Har tomonlama rivojlantirish tamoyili


Milliy kurashda mustahkamlash va keyingi takomillashtirish



Yüklə 234,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix28.11.2023
ölçüsü234,2 Kb.
#135894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kurash turalri-43-65

 
2.4.3. Milliy kurashda mustahkamlash va keyingi takomillashtirish
bosqichi 
 
Kurashchining texnik-taktik harakatlarini mustahkamlash va 
keyingi takomillashtirish bosqichida o‘qitishning asosiy vazifasi, ya’ni 
harakat ko‘nikmasini shakllantirish va musobaqa bellashuvlarida egallab 
olingan kurash usullarini qo‘llay olish malakasini hosil qilish vazifasi 
hal etilishi lozim. Buning uchun ushbu bosqichning quyidagi xususiy 
vazifalarini bajarish zarur: 
- shug‘ullanuvchilarni egallangan texnik harakatlarni turli 
sharoitlarda usullar bilan birga qo‘shib bajarishga o‘rgatish; 
- kurashchini o‘rganilgan harakatni har xil tayyorgarlikka 
(jismoniy, texnik, taktik va h.k.) ega bo‘lgan raqiblar bilan bajarishga 
o‘rgatish; 
- shug‘ullanuvchilarning alohida xususiyatlariga muvofiq va 
ularning jismoniy tayyorgarligi oshishini hisobga olgan holda 


48 
o‘rganilgan texnik harakatlarni yangi elementlar (taktik tayyorgarlik 
usullari, ushlab olishlar, yakunlovchi fazalar) bilan boyitish; 
- musobaqa bellashuvlarida o‘rganilgan texnik harakatning yetarli 
darajada barqarorligi va variantliligi, ishonchliligi va tejamliligini 
ta’minlash. 
 
2.5. Milliy kurash darslarini (mashg‘ulotlarini) o‘tkazish uslubiyati 
Darsni o‘tkazish uslubiyatida mashg‘ulotning asosiy formasi 
sifatida darsning tuzilishini, vazifasi va dars qismlarining mazmunini 
hamda uni amalga oshirishning uch vazifasini – darsga tayyorgarlik, uni 
o‘tkazish va yakunlash vazifalarini yaxshi tushunish muhimdir. 
Darsning tuzilishi.
Darsning tuzilish mazmuni o‘quvchilar 
kontingentini va ularning ishchanlik qobiliyatini hisobga olgan holda 
vaqtdan maqsadga muvofiq foydalanishiga asoslanadi. 
Darsning tuzilishi deganda, muayyan tartibda, ancha maqsadga 
muvofiq izchillikda joylashtirilgan darsning o‘zaro bog‘langan qismlari 
tushuniladi. Dars tuzilishida o‘qituvchi-murabbiy xatti-harakatlarining 
izchilligi, o‘zaro bog‘liqligi bayon qilinadi va ochib beriladi, 
shuningdek, shug‘ullanuvchilar bajaradigan hamma ishlar aytib o‘tiladi. 
Dars vazifalarining muvaffaqiyatli hal etilishi darsda o‘qituvchi 
bilan 
o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning to‘g‘ri 
qo‘yilishiga bog‘liq. O‘qishning birinchi yili o‘quv-mashg‘ulot darslari 
90-100 minut, ikkinchi yili 100-120 minut, uchinchi yili 120-150 minut 
davom etadi. 
O‘quv-mashg‘ulot va tarbiya vazifalarini hal etishda darsning uch 
qismli tuzilishdan foydalaniladi. Bu shug‘ullanuvchilar organizmining 
ishga normal kirishini, asosiy yuklamalarning bajarilishi va nisbatan 
tinchlanishini ta’minlaydi. Shunday qilib, dars tuzilishi quyidagi 3 
qismdan tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi qismlardan tashkil topgan. 
Dars ish rejasi har bir dars uchun tuzilgan reja yoki grafik reja 
asosida o‘tkaziladi. Darsning vazifasi va mazmuni shug‘ullanuvchilar 
kontingenti, 
ularning 
soni, 
sharoitlar, 
tayyorgarlik 
davri 
va 
qo‘llaniladigan uslublariga qarab tuziladi.


49 
Darsning tayyorgarlik qismi 25-40 minut vaqtni egallaydi. Bu 
vaqtda darsning asosiy qismi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
Vazifalar: 
1. Boshlang‘ich tashkiliy ishlar, shug‘ullanuvchilar e’tiborini 
qozonish, ularni dars vazifalari bilan tanishtirish va mashg‘ulotga ijobiy 
yo‘nalish berish. 
2. Harakat apparatini va organizmning barcha tizimlarini asta-sekin 
oshirilgan yuklamalarga funksional jihatdan tayyorlash, organizmni 
qizitish va asosiy ishga tayyorlash. 
3. Qulay emotsional holatni vujudga keltirish. 
Vositalar: bajarish texnikasi shug‘ullanuvchilar o‘zlashtirib olgan 
yoki tez o‘zlashtiriladigan yengil mashqlar: signal, belgilar bo‘yicha 
turli xilda sarflanish va qayta saflanish. Turli xilda yurish, yugurish, 
umumiy tayyorgarlik va maxsus xarakterdagi gimnastika mashqlari. 
Kuchlilik, egiluvchanlik, cho‘zilish va mushaklarni bo‘shashtirish 
mashqlari, harakatlar sofligiga oid mashqlar, yuklamalarni asta-sekin 
oshira borib, eng oddiy sakrash, umbaloq oshish mashqlari, shuningdek, 
oson harakatli o‘yinlar va yakkama-yakka olishish elementlari bo‘lgan 
mashqlar. 
Darsning asosiy qismi 60-100 minut davom etadi. Bu vaqt ichida 
ta’lim-tarbiya berish, sog‘lomlashtirish vazifalari, kurash sohasidagi 
umumiy va maxsus vazifalar hal etiladi. 
Vazifalar: 
1. Harakat apparatini va organizmning barcha tizimlari har 
tomonlama rivojlantirish hamda mehnat va sport faoliyatida zarur 
bo‘lgan jismoniy sifatlarni tarbiyalash. 
2. Kurash texnikasi va taktikasini o‘rgatish hamda uni 
shug‘ullanuvchilarning 
jismoniy 
rivojlanganlik 
va 
funksional 
tayyorgarlik darajasini oshirish bilan qo‘shib olib borgan holda 
takomillashtirish. 
3. Shug‘ullanuvchilarni harakat faoliyati, kurash sohasidagi 
bilimlar “Alpomish” va “Barchinoy” testlariga doir hayotiy muhim 
bo‘lgan amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish. 


50 
Asosiy vositalar. Buyumlarsiz va buyumlar, koptok, tayoq, gantel, 
espander va boshqalar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi, 
tayyorlovchi va maxsus mashqlar. Asosiy mashqlar – kurashdagi taktik-
texnik harakatlar, yunon-rim va erkin kurash, sambo dzyudo kurashi 
elementlaridan foydalanish. Yengil atletika, gimnastika, suzish, sport 
o‘yinlari va hokazo. 
Milliy kurash darslarining asosiy qismida, uning boshqa 
qismlaridagi kabi sport tayyorgarligiga doir maxsus vazifalarni bajarish 
bilan birga psixologik tayyorgarlik, axloqiy va estetik tarbiya vazifalari 
ham hal etiladi. 
Darsning yakunlovchi qismiga 5-10 minut ajratiladi, dars esa 
organizmni nisbatan tinch holatga keltirish bilan yakunlanadi. 
Vazifalar: 
1. Organizm faoliyatini tinchlantirish va ishlab turgan mushaklarni 
ortiqcha zo‘riqishini pasaytirish. 
2. Emotsional holatni tartibga solish, mashg‘ulotni yakunlash 
ishlarini qisqacha tahlil qilish va baholash, uyga vazifa berish va hokazo. 
Birinchi faza – darsga tayyorlanish sharoitlarga muvofiq ravishda 
mashg‘ulotning 
puxta 
o‘ylangan reja-konspekt tuzish, zalni, 
maydonchani, 
jihozlar, 
tulum 
va 
hokazolarni 
tayyorlash, 
shug‘ullanuvchilar kontengenti soni, tayyorgarligi, vazn toifalari va 
hokazolarni hisobga olish. 
Dars rejasida yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan guruh rahbarlari, 
hakamlar, razryadli kurashchilar, axborotchilar va hokazolarning 
mavjudligini hisobga olish muhimdir. 
Ikkinchi faza – darsni o‘tkazish hisobiga darsni o‘z vaqtida 
boshlash va shug‘ullanuvchilarni aniq uyushtirish, mushg‘ulot 
mavzusini qisqacha bayon qilish, xususiy vazifalarni va bolalarning 
mustaqil faoliyati uchun beriladigan topshiriqlarni tushuntirish. 
Bularning hammasi umumiy va shaxsiy uslubiy ko‘rsatmalar berish 
kerakligini va kamchiliklarni qanday yo‘qotish zarurligini aytish, xatti-
harakatlarni baholash bilan qo‘shib olib boriladi. Bu esa darsning 
muvaffaqiyatli o‘tishga yordam beradi va bunday dars o‘quvchilarning 
ijodiy mustaqilligini oshiradi. 


51 
Uchinchi faza – darsni yakunlash – darsning yakunlovchi qismida 
o‘qituvchi o‘zi uchun ham, o‘quvchilar uchun ham yakun chiqaradi. 
Bayon qilingan mavzuni tahlil qiladi va kelgusi mashg‘ulotlarni 
belgilaydi. Buning uchun u dars rejasida mavzuni qanday 
o‘zlashtirilganligini, yuklama o‘quvchilarga qanday ta’sir etganligini, 
qanday yangi uslub yoki usullardan foydalanilganligini, tarbiya, 
mustaqil ishlar, uy vazifalari va hokazolarda nimaga e’tibor berish 
kerakligini qayd qiladi. 

Yüklə 234,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə