O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
“Kelishildi” “Tasdiqlayman”
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Andijon davlat universiteti
vazirining birinchi o‘rinbosari rektori, prof. A.S.Yuldashev
F.Rizayev __________________________
_________________________
«_____»_____________2015 y. «_____»_____________2015 y.
5A140202 – «FIZIKA (LAZER FIZIKASI)» MUTAXASSISLIGI BO‘YICHA MAGISTRATURAGA KIRISHGA TALABGORLARNING LAYOQATINI ANIQLASH
DASTURI VA BAHOLASH MEZONI
Andijon-2015
SO‘Z BOSHI
Respublikamizda “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish va hozirgi zamon talablariga to‘la mos tushadigan malakali kadrlarni tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish borasida tinimsiz izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, 2012 yil 24 iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4456 Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 23-iyun PQ-2359 sonli “2015/2016 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to’g’risida”gi qarori, ushbu qarorni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomlarni tasdiqlash haqidagi va 2010 yil 18 iyundagi 118-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 172-son qarorlarining qabul qilinishi fikrimizning dalilidir.
Ushbu dastur yuqorida keltirilgan qarorlarning ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2015 yil 1 iyuldagi 251- buyrug‘iga muvofiq tanlangan mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlashga qaratilgan.
Talabgorning layoqatini aniqlash jarayoni quyidagi besh bosqich asosida olib borilishi maqsadga muvofiq:
Maqsad, qobiliyat va qiziqishlarini aniqlash
Bakalavriyat davomida olib borgan ishlari, tanlagan yo‘nalishi va shu yo‘nalish bo‘yicha olib borgan tadqiqot ishlarini o‘rganish
Tadqiqot metodlari haqidagi va ilmiy tafakkurini belgilash
Yo‘nalish bo‘yicha horijda va respublikada mavjud ilmiy yo‘nalishlar va muammolarni bilish darajasini aniqlash
Ilmiy tadqiqot ishlariga va ilmiy pedagogik faoliyatida AKTlardan foydalanish darajasini aniqlash
Dostları ilə paylaş: |