Mavzu: ovqat hazm qilish tizimi



Yüklə 469,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü469,39 Kb.
#143504
  1   2
4-ma\'ruza



4-ma’ruza 
MAVZU: OVQAT HAZM QILISH TIZIMI.
Reja: 
1. Baliqlarning og’iz tuzilishi. 
2.Baliqlarning jag’larining tuzilishi. 
3. Halqum, oshqozon, ichaklar tuzilishi. 
4. Jigar, o’t pufagining tuzilishi va vazifalari. 
Tayanch so’z va iboralar: 
og’iz, jag’, tish, ostki og’iz, ustki og’iz, old og’iz, 
halqum, oshqozon, ichak, anal teshigi,
Baliqlarning ovqat tutadigan birdan bir a’zosi og’zidir. Ularning yemishi turli-
tuman bo’lganidan og’iz va tishlarining tuzilishi ham har xil. Tish baliqlarda o’ljani 
tutish, maydalash, uzib olish kabi vazifalarni bajaradi, yemishi qandayligiga qarab 
ba’zi baliqlarning faqat jag’laridagina emas, balki til, tanglay va halqumida ham 
tishlari bo’ladi. Masalan, karpsimonlarning tishi jag’ida emas, balki ko’rinishi 
o’zgargan oxirgi jabra yoyiga o’rnashgan. Bu tishlar qattiq yemishlarni, hatto 
molluskalarning kosalarini ham maydalay oladi. 
Og’izning o’rnashgan joyi va tuzilishi baliqning yemishiga va uni qanday 
tutishiga bog’liq. Parrik kabi yemishni pastdan tutib yeydigan va og’iz 
bo’shlig’ining ostiga o’rnashgan baliqlar og’zi 
ostki og’iz 
deb ataladi (akulalar, 
lappakbaliqlar bundan mustasno, chunki ularning og’zi boshining ostida bo’lishi 
ovqatlanish xarakteriga bog’liq emas, balki ustki jag’ining tepasidagi cho’zinchoq 
qazg’ich burniga - rostrumga bog’liq). Zog’orabaliq, olabug’ a kabilar ro’parasidan 
chiqqan ovqatni tutib yeyishi sababli og’zi boshining oldiga o’rnashgan bo’ladi. 
Bunday baliqlarning og’zi 
old og’iz 
deb ataladi. Tarashabaliq, munajjimbaliq, 
qizilqanot kabi yemishini tepadan tutib yeydigan baliqlarning og’zi yuqoriga 
qaragan bo’lgani sababli 
tepa og’iz 
deb ataladi. 
Qanday ovqatlanishiga qarab baliqlarning pastki, ustki jag’lari va lablarining 
tuzilishi ham turlicha bo’ladi. Ba’zi laqqasimon baliqlarning og’zi chambarak 
shaklda bo’lib, suvdagi biron narsaga yopishib olishga moslashgan. Boshqa baliqlar, 
chunonchi, labbaliqning qalin labi ovqat tutish, tosh va o’simliklarga yopishib 


qolgan suvo’tlarni qirib olish vazifasini bajaradi. Cho’rtan kabi yirtqich baliqlarning 
og’zi esa ovqatni tutib olishga moslashgan. Shuning uchun ham ularning og’zi katta, 
jag’larida, dimog’, tanglay suyaklarida yirik va o’tkir tishlari bor, jabra panjaralari 
(tichinkalari) ham qisqa. 
Dengiz ninasi, oqcha kabi baliqlarning og’izlari so’ruvchan bo’ladi, shuning 
uchun ularning og’zi nay shaklida tuzilgan, tishlari yo’q. So’ruvchan og’izli baliqlar 
suv ostidagi umurtqasiz jonivorlar bilan ovqatlanadi. Savatbaliq, lappakbaliq 
kabilarning og’zi tumshuqqa o’xshash, tishlari lavha shakl bo’lib, molluska va 
marjon kabi jonivorlarning toshdek qattiq kosalarini g’ajib, maydalashga yaxshi 
moslashgan. Seldlar va ba’zi karpsimonlar kabi planktonxo’r baliqlarning og’izlari 
katta, lekin tortiluvchan emas, tishlari mayda, uzun va yaxshi rivojlangan yoki 
butunlay bo’lmaydi, jabra panjaralari filtr vazifasini bajaradi. 
Oq amur, xramulya, tog’ayog’iz ‘simlikxo’r baliqlarning og’zi boshining ostiga 
o’rnashgan, ko’pincha tishlari bo’lmaydi, pastki labi xuddi pichoqdek o’tkir, goho 
usti shox modda bilan qoplangan bo’ladi. Baliqlar og’zining bu asosiy shakllaridan 
tashqari yana bir qancha oraliq shakllari yoki hayot kechirish tarziga qarab 
boshqacha tuzilganlari ham uchraydi. 

Yüklə 469,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə