prik Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahriga yondosh tumanlaridan. Shaharga yaqin qishloqlarda Qo‘qon shevasining ta’siri seziladi. Boshqa joylarda Farg‘ona viloyatining Bag‘dod, Buvayda, O‘zbekiston, Beshariq, Furqat tumanlari lahjasiga yaqin shevada so‘zlashiladi. Quyida e’tiboringizga havola etilayotgan mo‘jaz lug‘at ko‘proq ana shu hududga xos so‘zlardan iborat. Bu hudud odamlari uquvsizlik, lanjlik, manfaatparastlik kabi illatlarni juda yomon ko‘radi, chog‘i, tanbeh ma’nosidagi so‘zlar ko‘p.

Bu so‘zlarning ayrimlari nafaqat Farg‘onada, balki boshqa viloyatlarimizda ham ishlatilishi mumkin.


Bo‘riq – makka yoki jo‘xori poyasining mol-qo‘y yeganidan so‘ng qolgan bargsiz qismi.
Yoz kunlari tandirni bo‘riq yoqib ham oqartirish mumkin.
Dimiqtirmoq – boshini suvga tiqib, suv yuttirmoq, shu yo‘l bilan qiynamoq. Aka, anavini qarang, dimiqtiraman deyapti.
Yemgish – til-jag‘li, o‘zining gapini ma’qullab turaveradigan odam.
E-e, g‘irt yemgish ekansiz-ku! Ko‘rganni eshitgan yengibdi, deb shuni aytishsa kerak-da!
Jippang‘ – to‘la, labigacha to‘ldirilgan, to‘kilay-to‘kilay deb turgan.
Paqirni jippang‘ qilib qo‘ygan ekansan, cho‘mich solgan edim, suvi to‘kildi.
Kesmaldak – bargsiz, quruq tut novdasi.
Kesmaldaklarni bostirmaning tomiga bosib qo‘ydik.
Lashim – yirik-mayda aralash, yoppasiga.
Limonni lashim besh ming so‘mdan sotdik.
Katta – boboga shunday murojaat qilinadi. “Katta ota” iborasining qisqartmasi bo‘lsa kerak. Biroq bu so‘z hozir iste’moldan chiqib ketyapti. Uning o‘rniga “opoqi”, “opoqdada”, “bobo” so‘zlari ishlatilyapti.
Kattam bir umr dehqonchilik qilib o‘tgan.
Nushqut – nishxurd, yem-xashak, o‘t qoldig‘i.
Yangiqo‘rg‘ondan olib kelgan qo‘yim juda yaxshi chiqdi, umuman nushqut chiqarmaydi.
Ozitqi – adashtirib, yo‘ldan ozdiruvchi maxluq, ajina.
“Bemahalda yurma, ozitqi ozdirib ketadi”, deb tayinladi enam.
Otaqari – kattalarning gapiga aralashib, aql beradigan bolaga nisbatan ishlatiladi.
“Tushunmagan narsangga otaqarilik qilma, bolam”, – dedi enam.
Palg‘ari – uzum navdasini yerga ko‘mib, boshqa joyga o‘tqazish. Yerga ko‘milgan qism kelajakda tomirga aylanadi va tok kuchli oziqlanadi.
Bugun o‘n tup uzumni palg‘ari qildim.
Poldir – dovdir, qo‘pol harakat bilan yon-atrofidagi narsalarni ag‘dar-to‘ntar qilib yuradigan odamga nisbatan ishlatiladi.
Buncha poldiraysan? Sendaqa poldirni ko‘rmaganman, bir chekkada turgan obdastani ag‘darib ketganing­­ni qara!
Polpis – kir-chir, o‘ziga e’tiborsiz yuradigan odam.
Polpisga o‘xshaysan-a! Kiygan kiyiming – bir ahvol, yag‘iri chiqib yotibdi!
Po‘nka – qarg‘ani shu nom bilan ham atashadi.
Hozir po‘nkalar yozda ham uchib ketmayapti.
Sumalanmoq – lapashanglik, lanjlik qilmoq. Menimcha, bu so‘z “sumalak” so‘zi bilan o‘zakdosh. Sumalak juda sekin pishadi, suyuq bo‘ladi. Odatda, lavangtabiat odamlar atalaga ham o‘xshatiladi.
Buncha sumalanasan, tezroq yursang-chi!
So‘ltamat – biror ishni eplamay, doim bo‘shashib yuradigan odam.
So‘ltamatlanma, qadamingdan o‘t chaqnasin, o‘t!
Uchelish – “T” shaklidagi uch yo‘l tutashmasi, bir tomoni berk chorraha.
Uchelishda o‘rtog‘im Umidjonni ko‘rib qoldim.
Qapishtirmoq – futbol o‘yinida to‘pni raqibga qarata qattiq zarb bilan yo‘naltirmoq. Ko‘pincha katta yoshlilar kichiklarni qapishtirib, qo‘rqitadi. Shu orqali oson aldab o‘tib, gol urishga harakat qiladi.
“Jonli devorga turmayman, qapishtiradi”, dedi u akasiga.
Qiyratmoq – sho‘xlik qilib qiynamoq.
Gulchehraning o‘g‘li juda sho‘x bo‘libdi, onasini kuni bo‘yi qiyratadi.
G‘ijirqum – ariq ostida yig‘ilib qoladigan mayda qum. Bu so‘z o‘rnida “shilqum” so‘zi ham ishlatiladi.
Sotib olsang, ortib qoladi. Bu yerni suvagani Qilovlidan g‘ijirqum olib kelsang ham yetadi.
Ho‘pitmoq – cho‘milmoq.
Xulosa shu: Hukumat rahbarligida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ni mutlaqo yangicha mezonlar asosida tuzish lozim. U haqiqiy ma’noda ona tilimizning boyligini namoyon eta olsin. Yangi lug‘at Mahmud Koshg‘ariy zamonidan bizning kunlargacha bo‘lgan davrni to‘la qamrab olishi shart. U uch manbaga – “Devonu lug‘otit-turk”, E.Fozilov tuzgan “Alisher Navoiy asarlari lug‘ati” va tamomila qayta tayyorlanadigan “O‘zbek xalq shevalari lug‘ati”ga asoslanishi kerak. Bu ulkan va murakkab ishni birgina Til va adabiyot instituti zimmasiga yuklash to‘g‘ri emas. Respublikamizda salkam o‘n mingta maktab, har bir maktabda ikki-uch nafardan ona tili va adabiyot muallimi bor. Xalq ta’limi vazirligi juda ko‘p tashabbus ko‘rsatib kelayotganini bilamiz. Vazirlik bu gal “Har bir o‘zbek maktabidagi tilchilar o‘z qishlog‘i, mahalla va ovuliga xos so‘zlarni yig‘sin” deya tashabbus bilan chiqsa. Bu tashabbusni respublikamizning deyarli har bir viloyatida ochilgan ijod maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari ham qo‘llab-quvvatlasa.
Bugungi olatasir zamonda – globallashuv dunyoni o‘rgimchak to‘riday o‘rab olgan bir davrda qudratli ma’naviy qalqon va yarog‘imiz shubhasiz, ona tilimiz bo‘ladi.
Yüklə 18,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə