Daraxt poyasining tuzilishi


-rasm. Stelalar (о‘zaklar) evolyusiyasi



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix23.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#156109
1   2   3   4   5   6   7
kurs ishi biologiya

3-rasm. Stelalar (о‘zaklar) evolyusiyasi:
1 – gaplostel, 2 – aktinostel, 3 – ildiz steli, 4 – sifonostela, 5 –diktiostela, 6 – 
eustela, 7 – ataktostela. 


O„zakning parenximadan tashkil topganligi poyaning moddalar to„plash 
xususyatini 
yengillashtiradi. 
Keyinchalik 
poyaning 
evolyusiyasi 
natijasida 
murakkablasha borishi, yirik barg va yon novdalarning rivojlanishi va yirik 
parenximadan tashkil topgan lakunlarning paydo bo„lishi bilan bog„liq, natijada 
o„zakdan po„stloqqa radial markazdagi to„qimalarni bo„laklarga bo„lgan keng 
yo„llar – birlamchi o„zak nurlari paydo bo„ladi.
4) Shu tariqa diktiostela (yunon. diktion - to„r) va 5) Eustela (gr. eu - yaxshi, 
haqiqiy) tuzilishlariga ega bo„lgan poyalar paydo bo„ladi. Eustela - urug„li 
o„simliklarga xos bo„lib – endarx rivojlanadigan ksilemaga ega bo„lgan ochiq 
kollateral boylamlarni hosil qiladi. 
6) Poya evolyusiyasining oxirida ataktostela (yunon. a – teskari, taktos – tartib 
bilan joylashish) tuzilishiga ega bo„lgan poyalar paydo bo„lib, bir pallali 
o„simlikka xosdir. Bu tip eustildan kambiy to„qimasini yo„qligi bilan farq qiladi. 
Boylamlar murakkab joylashadi, ba‟zi boylamlar – barg izlari avval markazga 
qarab qiyshayib, so„ngra tashqariga qarab yo„naladi. Shuning uchun poyaning 
barcha yuzasida boylamlar mavjud bo„ladi. Ildiz asosan gaplosteldan paydo 
bo„lgan bo„lib tuzilishi tuproqdan oziqlanishiga moslashgan.
Poyaning ikkilamchi yо‘g‘onlashishi.
Prokambiy poya bo„ylab joylashgan 
ingichka meristema hujayralardan tashkil topgan. U boshqa parenxima 
hujayralardan o„zini shakli va bo„linishi bilan farq qiladi. Prokambiydan birlamchi 
o„tkazuvchi naylar paydo bo„ladi. Shuning uchun prokambiy joylashgan qatorda 
keyinroq o„tkazuvchi naylar hosil bo„lishi aniq ko„rinadi. Agar prokambiy tutash 
xalqa hosil qilib joylashsa, undan birlamchi floema va ksilemaning xalqasi hosil 
bo„ladi, agar boylam holatda joylashsa undan birlamchi o„tkazuvchi naylar 
boylami paydo bo„ladi. Prokambiy asosan boshlang„ich barg asosida hosil bo„ladi 
va ikki yo„nalishda rivojlanadi yuqoriga akropetal bargning uchki qismiga va 
pastga poyaga qarab bazipetal avval paydo bo„lgan yosh boylamlar tamon. 
Birlamchi ksilema va floemalarning ham rivojlanishi shu tartibda boradi. Avval 
floema keyinchalik ksilema naylari hosil bo„ladi. Prokambiy hujayralari 
bo„linayotgan vaqtidan boshlab o„tkazuvchi to„qimalar hosil bo„la boshlaydi. 
Birinchi floema elementlari prokambiydan o„tkazuvchi boylamlarning tashqi 
tomonida, birlamchi po„stloqqa yaqin joyda paydo bo„ladi. Demak, floema 
ekzarxno paydo bo„lib markazga intilib rivojlanadi. Birinchi paydo bo„lgan floema 
elementlarini protofloema deyiladi va u uzoq yashamaydi, so„ngra uzoqroq 
saqlanadigan metafloema elementlari paydo bo„ladi. Devorlari xalqasimon va 
spiralsimon qalinlashgan protoksilema elementlari prokambiydan boylamining 
ichki tomonda o„zak atrofida paydo bo„ladi. So„ngra undan tashqi tomonda 
metaksilema paydo bo„ladi. Demak, metaksilema endarxno paydo bo„lib, 
markazdan qochib po„stloq tomon rivojlanadi. Prokambiy hujayralari birlamchi 
o„tkazuvchi naylarni hosil qilishga sarf bo„lsa, yopiq kambiysiz boylam hosil 
bo„ladi masalan: bir urug„ pallali o„simliklar poyalarida. Agar birlamchi ksilema 
bilan birlamchi floema oralig„ida prokambiy qoldig„idan kambiy hosil bo„lsa, unda 
ochiq boylam shakllanadi va kambiydan yangi-yangi ikkilamchi o„tkazuvchi 
to„qimalar paydo bo„ladi (4-rasm). 



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə