1-Mavzu: Fanga doir test tuzishga qo‘yiladigan talablar va ularning
turlari
Reja:
1. Baholash va ta’lim
2. Testologiya va uning asosiy tushunchalari
3. Validlik – test sifatini belgilovchi asosiy o‘lchov
4. Validlik argumentlari
Hozirgi vaqtda Vatanimizda yoshlarning bilim olishiga katta e’tibor
berilyapti. Ularning zamonaviy bilim egallashlari, yetuk ma’naviyatli inson bo‘lib
kamol topishi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom
etmoqda.
Yurt
yuksalishining
muhim
vazifasihar
tomonlama
yetuk
kadrlarniyetishitirishdan iboratdir. Hech birmamlakat o‘z ma’naviy quvvat va
imkoniyatlariga tayanmay, inson tafakkurida ma’naviy
va axloqiy qadriyatlarni
rivoj toptirmay, jamiyatning milliy ruhini uyg‘otmay turib, buyuk taraqqiyot
darajasiga ko‘tarilmagan.
Maktab o‘qituvchisining jamiyatdagi o‘rnini yuksaltirish bo‘yicha
qilinayotgan ishlar o‘z samarasini beryapti. Ta’lim tizimida zamonaviy talablar
asosida
darslar tashkil etish, o‘quvchiningtahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini
o‘stirishga mo‘ljallangan qiziqarli, rangli materiallar tayyorlash dars jarayonini
qiziqarli
qilibgina qolmay, o‘quv materialini chuqur o‘zlashtirishga ham imkon
yaratyapti.
Testologiya (pedagogik o‘lchovlar) bilim, ko‘nikma, malaka va
kompetensiyalarni baholash (o‘lchash) uchun ilmiy asoslangan,
sifat talablariga
javob beradigan o‘lchov vositalarini (testlarni) yaratish va qo‘llash haqidagi fan
sohasi sifatida pedagogika, psixologiya,
sotsiologiya, statistika singari fanlar
asosida XX asr boshlarida shakllandi. Hozirgi kunga kelib “klassik test
nazariyasi”, “zamonaviy test nazariyasi (IRT nazariyasi)” va “umumiylashtirish”
(genegalizatsiya) nazariyasi” deb ataladigan bir qancha fundamental nazariyalarni
va bu nazariyalarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olgan bu
soha xorijda shiddat bilan rivojlanmoqda, oliy ta’lim muassasalarida alohida
yo‘nalish sifatida o‘qitilmoqda, nazariy va amaliy
tadqiqotlar olib borilmoqda,
ilmiy darajalar berilmoqda.
i1
Har qanday xizmat sifati, shu jumladan, ta’lim, agar uni sifatning
o‘lchanadigan ko‘rsatkichlari orqali ifodalash mumkin bo‘lsa, boshqaruv ob’ektiga
aylanishi mumkin.
Bu ularni nazorat qilish, shuningdek, rejalashtirish,
yaxshilashning yagona yo‘li hisoblanadi.
1
Komil Jalilov “Baholash nazariyasi asoslari”