43
g‘amxo‘rlik qilishi lozim. Murabbiy shaxsiyatida
ushbu sifatlarning
namoyon bo‘lishi ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini belgilab
beradi.
Har tomonlama rivojlantirish tamoyili
murabbiyni har
tomonlama
rivojlangan
sportchi
shaxsiyatini
shakllantirishga
yo‘naltiradi. Sport faoliyati ma’naviy, aqliy, mehnat,
estetik va boshqa
turdagi tarbiya bilan chambarchas bog‘liq.
Mashg‘ulotning turli bosqichlarida oldinga qo‘yilgan maqsadlarga
erishish, qiyinchiliklarni yengib o‘tishga intilish ma’naviy tajriba, iroda
sifatlari, mustaqil fikrlash,
mehnat qilish, sport g‘alabalari va
mag‘lubiyatlariga matonatli bo‘lishni shakllantiradi.
Milliy
kurash
bo‘yicha
o‘quv-mashg‘ulotlarning
sog‘lomlashtiruvchi yo‘nalishi sport mahoratining bir tomonga o‘sishi
va sog‘liq, jismoniy rivojlanganlik, shug‘ullanuvchilarning tayanch-
harakat
apparati, yurak-qon tomiri, nafas olish hamda asab tizimini
mustahkamlash orqali ifodalanadi.
Ushbu tamoyilga amal qilmaslik,
ayniqsa, boshlang‘ich sport tayyorgarligi bosqichlarida, o‘smir
kurashchilarda muntazam, ba’zi hollarda
esa surunkali kasallanishga
olib keladi va ommaviy razryadli sportchilarning kurash bilan
shug‘ullanmay qo‘yishlarining asosiy sababi hisoblanadi.
Amaliy yo‘nalishi.
Milliy kurash katta amaliy ahamiyatga ega.
Ushbu tamoyilning amaliy namoyon qilinishi shuni nazarda tutadiki,
kurashchi kutilmagan vaziyatlarda harakat qila olishi lozim.
Katta
yoshdagi sportchilar o‘zlarini hamda yaqinlarini himoya qila olishlari
zarur.
Kurash bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlarning muvaffaqiyatli olib
borilishi ushbu jarayonning asosiy pedagogik (didaktik)
tamoyillariga
muvofiqligi bilan aniqlanadi.
O‘quv-mashg‘ulot samaradorligi quyidagi didaktik tamoyillarga
asoslanadi:
1. O‘qitishning ilmiylik tamoyili.
2. O‘qitishning yengillik tamoyili.
3. O‘qitishning muntazamlilik tamoyili.
4. O‘qitishning onglilik va faollik tamoyili.