Daraxt poyasining tuzilishi
Reja:
1.
Poyaning morfologik tuzilishi.
2.
Poyaning birlamchi tuzilishi va unda tо„qimalarni joylashishi.
3.
Poyaning ikkilamchi tuzilishi va unda kambiyning faoliyati.
4.
Yog„ochlik qavatining tuzilishi.
5.
Lub qavatinig tuzilishi.
Poya novdaning asosiy o„q qismi bo„lib, yuqoriga va eniga o„sadigan
bo„g„imlardan va bo„g„im oralig„idan tashkil topgan. Bo„g„imlarning cho„zilishiga
qarab poyalar qisqargan yoki uzun bo„lishi mumkin. Ba‟zida qisqargan poyalar
faqat bitta bo„g„imdan tashkil topgan bo„lishi ham mumkin.
Poyalar asosan
silindirsimon shaklda bo„lib, unda to„qimalar radial simmetriya holatda joylashadi.
Lekin ko„pchilik o„simliklarning poyasi ko„ndalang kesimda uchburchakli, to„rt
burchakli yoki ko„pburchakli hattoki yassi qanotli bo„lishi mumkin. Poyaning
asosiy vazifasi o„tkazuvchanlik va tayanchdir, u barg hamda
ildizni bir-birlari bilan
bog„laydi. Ko„pchilik o„simliklarning poyalarida oziq moddalar to„planadi.
Epidermasining ostida xlorenxima bo„lgan yosh poyalar esa fotosintez jarayonida
qatnashadi. Daraxtsimon va o„tsimon o„simliklarning poyalari yoshlari bilan farq
qiladi. O„tsimon o„simliklarning poyalari mavsumga bog„liq holda bir yil,
kamdan
kam ikki-uch yil yashaydi. Daraxtlarning poyasi ko„p yil yashaydi. Daraxtlarning
asosiy poyasini tana deyiladi.
Ikkipallai va ochiq urug„li daraxtsimon о„simliklarning poyalar anatomik
jihatdan о„xshash.
Poyaning birlamchi yо‘g‘onlashishi.
Poyalarning anatomik tuzilishi
bajaradigan vazifasiga ko„p jihatdan bog„liq bo„ladi. Poyada o„ta
murakkab
to„qimalar tizimsi rivojlanib barcha organlarni o„zaro bog„laydi. Mexanik
to„qimalar poyaning tayanchi hisoblanadi. Poya va novda doimo o„sib yangi
organlarni hosil qilib turadi, shuning uchun ularning o„sishini “ochiq”
tizim deb
qaraladi. Poyada ham ildiz kabi meristemalar tizimi mavjud bo„lib, poyaning
bo„yiga va eniga o„sishini ta‟minlaydi. Lekin poyaning apikal meristemasidan
to„qimalar doimo ketma-ket akropetal holatda hosil bo„lmaydi va shu bilan
ildizdan farq qiladi. Bu holatni
shunday tushuntirish mumkin, poyaning apeksida
ketma-ket boshlang„ich barglar paydo bo„lib, erta bo„g„imlar shakllanadi, lekin
bo„g„im oraliqlarini rivojlanishi esa kechikadi. Ko„p vaqtda yosh bo„g„imlar
asosidagi interkalyar meristemadan hosil bo„ladigan doimiy to„qimalar va bo„g„im
oraliqlarining o„sishi ancha uzoqqa cho„ziladi. Masalan, bir pallali o„simliklarda
apikal meristema to„pgul hosil qilishga sarf bo„lib, poyani o„sishi interkalyar
meristemaga bog„liq bo„ladi. Shunday qilib poyaga murakkab meristemalar:
apikal, yon interkalyar tizimi xosdir (1-rasm).
Avvaldan ma‟lum bo„lishicha poya apeksida protoderma va prokambiy hosil
bo„lib, ulardan epiderma va o„tkazuvchi to„qimalar paydo bo„ladi. Prokambiy bilan
protoderma oralig„idagi meristema birlamchi po„stloqqa aylanib, prokambiydan
ichkaridagi asosiy meristemadan o„zak hosil bo„ladi.
Poya birlamchi