O'SIMLIK HUJAYRASINING TUZILISHI
Hujayra hayotning tuzilma va funksional birligidir. Hujayra (grekcha-
cytos yoki lotincha-cellula) so'zini birinchi bor Robert Guk 1665
yilda
qo'llagan. Biologiya fanining asosiy yutuqlaridan bo'lgan
hujayra nazariyasi
1839 y. M.Shleyden va T.Shvann tomonidan yaratilgan (1-rasm).
1-Rasm.
Elektron mikroskopda kuzatilgan o'simlik
hujayrasining
umumiy ultratuzilishi (N.Grin, U.Stauta, D.Teylor, 1990).
1-o'rta plastinka, 2-qo’shni hujayra qobig'i, 3-sitoplazma bo'ylab erkin
joylashgan ribosomalar, 4-g'adir-budur endoplazmatik retakulum, 5-endo-
plazmatik retakulum bilan bog'langan ribosomalar, 6-xloroplastlar, 7-
xloroplast qobig'i (ikkita membrana), 8-granlar, 9-mitoxondriya, 10-Golji
apparati,
11-hujayra
shirasi,
12-tonoplast,
13-vakuola,
14-Golji
pufakchalari, 15-mikrofilamentlar (hujayra bo'ylab tarqalgan), 16-
miktronaychalar (ko'pchilik hollarda hujayra atrofida joylashgan bo'ladi),
17-sitoplazm,18-plazmatik membrana, 19-silliq endoplazmatik retikulum, 20-
euxromatin, 21-geteroxromatin, 22-xromatin, 23-yadrocha, 24-yadro
g'ovagi, 25-yadro qobig'i (ikkita membrana), 26-yadro, 27-hujayra qobig'i,
28-plazmodesmalar
.
O`simlik hujayralari turli ko`rinishlarda bo`lishi mumkin (2-rasm).
2-rasm.
O'simlik
hujayrasining
formalari
(N.S.Kiseleva,
N.V.Sheluxina, 1969):
A-parenximatik: 1-sharsimon, 2-silindrsimon, 3-
kubsimon, 4-tabletkasimon, 5-yulduzchasimon: B-prozenximatik.
Tabiatdagi organizmlar hujayra tuzulishiga
nisbatan ikki gruppaga
bo'linadi: