International Conference on Developments in Education
Hosted from Toronto, Canada
https
:
econferencezone.org
April 15
th
-16
th
2022
1
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA CHET TILINI
O‘RGATISH VA HOZIRDA CHET TILIGA BO‘LGAN E’TIBOR
Ganiyeva X
.
JDPI o’qituvchi
Mamarahimova M.
JDPI talabasi
Annotatsiya:
Chet tilini ahamiyati va chet tilini o‘rganishdagi yangi pedagogik metodlar turlari va uni
darsda qo‘llash usullari hamda metodlardan samarali foydalanishning amaliy ahamiyat xususida so‘z
yuritiladi. Shuningdek ularni qo‘llash usullari.
Kalit so‘z:
Til o‘rganishga bo‘lgan talab, o‘yin faoliyati, ingliz tili, samara, ta’lim, o‘quvchi , chet tili AKT
Bizga ma’lumki qadimdan chet tillarini o‘rganishga talab katta bo‘lib kelmoqda. Xususan bugungi
kunda ham muhtaram prezidentimiz SH.Mirziyoyev tomonidan 2021-yilning may oyida Vazirlar
Mahkamasi huzurida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligiga asos solgan bo‘lib,
bu idora
zimmasiga ta’limning barcha bosqichlarida o‘qitish usullarini tadbiq etish, samarali dastur va darsliklar
ishlab chiqarish vazifasi yuklatilgan. Ushbu sa’y-harakatlar doirasida hukumat O‘zbekiston
fuqarolari va
umuman raqobatdoshligini oshirish ko‘tilayotgan 10 ta tilni tanlab olgan. Ulardan eng asosiy urg‘u ingliz
tiliga qaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 10-dekabr kuni qabul qilingan qaroriga
binoan, 2013-o‘quv yilidan boshlab maktablarda ingliz tilini 1-sinfdan boshlab o‘rgatish joriy qilindi.
O‘zbekistonda ingliz tilini metodikasi va dasturlarini ishlab chiqish va qo‘llanmalarini
yaratishda AQSH,
Angliyada mutaxassislar va Ta’lim vazirliklariga yaqindan ko‘mak beradi. Masalan, AQSH Markaziy Osiyo
davlatlari uchun “Hududiy ingliz tili markazi” (Regional English Language Office) tashkil etgan. Idora
regiondagi ingliz tili o‘qituvchilar malakasini oshirish uchun muntazam ravishda treyning va seminarlar
tashkil etgan.
Hozirda maktablar qatorida ham maktabgacha ta’limda ham ingliz tilini o‘rgatish
tobora rivojlanib
bormoqda. Maktabgacha va Boshlang‘ich ta’limdagi bolalar uchun bu balki murakkab hisoblanishi mumkin.
Ammo taraqqiyotimiz rivojlanib borgan sari raqobat kuchayib bormoqda. Albatta raqobat bor joyda
rivojlanish bo‘lgani kabi bu maktabgacha bo‘lgan ta’limda ham ko‘plab iqtidorli talabalar yetishib
chiqmoqda. Bu yo‘l ish bo‘yicha o‘qiyotgan talabalarga prezidentimiz tomonidan ham juda ko‘plab
imkoniyatlar berilmoqda. Bu borada bolalarga chet tilini o‘rgatish uchun ham o‘z metodlari bor. Masalan,
avvalam bor darsda bolalarni diqqatini bitta joyga ya’ni darsga qaratib olish kerak. 3-4 yoshdagi bolalarning
hissiyotlari yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Ya’ni qo‘rquv, jahl, qayg‘urish ularning
yuzidan juda yaqqol
ko‘rnadi. Ular boshqa bolalar bilan urushib qolishi, nimagadir totishib qolishi va boshqa biriga
qayg‘urishlari mumkin. 5-6 yoshdagi bolalar esa o‘z harakatlarida hissiyotlarni bevosita namoyon etishdan
o‘zini tuta olishi yoki oliy hissiyotlariga asoslanib harakat qilishi mumkin. Shu asosda har bir bolaga bir xil
tarzda dars o‘ta bilish kerak. Darslarni xursandlichik va o‘yinlar tarzida olib
borsa yosh bolalarda til
o‘rganishga bo‘lgan qiziqish uyg‘onadi va vazifalarni ham vaqtida qilishga va darslarda faol qatnashishga
harakat qiladi. Maktabgacha bo‘lgan bolalarning xotiralari o‘zlarining faoliyatlari uchun qandaydir
ahamiyatga ega bo‘lgan, ularda kuchli taassurot qoldirgan va ularni qiziqtirgan nasralarni beixtiyor eslarida
saqlab qoladilar. Ya’ni bog‘cha yoshdagi bolalarga dars o‘tishning o‘z metodikasi bor. Bu yoshdagi bolalar
ko‘rgan va eshitgan narsalarini juda tez yod olishishadi. Shu yo‘l natijasida bolalarga ingliz tiliga oid
qiziqarli videolar, ashulalar, musobaqalar, o‘yinlar orqali darslarni qiziqarli o‘tqazish o‘qituvchining asosiy
vazifasi hisoblanadi. Ularga musobaqalarda g‘olib bo‘lgan bolalarga har xil sovg‘alar
bilan taqdirlansa,
boshqa bolalar ham shu bolaga tanqid qilish orqali ham o‘rganib boradi. Har bir darslarda bolalarga ingliz
tiliga oid qisqa janrdagi qiziqarli va kulguli bo‘lgan multfilmlar yoki video rolliklar qo‘yilsa ulardagi
obrazlarning ish harakatlari orqali ham bolalar ularni mazmunini tushunishga harakat qila boshlashadi.
Asosan, bolalar darslarda zerikib qolmasligi kerak bo‘ladi, chunki bola zerika boshlasa undagi til
o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi kamayib boradi va u o‘rganishni xohlamay qoladi.
Dars jarayonida ham har xil
o‘yin va musobaqalar ham tashkillashtirish kerak. Masalan, ingliz tilining harflarini yod olishda, ingliz tilida