Daraxt poyasining tuzilishi


Poyaning birlamchi yо‘g‘onlashishi



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix23.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#156109
1   2   3   4   5   6   7
kurs ishi biologiya

Poyaning birlamchi yо‘g‘onlashishi. 
Poyaning birlamchi yо„g„onlashishi 
poyaning qalinlashishida birin-ketin paydo bo„ladigan ikki fazani - birlamchi va 
ikkilamchi yо„g„onlashishi kuzatish mumkin. Bu qalinlashishlarning orasida 
chegara aniq ko„rinmaydi. Poyaning birlamchi qalinlashishi eniga o„sishi, o„sish 
konusi yaqinidagi apikal meristema hujayralarini va undan paydo bo„lgan 
to„qimalarning bo„linishi va cho„zilishi natijasida sodir bo„ladi. Keyinchalik 
kambiydan paydo bo„lgan to„qimalar hisobiga ikkilamchi qalinlashish vujudga 
keladi. Birlamchi qalinlashishda kambiy qatnashmasdan birlamchi po„stloq kuchli 
rivojlansa – bunday qalinlashishga kortikal (lot. cortex - po„stloq) qalinlashish 
deyiladi (kaktuslarda).
Agar birlamchi qalinlashishda o„zak kuchli rivojlansa medullyar (lot. 
medulla-o„zak) qalinlashish deyiladi (kartoshkada). Ba‟zida po„stloq va o„zak bir 
xilda rivojlanadi. Poyaning uzinasiga o„sishi bilan birlamchi qalinlashishi o„zgarib 
boradi. Maysalarda apikal meristema poyani hosil qilgani uchun hajmi uncha katta 
bo„lmaydi. Keyinchalik bo„g„imdan bo„g„imga o„tgan sari apeksning hajmi 
kattalasha boradi, o„sish davom etadi, birlamchi qalinlashish kuchaya boradi
natijada poyaning uchki tomoni ingichkalashib, pastki tomonidan ikkilamchi 
to„qimalar paydo bo„ladi. Birlamchi to„qimalar sezilmay qoladi, gul hosil bo„ladi - 
poyaning yuqoridagi qismida poya konus shaklida bo„ladi.
Birlamchi yо‘g‘onlashishning evolyusiyasi.
XIX – asrning 70-yillarida fan 
Mol de Barii va de Sak tadqiqotlariga ko„ra poya uch tipdagi to„qimalardan tashkil 
topgan degan fikrlar paydo bo„lgan: ular epiderma asosiy parenxima va 
o„tkazuvchi to„qimalar evolyusiya davomida poyaning tuzilishi murakkablashib 
yana bir qancha to„qimalar paydo bo„lib, turli tipdagi poyalarning tuzilishi vujudga 
kelgan. Murakkab tuzilgan poyalarni o„rganish uchun fransuz botanigi Van Tigem 
tomonidan 
Stelyar 
nazariyasi ishlab chiqilgan. Van Tigemning avvalgi 
tushunchasicha ildizning markaziy silindirini birlamchi o„tkazuvchi to„qimalarini 
peritsikl o„rab turadi deyilgan, keyinchalik bu tushunchani poyalarning tuzilishini 
o„rganishda foydalangan (3-rasm).
1) Poyaning qadimgi sodda tipi-gaplostela (yunon. gaplos - sodda) yoki 
protostel - gaplostela markazda ksilema joylashib, floema bilan o„ralgan (riniofit 
va boshqa sodda tuzilgan o„simliklar poyasida va hozirgi ba‟zi sporali yuksak 
o„simliklarda ham uchraydi). 
2) Gaplosteladan – aktinostela (yunon. aktinos – nur) ya‟ni ksilema 
ko„ndalang kesimda yulduzsimon ko„rinishda. Protoksilema nurlarning oxirida 
paydo bo„ladi (ekzarx) keyin markazga qarab intiladi (plaun, o„lgan 
qirqbo„g„imsimonlarning poyasida uchraydi). Gaplostelalardan aktinostellarning 
paydo bo„lishi sabablari: yon organlarga boradigan o„tkazuvchi naylarning paydo 
bo„lishi; aktinostelada ksilema va floemaning hajmi kengayib, atrofdagi tirik 
to„qimalar bilan aloqasi kuchayadi, o„tkazuvchanlik xususiyati oshadi. 
3) Sifonostela (yunon. sifon - nay) bu vaqtda poyada o„zak paydo bo„ladi. Poyada 
ksilema 
naylari 
o„zakdan 
uzoqlashib 
poyaning 
mustahkamligini 
ta‟minlaydi.



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə