Mavzu: ovqat hazm qilish tizimi



Yüklə 469,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix11.12.2023
ölçüsü469,39 Kb.
#143504
1   2
4-ma\'ruza

Hazm qilish sistemasi. 
Baliqlarning hazm qilish organlari og’iz bo’shlig’i, 
halqum, qizilo’ngach va ichakdan iborat. Ko’pchilik baliqlarning jag’larida bir 
necha qator tishlar joylashgan. Baliqlar tishlari yordamida o’ljasini tutadi va ushlab 
turadi. Yutilgan oziq halqum va qizilo’ngach orqali oshqozonga tushadi. Zog’ora va 
ayrim boshqa baliqlarning tishlari bo’lmaydi; oshqozoni yaxshi rivojlanmagan. Ular 
yutgan oziq bevosita ichakka tushadi. Zog’ora baliq mayda umurtqasizlar, tuban suv 
o’tlari, yashil o’simliklarning yosh novdalari va barglari bilan oziqlanadi. 


1 – jabra; 2 – suzgich pufagi; 3 – muskullar; 4 – umurtqa pog’onasi; 5 – og’iz 
teshigi; 6 – jigar; 7 – o’t pufagi; 8 – oshqozon; 9 – ichak; 10 – taloq; 11 – orqa 
chiqaruv teshigi; 12 – qovuq; 13 – buyrak; 14 – bosh miya; 15 – orqa miya; 16 – 
tuxumdon; 17 – jinsiy teshik; 18 – siydik chiqarish teshigi; 19 – yurak 
Ovqat hazm qilish sistemasi. 
Zog’orabaliq yirtqich baliq hisoblanadi. U har 
xil suv hayvonlari, shu jumladan, boshqa tur

Baliqning skelet shakli. Orqa suzgich 
qanoti skeleti Bosh suyagi Jabra qopqog’i Yelka kamari Ko’krak suzgich qanoti 
skeleti Qovurg’alar Anal suzgich skeleti Dum suzgich qanoti skeleti Umurtqasi 
Ko’krak umurtqalari baliqlar bilan oziqlanadi. Zog’orabaliq o’ljasini ushlab, 
jag’lardagi o’tkir tishlari bilan tishlab oladi.
Ovqat yutilgandan keyin halqum va qizil o’ngachi orqali oshqozoniga boradi. 
Zog’orabaliq o’ljasini butunligicha yutadi. Shuning uchun uning oshqozoni 
cho’ziluvchan bo’ladi. Oshqozoni devoridagi juda mayda bezlar oshqozon shirasini 
ajratib chiqaradi. Bu shira ta’sirida ovqat hazm bo’la boshlaydi. Qisman o’zgargan 
ovqat keyin ingichka ichakka o’tadi.
Bu yerda unga oshqozonosti bezining ovqat hazm qilish shirasi va jigardan 
keladigan o’t suyuqligi ta’sir etadi. O’t suyuqligi zaxirasi o’t pufagida to’planadi. 
Oziq moddalar ichak devorlari orqali qonga o’tadi, hazm bo’lmagan qismi esa orqa 
ichakka o’tib, orqa teshigi orqali chiqarib tashlanadi. 
Oziq oshqozon devori bezlari ishlab chiqargan shira ta’sirida hazm bo’la 
boshlaydi. Chala hazm bo’lgan oziq ingichka ichakka tushadi. Bu yerda oziqqa 
1
9


oshqozonosti bezi shirasi va jigar ajratib chiqaradigan o’t suyuqligi ta’sir qiladi. 
Hazm bo’lgan oziq ichak devori orqali qonga so’riladi. 
UYGA VAZIFA UChUN SAVOLLAR. 
1. Baliqlar og’izining tuzilishi haqida ma’lumot bering? 
2.Baliqlarning jag’larining tuzilishi qanday? 
3. Halqum baliqlarda qanday vazifalarni bajaradi? 
4. Baliqlarning oshqozoni tuzilishini aytib bering? 
5. Baliqlarda ichaklar qanday vazifani bajaradi va tuzilishini tushuntirib 
bering? 
6. Jigar va o’t pufagining tuzilishi va vazifalarini aytib bering? 

Yüklə 469,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə