Daraxt poyasining tuzilishi



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix23.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#156109
  1   2   3   4   5   6   7
kurs ishi biologiya



Daraxt poyasining tuzilishi
Reja: 
1.
Poyaning morfologik tuzilishi. 
2.
Poyaning birlamchi tuzilishi va unda tо„qimalarni joylashishi.
3.
Poyaning ikkilamchi tuzilishi va unda kambiyning faoliyati. 
4.
Yog„ochlik qavatining tuzilishi.
5.
Lub qavatinig tuzilishi.
Poya novdaning asosiy o„q qismi bo„lib, yuqoriga va eniga o„sadigan 
bo„g„imlardan va bo„g„im oralig„idan tashkil topgan. Bo„g„imlarning cho„zilishiga 
qarab poyalar qisqargan yoki uzun bo„lishi mumkin. Ba‟zida qisqargan poyalar 
faqat bitta bo„g„imdan tashkil topgan bo„lishi ham mumkin. Poyalar asosan 
silindirsimon shaklda bo„lib, unda to„qimalar radial simmetriya holatda joylashadi. 
Lekin ko„pchilik o„simliklarning poyasi ko„ndalang kesimda uchburchakli, to„rt 
burchakli yoki ko„pburchakli hattoki yassi qanotli bo„lishi mumkin. Poyaning 
asosiy vazifasi o„tkazuvchanlik va tayanchdir, u barg hamda ildizni bir-birlari bilan 
bog„laydi. Ko„pchilik o„simliklarning poyalarida oziq moddalar to„planadi. 
Epidermasining ostida xlorenxima bo„lgan yosh poyalar esa fotosintez jarayonida 
qatnashadi. Daraxtsimon va o„tsimon o„simliklarning poyalari yoshlari bilan farq 
qiladi. O„tsimon o„simliklarning poyalari mavsumga bog„liq holda bir yil, kamdan 
kam ikki-uch yil yashaydi. Daraxtlarning poyasi ko„p yil yashaydi. Daraxtlarning 
asosiy poyasini tana deyiladi.
Ikkipallai va ochiq urug„li daraxtsimon о„simliklarning poyalar anatomik 
jihatdan о„xshash. 
Poyaning birlamchi yо‘g‘onlashishi. 
Poyalarning anatomik tuzilishi 
bajaradigan vazifasiga ko„p jihatdan bog„liq bo„ladi. Poyada o„ta murakkab 
to„qimalar tizimsi rivojlanib barcha organlarni o„zaro bog„laydi. Mexanik 
to„qimalar poyaning tayanchi hisoblanadi. Poya va novda doimo o„sib yangi 
organlarni hosil qilib turadi, shuning uchun ularning o„sishini “ochiq” tizim deb 
qaraladi. Poyada ham ildiz kabi meristemalar tizimi mavjud bo„lib, poyaning 
bo„yiga va eniga o„sishini ta‟minlaydi. Lekin poyaning apikal meristemasidan 
to„qimalar doimo ketma-ket akropetal holatda hosil bo„lmaydi va shu bilan 
ildizdan farq qiladi. Bu holatni shunday tushuntirish mumkin, poyaning apeksida 
ketma-ket boshlang„ich barglar paydo bo„lib, erta bo„g„imlar shakllanadi, lekin 
bo„g„im oraliqlarini rivojlanishi esa kechikadi. Ko„p vaqtda yosh bo„g„imlar 
asosidagi interkalyar meristemadan hosil bo„ladigan doimiy to„qimalar va bo„g„im 
oraliqlarining o„sishi ancha uzoqqa cho„ziladi. Masalan, bir pallali o„simliklarda 
apikal meristema to„pgul hosil qilishga sarf bo„lib, poyani o„sishi interkalyar 
meristemaga bog„liq bo„ladi. Shunday qilib poyaga murakkab meristemalar: 
apikal, yon interkalyar tizimi xosdir (1-rasm). 
Avvaldan ma‟lum bo„lishicha poya apeksida protoderma va prokambiy hosil 
bo„lib, ulardan epiderma va o„tkazuvchi to„qimalar paydo bo„ladi. Prokambiy bilan 
protoderma oralig„idagi meristema birlamchi po„stloqqa aylanib, prokambiydan 
ichkaridagi asosiy meristemadan o„zak hosil bo„ladi. Poya birlamchi 


meristemaning faoliyati natijasida birlamchi tuzilishga ega bo„ladi (2-rasm). 
Poyaning birlamchi tuzilishi uzoq vaqt saqlanishi mumkin, agar prokambiy ichida 
kambiy hosil bo„lsa, u vaqtda poyada kambiydan ikkilamchi to„qimalar hosil 
bo„lib, poya ikkilamchi tuzilishga o„tadi. Poya yo„g„onlashib borgan sari epiderma 
va birlamchi po„stloq hujayralari o„lib, o„rniga periderma paydo bo„ladi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə