Daraxt poyasining tuzilishi



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix23.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#156109
1   2   3   4   5   6   7
kurs ishi biologiya

Yog‘ochlikning tuzilishi.
Yog„ochlik tarkibiga: o„tkazuvchi naylar, 
traxeidlar va yog„ochlik tolalari (libroform) - dan tashqari tirik hujayralar 
yog„ochlik parenximasi, o„zak nurlari, tolasimon traxeid, ko„ndalangiga bo„lingan 
(o„rta qismidan bir nechaga) tolalar, o„rinbosuvchi tolalar kiradi (6-rasm). 
6-rasm. Qayrag‘och о‘simligi poyasining bо‘ylama-radial (A) va bо‘ylama-
tangental (B) kesmasi:
1 – nuqtali naylar, 2 – libriform, 3 – о„zak nurlari, 4 – traxid, 5 – yog„och 




Yog„ochlikning asosiy qismi o„lik hujayralar naylar, traxeidlar, tolalar 
(libroform) tashkil etadi. Bulardan tashqari tirik hujayralar ham bo„lib, ularda 
moddalar to„planadi va harakat qiladi. Bu moddalar bahorda shakarga aylanib, suv 
bilan birgalikda poyalarning yosh o„suvchi qismiga yetib boradi. Aniqlanishicha
yog„ochlikda faqat tirik elementlar bo„lgandagina suv va mineral tuzlarni o„tkaza 
olishi mumkin.
Kambiy 
hujayralari 
nursimon 
parenximasidan 
tashqari 
barcha 
yog„ochlikning elementlarini hosil qiladi (bu albbatda novdalarning kuchli o„sishi, 
yangi barglarning hosil bo„lishi bilan bog„liq). Kambiy mavsumga qarab ishlaydi. 
Bahorda yangi novdalar va barglar paydo bo„lganda kambiy jadal ishlab yirik 
diametrli yupqa po„stli suv o„tkazuvchi elementlarni hosil qiladi. Yozda 
kambiyning ishlashi susayadi, u qalin devorli ingichka naylarni (tolalar va qalin 
devorli traxeidlar) hosil qiladi. Kuzda kambiy ishini mutlaqo to„xtatadi.
Kelgusi yilgi bahorda kambiy yana kuchli ishlay boshlaydi va yangi-yangi 
yog„ochlikning elementlarini hosil qiladi. Shunday qilib yil xalqalari hosil bo„ladi. 
Birinchi yil bitta ikkinchi yilda ikkita va x.k. yil xalqalariga qarab daraxtlarning 
yoshi aniqlanadi. Lekin ko„p yomg„ir yog„adigan, harorat qish bilan yoz o„rtasida 
katta farq bo„lmaydigan mintaqalarda daraxtlarda yil xalqalari aniq ko„rinmaydi. 
Daraxtlarning yoshi bilan xalqalarning soni to„g„ri kelmaydi. Ba‟zida 
birinchi yilda bir necha xalqalar ham hosil bo„ladi, masalan: daraxtlarning barglari 
biror sababga ko„ra to„kilsa (hasharotlar ko„payib ketganda) keyin yangidan hosil 
bo„lganda kambiy yana kuchli ishlab, yangi–yangi halqalarni hosil qiladi, bu esa 
yil halqalari emas. Yil xalqalarning kengligiga o„sish sharoiti katta ta‟sir 
ko„rsatadi. 
Agar daraxt soya joyda o„ssa (archalarda) yil xalqalari tor bo„ladi, poya va 
tanasi ingichka bo„ladi. Daraxtlarning yil xalqalari kengligiga ob–havo ham ta‟sir 
etadi. Yaxshi ob-havo yili daraxtlar yaxshi o„sib yil xalqalari keng bo„ladi va 
teskarisi. Daraxtlarning yil xalqalarning keng va torligiga qarab o„tgan - oldingi 
yillardagi ob–havoni ham aniqlash mumkin.
Daraxtlarning yoshi ulg„aygan sari tirik qisimlarning o„lib borishi 
yog„ochlikning morfologik o„zgarishiga va ba‟zi moddalarning hosil bo„lishiga 
olib boradi. Ko„p daraxtlarda tillalar – (yunon. tilos - xalta) tillalar – tirik 
parenxima hujayralarning o„sishidan hosil bo„ladi. Tillalar o„tkazuvchi naylar 
ichiga poralar orqali kirib (naylar atrofidagi parenximaning o„sishi tushiniladi) 
naylarning ichini to„sib qo„yadi va suv o„tishiga to„sqinlik qiladi. Ko„p vaqtlarda 
tillalarning devorlari kuchli qalinlashib ichida smola va oshlovchi moddalar hosil 
bo„ladi va daraxtlarning zamburug„lar bilan zararlanishidan va yemirilishidan 
saqlaydi. Tillalar jamg„aruvchanlik vazifasini ham bajaradi.
Kambiy tevaragidagi yog„ochlikni yosh elementlarini zabolon – o„zak 
tevaragi - yog„ochlikning tashqi qavati deyiladi. Undan ichkarida joylashgan 
yog„ochlik kam suv saqlaydi, hattoki suv o„tkazishda umuman qatnashmasligi ham 
mumkin. Agar bu yog„ochlik zabolondan ko„p farq qilmasa yetilgan yog„ochlik 
deyiladi (nok, archa). Ba‟zi daraxtlarning markazidagi yadrosi zabolondan ko„p 
farq qilib to„q rangda bo„ladi (eman, shumtol, qarag„ay). Bunda yadroga tonin - 


smola kabi moddalar ko„p to„planadi. Bunday yog„ochlikni yadroli yog„ochlik 
deyiladi. 
Daraxtlarning evolyusiyasi shuni ko„rsatadiki sporali va ochiq urug„li 
o„simliklarning suv o„tkazadigan naylari faqat traxeidlardan tashkil topgan 
(qarag„ay). Ko„ndalang kesimda traxeidlar to„g„ri qatorlar hosil qilib joylashadi, 
har bir qator bitta kambiy hujayrasidan paydo bо„ladi. Avval hosil bо„lgan 
traxeidlaning pо„sti yupqa bо„lib, devorlarida hoshiyali poralar aniq kо„rinadi. Bu 
traxeidlar suv о„tkazish vazifasini bajaradi. Yog„ochlikdan keyin hosil bо„lgan 
traxeidlarning diametri kichkina devorlari qalin bо„lib, mexanik vazifani bajaradi.
Yil halqalarini chegarasi bir–biridan aniq kо„rinadi. Traxeidlar qatori 
orasidan radial nurlar о„tadi. Radial nurlar yog„ochlikdan kambiy orqali pо„stloqqa 
qadar chо„ziladi. Yog„ochlik nurlari ikki tipdagi hujayralardan iborat. Nurlarning 
yuqorigi va pastgi yaruslaridagi hujayralar о„lik bо„lib, radial chо„zilgan, hujayra 
devorida mayda hoshiyali poralar joylashgan. Bu hujayralarni traxeid nurlari deb 
ataladi. Bularning vazifasi radial tomonga suv о„tkazishdir. О„rta yarusdagi 
hujayralar tirik bо„lib, unda protoplastlar va jamg„arma oziq moddalar yaxshi 
kо„rinib turadi va yon tomonlarga harakatda bо„ladi.
Qarag„ay yog„ochligida bulardan tashqari ichki qismi smola bilan tо„lgan 
vertikal va gorizontal smola yо„llari ham mavjud. Daraxt yaralanganda smola 
tashqariga oqib chiqib yarani bekitadi. 
Yopiq urug„li о„simliklarni yog„ochliklari uchun xos xususiyat ularda 
naylarning bо„lishidir. Lekin yopiq urug„li о„simliklarning orasida naylar 
uchramaydigan turlar ham mavjud. Shuning uchun yopiq urug„li о„simliklarni ikki 
guruhga bо„lish mumkin: 
1) ikkilamchi naysiz о„simliklar, ya‟ni avlodlarning yog„ochligida naylari 
bо„lib, evolyusiya natijasida yashash sharoitiga moslashib, naylarni yо„qotgan 
(suvda yashovchi о„simliklar parazitlar); 
2) birlamchi naysiz о„simliklar ya‟ni avlodlarida hech qachon naylar 
bо„lmagan, (nepentus - kuvacha, suvda yashaydigan hasharothо„r о„simlik) hozirgi 
vaqtda 5 ta oila, 10 ta turkumga mansub о„simliklar (drimis, bubbiya, 
ekzospemum, zigoginum, belliolum, psevdovintera, amborella, sarkandra, 
tetratsentron, troxodendron) yog„ochligi gomoksilyar (yunon. gomo – bir xil, 
ksilom - yog„ochlik) tipida bо„lib, yog„ochligi bir xil traxeidlardan tashkil topgan 
va ninabargli о„simliklar yog„ochligiga nisbatan soddaroq tuzilgan. 
Yog„ochlik 
tuzilishning 
evolyusiyasini 
traxeidlar 
va 
naylarning 
xususiyatlarigagina qarab emas, balki yog„ochlik tolalarining, vertikal va nurli 
parenximalarning tuzilishiga ham qarab kuzatilgan. Umuman aytganda, yopiq 
urug„li о„simliklarning yog„ochligi ochiq urug„li о„simliklarning yog„ochligiga 
nisbatan turli-tuman va murakkabroq tuzilgandir. Kuzatishlarning kо„rsatishicha 
barg hosil qiladigan yopiq urug„li о„simliklarning poyalaridan suv ochiq urug„li 
о„simliklarning poyalariga nisbatan tezroq kо„tariladi demak, yog„ochlik 
tuzilishning evolyusiyasi yopiq urug„lilarning tez va yaxshi rivojlanishiga keng 
maydonlarni egallashga sabab bо„lgan omillarning biridir. Bu tо„qima ikki 
tizimdagi - vertikal va gorizontal (radial) elementlardan tashkil topgan (7-rasm). 


 Vertikal joylashgan tizimga yо„ldosh hujayralar bilan birgalikda elaksimon 
naylar, vertikal joylashgan lub parenximasi va lub tolalari kiradi. Gorizontal 
elementlariga esa lub nurlari kiradi. Bulardan tashqari ajratuvchi tо„qimalar ham 
uchrashi mumkin. 
Lub tolalari kо„pincha qattiq lub deb nomlanib qavatlar hosil qilib 
joylashadi, ularning oralig„ida tirik hujayralardan iborat bо„lgan yumshoq lub 
guruhlari joylashadi. Yumshoq lub tarkibiga – yо„ldosh hujayralari bilan birgalikda 
elaksimon naylar va lub parenximasi kiradi. 
Ikkilamchi lubga ikki xil sharoit kuchli ta‟sir kо„rsatadi. 
1) Yog„ochlik kuchli о„sish natijasida pо„stloqni markazdan chetga suradi, 
bu vaqtda hujayralarning shaklini о„zgarishi ikki yо„nalishda boradi: a) aylana 
bо„ylab chо„ziladi (tangental); b) radial tomondan siqiladi. 
2) Ikkilamchi lubning qatnashishi natijasida pо„stloqning ustki tomonida 
ikkilamchi va uchlamchi himoya qiladigan tо„qimalar hosil bо„ladi (8-расм). 
Radial tomonga siqilgan lub juda tez plastik moddalarni о„tkazish 
xususiyatini yо„qotadi. Elaksimon elementlar ezilib о„ladi. Faqat ba‟zi bir 
daraxtlarda (juka) bir necha yil о„lmasdan о„tkazuvchanlik xususiyatini davom 
ettiradi. Shunday qilib pо„stloqda moddalarning vertikal о„tkazuvchi qismi juda oz 
bо„lib faqat 1 mm ni tashkil etadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə