Daraxt poyasining tuzilishi


FT  F  KL  2-rasm. Poyaning birlamchi tuzilishi



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix23.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#156109
1   2   3   4   5   6   7
kurs ishi biologiya

 
FT 

KL 
2-rasm. Poyaning birlamchi tuzilishi:
A - poyaning kо„ndalang kesigi, B – О„tkazuvchi bog„lam. Shartli belgilar: INK – ikkilamchi nay 
ksilmasi, D – druz, YOT – yog„ochlashgan tolalar, K – kambiy, KL –kollenxima, KN – kraxmal 
saqlovchi nov, MK – metaksilema, PK - protoksilema, PP – pо„stloq parenximasi, F – floema, FT –
floema tolasi, E – epiderma, О„ – о„zak, О„B – о„tkazuvchi bog„lam. 
А 

К 
INK 
MK 
PK 
YOT 
KN 

PP 
О„B 

О„ 
100 mkm 
1-rasm. Poyaning uchki qismi:
A - 1-4 – tunika (bu yerda о„sish konusi joylashgan), 2 va 5 – qobiqni hosil qiluvchi 
meristema, 3 – epiderma, 6 – prokambiy, 7-kurtak g„uddasi, 8 – о„sayotgan barg; B – tok 
о„simligi poyasining uchki qismi: 1 – apeks, 2 – barg, 3 – qо„ltiq kurtagi, 4 – bо„lajak 
mо„ylab, 5 – bо„g„im, 6 – bо„g„im oralig„i, 7 – prokambiy, 8 – asosiy meristema, 9 –о„zak. 
А 



 
 
Poyada birlamchi to‘qimalarning joylanishi. 
Birlamchi tuzilishga ega 
bo„lgan poyada markaziy silindir va birlamchi po„stloq mavjud bo„lib, ildizdan 
birlamchi po„stloqni ustki tomonidan og„izchalarga ega bo„lgan, epiderma bilan 
qoplanishidan farq qiladi. Poyada to„qimalarning joylanishi turlicha bo„ladi (55-
rasm). Birlamchi po„stloq tarkibiga: xlorenxima, mexanik to„qima, parenxima, 
ajratuvchi to„qima va boshqa bir qancha to„qimalar kirishi mumkin. Xlorenxima 
fotosintezga qulay bo„lishi uchun epiderma tagida joylashib, kollenxima yoki 
sklerenxima bilan navbatlashib kelishi mumkin (1-2-rasmlar).
Poyaning markaziy silindri ancha murakkab tuzilishga ega. Birlamchi 
o‘tkazuvchi to‘qimalar
, o„tkazuvchi naylar boylamini hosil qiladi. Boylamlar 
parenxima bilan bir – birlaridan ajralib turadi. Birlamchi ksilema o„zak yaqinida
birlamchi floema esa ksilemadan tashqarida po„stloq yaqinida joylashadi. Ba‟zida 
poyada ichki floyema ham paydo bo„lib, ksilema bilan o„zak oralig„ida joylashadi. 
Ichki floema boylam tarkibiga ham kirishi (qovoq poyasi) yoki ayrim boylam hosil 
qilishi ham mumkin, ba‟zida tutash xalqa hosil qilishi mumkin. Ba‟zi o„simliklarda 
tashqi floemaning o„tkazuvchi elementlari bilan po„stloq oralig„ida tolalar paydo 
bo„ladi. Tolalar tutash halqa tarzida yoki guruh-guruh bo„lib boylamlar yaqinida 
shakllanadi va tolali nay to„dalaridan tashkil topgan boylam deyiladi. Tolalar 
birlamchi floemalardan paydo bo„ladi.
O„tkazuvchi to„qimalardan ichkarida parenxima hujayralaridan tashkil 
topgan o„zak yotadi. Ba‟zida o„zak hujayralarida oziqa moddalar to„planadi yoki 
hujayralar oralig„ida ideoblastlar joylashgan bo„lib tanin, shilimshiq va boshqa 
moddalarni saqlaydi, ba‟zida havo bo„shliqlari paydo bo„ladi. Barglarning 
o„tkazuvchi to„qimalari poyalarga o„tib davom etadi. Novdaning umumiy 
o„tkazuvchi to„qimalar tizimi apeksida – metamerlar (barg, bo„g„im, kurtak) 
shakllangan vaqtidan boshlab paydo bo„ladi. Rivojlanayotgan bargning prokambiy 
boylamlari poya bo„g„imi orqali o„tib, markaziy silindirdagi boylamlar bilan 
qo„shiladi va sintetik boylamlarni hosil qiladi. Bo„g„imlarning anatomik tuzilishini 
turlicha bo„lishi barglardagi prokambiy bog„lamlar soniga va bo„g„imda ularning 
qo„shilishiga bog„liq bo„ladi. Poyada markaziy silindriga kirgan barcha barglarning 
boylamlari barg izlari deb ataladi. Barg izlarini uzunligi barg asosidan poyaga 
kirgangacha bo„lgan masofa bilan o„lchanadi. Ba‟zida barg izlari tez poyaga kiradi, 
ba‟zida bir necha bo„g„imlargacha tushib keyin o„tkazuvchi to„qimalari bilan 
birlashadi. Barg izlari 1-2-3 yoki ko„p boylamli bo„lishi mumkin.
Boylamlar poya o„qiga, bo„g„im parenximasi orqali kiradi va barg lakuni 
deb ataladi. Lakunlarni soniga qarab bo„g„imdagi barg izlari 1-2-3 va boshqa 
lakunli bo„lishi mumkin. Barg va poyalardagi o„tkazuvchi to„qimalarning o„zaro 
aloqasi bir qancha sabablarga bog„liq: barglarning poyada joylashishiga; 
barglarning katta kichikligiga; tomirlanish tiplariga bog„liq va nodal anatomiyasi 
deb ataladi. Nodal anatomiya o„simliklarning oila turkumi uchun mustahkam belgi 
bo„lib o„zaro qarindoshliklarini aniqlashga yordam beradi. O„tkazuvchi naylar 
(birlamchi floema) – barg izlari poyaning yuqori qismida halqa shaklida 
joylashadi. Sintetik boylamlarda kambiy jadal ishlaydi.



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə