Har tomonlama rivojlantirish tamoyili



Yüklə 234,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix28.11.2023
ölçüsü234,2 Kb.
#135894
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
kurash turalri-43-65

Musobaqa mashqlari
mavjud musobaqa qoidalariga muvofiq 
sport ixtisosligi vositasi hisoblangan harakatlar majmuasini bajarishni 
nazarda tutadi. Milliy kurashda ularga nazorat va musobaqa 
bellashuvlari kiradi. 
Nazorat bellashuvi musobaqa sharoitlariga yaqinlashtirilgan 
sharoitlarda raqiblarning o‘zaro to‘liq qarshilik ko‘rsatishi bilan 
o‘tkaziladi. 
Uning maqsadi – kurashchining mashqlanganlik darajasi, uning 
musobaqalarda ishtirok etishga bo‘lgan tayyorgarligini belgilash, 
kurashchining u yoki bu texnik-taktik harakatlarni egallab olganlik 
darajasini aniqlashdir. Nazorat bellashuvi musobaqa qoidalariga mos 


57 
bo‘lgan formula bo‘yicha o‘tkaziladi, uni to‘xtatish va qandaydir 
tushuntirishlar bilan birga olib borish mumkin emas. Xatolar bellashuv 
tugagandan so‘ng tahlil qilinadi. 
Musobaqa bellashuvi musobaqa qoidalariga muvofiq holda 
o‘tkaziladi. Uning maqsadi – o‘z vazn toifasida eng kuchli kurashchini 
aniqlashdir. Musobaqa bellashuvida kurashchi tayyorgarligining hamma 
tomonlarini 
keyingi 
takomillashtirilishi 
amalga 
oshiriladi. 
Bu 
bellashuvlar o‘zining ruhiy shiddatiga ko‘ra kurashchi musobaqalarda 
o‘tkazadigan bellashuvlarga yaqinlashtirilishi mumkin. 
3.4. Milliy kurash mashg‘uloti uslublari 
Sport mashg‘uloti jarayonida 2-bobda ochib berilgan hamma 
harakatlarga o‘rgatish uslublari qo‘llaniladi. Biroq mashg‘ulot 
jarayonining asosiy vazifasi yuqori sport natijalariga erishishdan iborat 
ekan, uni hal etish uchun asosan kurashchining funksional 
imkoniyatlarini oshirish hamda jismoniy sifatlarini rivojlantirishga 
qaratilgan uslublardan foydalaniladi. 
Qat’iy 
tartiblashtirilgan 
mashqlar 
uslublari
tizimi 
mashg‘ulotning asosiy uslubiy to‘plamini tashkil etadi. Harakatlarga 
o‘rgatish – butun va bo‘laklangan uslublardir
4

O‘rganilayotgan 
harakatlarni 
takomillashtirishda 
harakatlar 
tuzilmasini buzmagan holda jismoniy sifatlarning rivojlanishini 
rag‘batlantrishga yordam beradigan qo‘shimcha yuklamalar sharoitlarida 
harakatlarning butunligicha bajarilishi bilan tavsiyalanadigan uslublar, 
ya’ni mashqlarni birgalikda bajarish uslubi yetakchi o‘rinni egallaydi. 
Masalan, tashlashlarni takomillashtirish paytida og‘irroq vazndagi raqib 
tanlanadi, bunda tashlashni bajarish texnikasi xatolarsiz aniq amalga 
oshirilishi lozim. Bu tezkorlik – kuch sifatlarini tashlash texnikasini 
yaxshilash bilan birgalikda rivojlantirishga yordam beradi. 

Yüklə 234,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə