Har tomonlama rivojlantirish tamoyili


Milliy kurash mashg‘uloti maqsadi va vazifalari



Yüklə 234,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix28.11.2023
ölçüsü234,2 Kb.
#135894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kurash turalri-43-65

 
3.2. Milliy kurash mashg‘uloti maqsadi va vazifalari 
Milliy kurash mashg‘uloti – bu yuqori sport natijalariga erishishga 
qaratilgan 
sport 
takomillashuvining 
yil 
davomida 
muntazam 
boshqariladigan pedagogik jarayonidir. 
Milliy kurash mashg‘ulotining maqsadi bu – mazkur sportchi 
uchun mumkin qadar maksimal darajada texnik-taktik, jismoniy va ruhiy 
tayyorgarlikka erishish hamda musobaqa faoliyatida yuqori natijalarni 
ko‘rsatishdir. 
Mashg‘ulot 
jarayonida 
hal 
qilinadigan 
asosiy 
vazifalar 
quyidagilardan iborat: 
- kurash texnikasi va taktikasini puxta egallash; 
-zarur darajada harakat sifatlarining rivojlanishini ta’minlash, 
shug‘ullanuvchilar funksional imkoniyatlarini oshirish va ularning 
sog‘ligini mustahkamlash; 
- axloqiy
 
va iroda sifatlarini tarbiyalash;
 
- sportchi tayyorgarligining turli tomonlarini rivojlantirish va uni 
musobaqa faoliyatida namoyon qilish;
 
-muvaffaqiyatli mashg‘ulot va musobaqa faoliyati uchun zarur 
bo‘lgan nazariy bilimlar hamda amaliy tajribani egallash.
 
Mashg‘ulot vazifalari birgalikda amalga oshiriladi. Biroq 
tayyorgarlik davri va bosqichlari, kurashchining mashqlanganligi, uning 
mahorat darajasi hamda boshqa omillarga qarab, bitta vazifaga ko‘proq, 
boshqasiga kamroq e’tibor beriladi. Mashg‘ulotning har bir vazifalari 
ketma-ket, ya’ni shug‘ullanuvchilarga bo‘lgan talablarning asta-sekin 
oshib borishi sharoitlarida hal qilinadi. 


54 
3.3. Milliy kurash mashg‘uloti vositalari 
Milliy kurashdagi sport mashg‘uloti vositalari bu – tabiatning 
tabiiy kuchlari, gigiyenik omillar, maxsus bilimlar va turli xildagi 
jismoniy mashqlar bo‘lib, ular to‘rtta guruhga bo‘lingan: umumiy 
tayyorgarlik, yordamchi, maxsus tayyorgarlik va musobaqa. 

Yüklə 234,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə