|
Egalik va kelishik shakllari uslubiyati
|
səhifə | 1/3 | tarix | 26.04.2023 | ölçüsü | 21,36 Kb. | | #107001 |
| Egalik va kelishik shakllari uslubiyati
Egalik va kelishik shakllari uslubiyati
O’zbek tilida egalik va kelishik qo’shimchalari boshlang’ich sinfdan boshlab o’rganiladi.
Otlarni boshqa so’zlarga tobelantirib bog’lash uchun xizmat qiladigan shakllar ularning munosabat shakllari hisoblanadi. Bularga otlarning egalik, kelishik shakllari, bog’lamalar kiradi. Otlarning egalik va kelishik shakllarini olib o’zgarishi turlanish deyiladi.
Otlarning uch shaxsdan biriga qarashli ekanligini bildiruvchi qo’shimchalarga egalik qo’shimchalari deyiladi.
Egalik qo’shimchasini olgan ot, albatta, o’zidan oldingi otning qaratqich kelishigida kelishini talab qiladi.
Unli bilan tugagan otlarga –m,-ng,-si,-miz,-ngiz,-i egalik qo’shimchalari qo’shiladi.Undosh bilan tugagan otlarga –im, -ing,-i,-imiz, -ingiz, -iegalikqo’shimchalariqo’shiladi.
Bir shaxsga mansub bo’lgan egalik qo’shimchalari birlik va ko’plikni ifodalash bo’yicha o’zaro farqlanadi.
Shaxs-son Birlik Ko’plik
1-shaxs bolam,uyim bolamiz, uyimiz
2-shaxs bolang, uying bolangiz, uyingiz
3-shaxs bolasi, uyibolalari, uylari
Bundan tashqari, egalik qo’shimchasining ko’pligi (-miz) bilan –lar orqali ifodalangan ko’plik orasidagi farq ham ochilishi zarur.Egalik qo’shimchasi o’sha predmetning ko’pligini emas, balki uni qaratuvchi shaxsning sonini, ko’pligini anglatadi. Masalan: maktabimiz-maktablarimiz.
Egalik qo’shimchalarini o’rganishda fonetika bo’limida o’tilgan jarangli va jarangsiz undosh tovushlar, bo’g’in va uning turlari, urg’u haqida berilgan ma’lumotlarni o’quvchiga eslatib o’tmoq zarur.
K va q undoshlari bilan tugagan ko’p bo’g’inli so’zlarga, shuningdek, bek,yo’q kabi ayrim bir bo’g’inli so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda, k undoshi g undoshiga, q undoshi g’ undoshiga aylanadi va shunday yoziladi: tilak-tilaging, yurak-yuragim, tayoq-tayog’i kabi. Lekin ko’p bo’g’inli o’zlashma so’zlarda, bir bo’g’inli ko’pchilik so’zlarga egalik qo’shimchalari qo’shilganda, k, q tovushi aslicha aytiladi va yoziladi: ishtirok-ishtiroki, huquq- huquqi, nok-noki, yuq-yuqi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|