Gaz kondenastining tasnifiy va tarkibiy tavsiflari



Yüklə 99,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix29.11.2023
ölçüsü99,68 Kb.
#138743
  1   2   3   4   5   6   7
gaz-kondenastining-tasnifiy-va-tarkibiy-tavsiflari



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 
ǀ
ISSUE 3 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 593
GAZ KONDENASTINING TASNIFIY VA TARKIBIY TAVSIFLARI 
 
Jamshidbek Alisherovich 
Umarov 
Buxoro muhandislik-
texnologiya instituti 
Murodillo Zoirovich 
Komilov 
Buxoro muhandislik-
texnologiya instituti 
Saidjon Abdusalimovich 
G’aybullayev 
Buxoro muhandislik-
texnologiya instituti 
 
ANNOTATSIYA 
Maqolada muayyan tavsif va tasnifli kondensatlarga misollar keltirilgan holda gaz 
kondensatining tarkibi, tasnifi va tavsiflari hamda ularning sifatiga qo’yilgan talablar 
haqida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar:
tabiiy gaz, gaz kondensati, beqaror kondensat, barqaror kondensat.
 
CLASSIFICATION AND COMPOSITE CHARACTERISTICS OF GAS 
CONDENSATE 
 
ABSTRACT 
The article discusses the composition, classification and characteristics of gas 
condensate, as well as the requirements for their quality, with examples of specific 
descriptions and classifications of condensates.
Key words:
natural gas, gas condensate, unstable condensate, stable condensate.
KIRISH 
O’zbekistonning yoqilg’i energetika sohasidagi ishlab chiqarish quvvatlarini 
chuqur modernizatsiya qilish hamda texnik va texnologik qayta jihozlash borasidagi 
islohotlari uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash negizida eksportga 
yo’naltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirish va ularning 
raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.
Dunyo miqyosida motor yoqilg’isiga va uning sifatiga bo’lgan talabning doimiy 
oshishi hamda ekologik talablarning tobora qat’iylashib borishi neftni qayta ishlash 
sxemasini ixchamlashtirish va takomillashtirishni, texnik-texnologik qayta jihozlash, 
modernizatsiyalashni taqozo qilmoqda. 
Qatlam gazini separatsiyalashda bosimning kamayishi natijasida gazdan 
ajraladigan suyuq uglevodorod fazasi kondensat sanalib, qatlam sharoitida 
kondensatning barcha komponentlari gazda erigan holda bo’ladi. 
Gazdan ajratib olingan kondensatlar tarkibidagi komponentlarga ko’ra beqaror va 
barqaror kondensatlarga bo’linadi. 

Yüklə 99,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə