Ekologiya va gigiyena



Yüklə 403,92 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü403,92 Kb.
#151493
Ekologiya 1-mavzu


Toshkent farmasevtika insituti Sanoat farmatsiyasi fakulteti 103A guruh talabasi Toxirova Munisaning "Ekologiya va gigiyena"modulining Ekologiya bo'limidan bajargan mustaqil ishi
Mavzu:Moslashuv samaradorligi.
Kasalliklarning ekologik jihatlari.
REJA:
  • Moslanish
  • Moslanish turlari
  • Kasallikning ekologik jihatlari

Moslanish bu – organizmlarning ichki va tashqi tuzilishi,
organlar funksiyasi, xulq-atvori va hayot tarzining muayyan yashash muhiti sharoitiga mos kelishidir.
Moslanish asosan uch xil ko’rinishda bo’ladi.
1.Morfologik moslashish: Organizmlar tana, gavda tuzilishi {shakli} moslashishi masalan. Gidrobiontlar tanasining suv qarshiligini engishiga moslashish va hokazo.
2.Fiziologik moslashish: Organlar funkstiyasini moslashishi masalan. Cho’lda yashovchi hayvonlarda suvga bo’lgan tanqislikni qondirish uchun yog’larning biokimyobiy oksidlanishidan foydalanish.
3.Xulqiy-etologik moslashish: Xatti-harakat , xulqi moslashishi masalan. Tashqi muhit bilan hayvon tanasi o’rtasida normal issiq almashinuvi uchun uya qurish, qulay haroratli joyni izlab topish, qushlar, sut emizuvchilar va hokazolarning mavsumiy ko’chishi.
Morfologik moslanishlar. Tashqi muhit omillari ta’siri natijasida orga nizm lar tana tuzilishida shu muhitga mos xususiyatlar paydo bo‘ladi. Masalan, qushlarda tana shakli havo muhitida, baliqlarning tana shakli suv muhitida yashashga yordam beradi. Hayvonlardagi morfologik moslanishlarga himoya rangi, maskirovka, mimikriya, ogohlantiruvchi rang, chalg‘ituvchi rang misol bo‘ladi.Himoya rangi. Ko‘pchilik hollarda hayvonlarning tashqi rangi o‘zi yashayotgan muhit rangiga mos bo‘lgani uchun ko‘zga kam tashlanadi .
Odatda cho‘lda yashaydigan toshbaqa, kaltakesak, ilonlar qum rangida,
shimoliy o‘lka hayvonlari – ayiq, kuropatka, tulkilar oq rangda, kvaksha, beshik tervatar, ninachilar yashil barglar orasida yashagani, karam kapalagi qurti uning barglari bilan oziqlangani sababli yashil rangda bo‘ladi.
Fiziologik moslanishlar hayvonlarda ozuqa tarkibiga ko’ra ovqat hazm qilish sistemasida fermentlarning ma’lum turlarini uchrashi yoki cho’lda yashovchi hayvonlarning suvga bo’lgan talabini qondirish uchun yog’larning biokimyoviy oksidlanishdan foydalanishi kabilar kiradi. O’simliklarda kuzatiladigan fotosintez jarayoni ham, boshqa biokimyoviy jarayonlar atmosferadagi gazlar tarkibiga bog’liqdir.
Etologik adaptasiya. Yashayotgan tashqi muhit omillaridan kelib chiqqan holda organizmlarning xulq atvori shakllanadi. Etologik moslanish aktiv, passiv va noqulay sharoitdan qochish ko’rinishlaridan sodir bo’ladi.
Xulqiy yoki etologik moslashishlar hayvonlar uchun xos bo’lib, turli shakllarda namoyon bo’ladi. Masalan, tashqi muhit bilan hayvon tanasi o’rtasida normal issiq almashinuvi uchun uya qurish (boshpana topish), qulay haroratli joyni izlab topish, shuningdek, qushlar va sut emizuvchilarda sutkalik va mavsumiy ko’chib yurishlari ma’lum. Hayvonlar faqat harorat omiliga xulqiy tomondan moslashib qolmay, baoki namlik, yorug’lik va boshqa ko’pchilik ekologik omillarga ham moslashadi. Xulqiy moslanishlar yirtqichlarning o’ljani izidan yurish, kuzatish kabilarda hamda o’ljaning javob reaktsiyalarida ko’rinadi.
Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta’sir etishining umumiy qonuniyatlari.
Muhitning ayni bir faktori har xil organizmlar uchun turlicha ta’sir etadi va ahamiyatga ega. Masalan: Suv pardasining sirt tortishish kuchi suvdagi mayda qisqichbaqalar {dafniya, stiklonlar } uchun xavfli, chunki ular bu kuchga bardosh bera olmaydi, chunki ular suv sathiga yopishib qoladi. Suv qandalalari esa bemalol so’zib yuraveradi.
Har qaysi faktorning organizmga ta’sir etish darajasi uning dozasi (normasi) ga bog’liq. Faktorning yashash mumkin bo’lgan minimal va maksimal ahamiyati organizmning chidamlilik chegarasini belgilaydi. Har bir turning turli faktorlarga o’ziga xos chidamlilik chegarasi bor.
Faktorning organizmga eng qulay ta’sir etadigan chegarasi OPTIMUM zona deyiladi.
Optimum faktorning ko’payishi yoki kamayishi o’zgarganda individlarning hayot faoliyati o’zgaradi, yomonlashadi.Eng ko’p ta’sirida organizmlar nobud bo’ladi. Bu esa pessimum deyiladi.
Organizmlarning optimum va pessimum zona orasidagi chegarasi muhit faktoriga ekologik valentligi deb ataladi.
Agar faktorlardan loaqal bittasining miqdor qiymati chidamlilik chegarasidan tashqarisiga chiqsa, qolgan sharoit har qancha qo’lay bo’lgani bilan tur yashay olmaydi.
Maksimum va minimum chegarasidan chiqadigan bunday faktorlar cheklovchi faktorlar deyiladi.M:Shimolda issiq etishmasligi, odatda ko’pgina hayvonlarni tarqalishini cheklaydi yoki dengiz suvining o’ta sho’rligi amfibiyalarning tarqalishini chegaralaydi.
E'tiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 403,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə