Har tomonlama rivojlantirish tamoyili



Yüklə 234,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix28.11.2023
ölçüsü234,2 Kb.
#135894
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kurash turalri-43-65



43 
g‘amxo‘rlik qilishi lozim. Murabbiy shaxsiyatida ushbu sifatlarning 
namoyon bo‘lishi ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini belgilab 
beradi. 
Har tomonlama rivojlantirish tamoyili
murabbiyni har 
tomonlama 
rivojlangan 
sportchi 
shaxsiyatini 
shakllantirishga 
yo‘naltiradi. Sport faoliyati ma’naviy, aqliy, mehnat, estetik va boshqa 
turdagi tarbiya bilan chambarchas bog‘liq. 
Mashg‘ulotning turli bosqichlarida oldinga qo‘yilgan maqsadlarga 
erishish, qiyinchiliklarni yengib o‘tishga intilish ma’naviy tajriba, iroda 
sifatlari, mustaqil fikrlash, mehnat qilish, sport g‘alabalari va 
mag‘lubiyatlariga matonatli bo‘lishni shakllantiradi. 
Milliy 
kurash 
bo‘yicha 
o‘quv-mashg‘ulotlarning 
sog‘lomlashtiruvchi yo‘nalishi sport mahoratining bir tomonga o‘sishi 
va sog‘liq, jismoniy rivojlanganlik, shug‘ullanuvchilarning tayanch-
harakat apparati, yurak-qon tomiri, nafas olish hamda asab tizimini 
mustahkamlash orqali ifodalanadi. Ushbu tamoyilga amal qilmaslik
ayniqsa, boshlang‘ich sport tayyorgarligi bosqichlarida, o‘smir 
kurashchilarda muntazam, ba’zi hollarda esa surunkali kasallanishga 
olib keladi va ommaviy razryadli sportchilarning kurash bilan 
shug‘ullanmay qo‘yishlarining asosiy sababi hisoblanadi. 
Amaliy yo‘nalishi.
Milliy kurash katta amaliy ahamiyatga ega. 
Ushbu tamoyilning amaliy namoyon qilinishi shuni nazarda tutadiki, 
kurashchi kutilmagan vaziyatlarda harakat qila olishi lozim. Katta 
yoshdagi sportchilar o‘zlarini hamda yaqinlarini himoya qila olishlari 
zarur. 
Kurash bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlarning muvaffaqiyatli olib 
borilishi ushbu jarayonning asosiy pedagogik (didaktik) tamoyillariga 
muvofiqligi bilan aniqlanadi. 
O‘quv-mashg‘ulot samaradorligi quyidagi didaktik tamoyillarga 
asoslanadi: 
1. O‘qitishning ilmiylik tamoyili. 
2. O‘qitishning yengillik tamoyili. 
3. O‘qitishning muntazamlilik tamoyili. 
4. O‘qitishning onglilik va faollik tamoyili. 


44 
5. O‘qitishning ko‘rgazmalilik tamoyili. 
6. O‘quv materialini puxta o‘zlashtirish tamoyili. 
7. Jamoali o‘qitish va o‘quvchiga individual yondashish birligi 
tamoyili. 
8. O‘qitishning amaliyot bilan bog‘liqligi tamoyili. 
9. O‘qitish jarayonida o‘qituvchining yetakchilik ahamiyati. 

Yüklə 234,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə