Frene maktabidagi ta'lim texnologiyasi



Yüklə 0,61 Mb.
tarix14.06.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#117098
FRENE MAKTABIDAGI TA\'LIM TEXNOLOGIYASI

FRENE MAKTABIDAGI TA'LIM TEXNOLOGIYASI

Ismoilova durdona

FRENE MAKTABIDAGI TA'LIM TEXNOLOGIYASI

  • Frantsiya jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Uning ta’lim tizimlari ham qadimiy va boy tarixga ega. Bu mamlakatda «Ta’lim haqida»gi Qonun dastlab 1955 yilda qabul qilinib, 1975 yilda unga bir qator o’zgarishlar kiritildi.
  • Frantsiya davlatining hozirgi davrida amal qilayotgan «Ta’lim haqida»gi Qonuni 1989 yil 10 iyulda qabul qilingan bo’lib, uning o’zgartirilishi ta’lim strategiyasida ro’y bergan o’zgarishlar, mamlakatning ichki, tashqi siyosatidagi islohotlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlar, chet el pedagogikasidagi ilg’or tajribalarning mamlakat ta’lim tizimlariga kirib kelishi, o’quv predmetlaridagi integratsiyalar sabab bo’ldi.

FRENE MAKTABIDAGI TA'LIM TEXNOLOGIYASI

  • Frantsiyada ta’limning asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol topishini ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o’quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o’rgatish, shunga yarasha kasbkorga ega qilishdan iboratdir.
  • Mamlakatda maktablar davlat, xususiy, oraliq maktablariga bo’linadi. O’qitiladigan predmetlar ichida frantsuz tili va adabiyoti, o’qish va yozuv alohida ahamiyatga molik bo’lib, ularga ajratilgan vaqt dars «tarkib»ining 30 foizini tashkil etadi. Umuman, «tarkib»dagi 45 foiz darslar gumanitar yo’nalishda, qolganlari tabiiy fanlardir.
  • Sinflarning o’rtacha haftalik darslari 26 soatdan iborat, darslarning davomiyligi esa 60 minut, sinflardagi bolalarning o’rtacha soni 35-40 ta, o’quv yili 5 chorakka bo’linadi.

FRENE MAKTABIDAGI TA'LIM TEXNOLOGIYASI

  • Boshlang’ich sinflardagi o’qish ertalab va tushdan keyin o’tkaziladi. Ertalab o’quvchilar ona tilidan, tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar. Frantsiya maktablarida ona tili va adabiyoti hamda matematika baza predmetlari, tarix, geografiya, mehnat ta’limi, jismoniy tarbiya predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi.

Ta’lim tizimlari

  • Frantsiya ta’lim tizimining dastlabka bosqichini maktabgacha tarbiya tashkil etadi. Bu bosqichni «Onalar maktabi» deb ham yuritiladi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad, bolalarning maktabdagi sharoitini uy sharoiti bilan yaqinlashtirish, ularga oiladagidek iliq munosabatni shakllantirishdan iborat. Ular mustaqil holda ham, maktablarning boshlang’ich sinflari bazasida ham tashkil etilgan. Frantsiya ta’limida bolalarning go’daklik chog’idanoq maktabda o’qitish uchun tayyor holda olib kelish g’oyat muhim masala hisoblanadi. “Onalar maktablari” bazasida tashkil etilgan maktabgacha tarbiya shahobchalarida tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan:

kichik guruh 2 yoshdan 4 yoshgacha


o’rta guruh
4 yoshdan
5 yoshgacha
5-6 yoshlilar maktabga tayyorlov guruhi bo’lib, ularga Frantsiyada 100 foiz shu yoshdagi bolalar qamrab olingan
katta guruh
5 yoshdan
6 yoshgacha

Boshlang’ich ta’lim

  • Frantsiyada boshlang’ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo’lgan bolalar jalb qilinadilar. Boshlang’ich maktablar fuqarolarning qanday millatga, mamlakat fuqaroligiga mansub bo’lishidan qat’iy nazar, majburiy va bepuldir. Boshlang’ich maktab bosqichiga qo’yilgan asosiy talab o’quvchilarga ifodali o’qish, yozish, hisoblash malakasini berishdan iboratdir. Frantsiya ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan chet el fuqaroligiga mansub kishilarning farzandlariga ularning tabiatini, xalqi, tarixi, tili va adabiyotini o’rganish uchun fakultativ kurslar tashkil etish ham ko’zda tutilgan.

Boshlang’ich ta’lim

  • Boshlang’ich sinflarda o’qish muddati 5 yil bo’lib, shu muddat ichidagi o’qish asosan 3 bosqichga bo’linadi:
  • — Tayyorlov bosqichi – 1 yilga mo’ljallangan. Bunda bolalar hisoblashga, o’qish va yozishga, kuylashga, o’ylashga, tabiat manzaralarini tomosha qilishga va undan bahra olishga, jismoniy mashqlar bilai mashg’ul bo’lishga, maktabning turli sport tadbirlarida ishtirok etishga, musiqa, mehnat qilishga o’rgatiladilar.
  • O’quv mashg’ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha, hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik, lekin ovqatlar juda arzonlashtirilgan narxlardadir.

Navbatdagi bosqich – elementar kurs bo’lib

bu bosqich 2 yil davom etadi. Bunda o’quvchilarning tayyorlov tsiklida predmetlar bo’yicha olgan bilimlari yanada takomillashtiriladi. Tayyorlov bosqichida bir o’qituvchi ishlasa, elementar bosqichda ikki o’qituvchi (har biri 1 yildan) ishlaydi.

Boshlang’ich maktabning 3 bosqichi – chuqurlashtirish bosqichidir. Bunda o’quvchilarning tayyorlov va elementar bosqichdagi bilimlari yanada chuqurlashtiriladi.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə