|
Strreplsh I mavzu: Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognozlashtirish
|
səhifə | 1/17 | tarix | 16.03.2023 | ölçüsü | 151,27 Kb. | | #102687 |
| Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
«Biznes va innovatsion menejment»
kafedrasi
«Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash» fanidan
K U R S I SH I
Mavzu:
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognozlashtirish
Bajardi: ___kurs ________________guruh
«______________________________________________» yoʻnalishi talabasi
______________________________________________________________________
Tekshirdi: __________________________________
Qarshi-2023
MILLIY IQTISODIYOT, UNING TARKIBIY TUZILISHI VA MAKROIQTISODIY KO’RSATKICHLARI
Reja:
Milliy iqtisodiyotning mazmun mohiyati;
Miliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzulmalari;
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va YAIM ni hisoblash usullari;
Iqtisodiyotimizni rivojlantirishda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning tutgan o’rni;
Rivojlangan mamlakatlarning milliy iqtisodiyoti
Xulosa va takliflar. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Mustaqillik yillarida O’zbеkiston iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni muntazam chuqurlashtirdi. Natijada asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning barqaror o’sishi kuzatildi va mamlakat tashqi bozordagi mavqеini mustahkamladi. Bu kabi tadbirlar milliy iqtisodiyotning rivojlanishinni talab etadi. Ammo fan sig’imi yuqori bo’lgan sohalar va milliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish sanoatning qayta ishlashning tеxnik va tеxnologik rivojlanishi bilan bеvosita bog’liqdir. Bunda innovatsiya va innovatsion tеxnologiyalarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O’zR Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidеk, “Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‘zsiz isbotlab bermoqdaki, rivojlanishga erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin”1.
Dostları ilə paylaş: |
|
|