Har tomonlama rivojlantirish tamoyili


Milliy kurashda o‘qitish bosqichlari



Yüklə 234,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix28.11.2023
ölçüsü234,2 Kb.
#135894
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kurash turalri-43-65

 
2.4. Milliy kurashda o‘qitish bosqichlari 
 
Harakatga o‘rgatish jarayoni ma’lum bir vaqt davomida amalga 
oshiriladi. Bunday vaqt davri shartli uchta bosqichga bo‘lingan: 
dastlabki o‘rganish, qismlarga bo‘lib o‘rganish, mustahkamlash va 
keyingi takomillashtirish. 
 
2.4.1. Milliy kurashda dastlabki o‘rganish bosqichi 
 
Dastlabki o‘rganish bosqichida eng asosiy vazifa o‘quvchilarda 
Milliy kurashning o‘rganilayotgan harakatini to‘g‘ri bajarish uchun 
zarur bo‘lgan tasavvurlarni yaratishdan iborat. Ushbu bosqichning 
xususiyatlari quyidagilar: vaqt va makonda harakatlarning yetarli 
darajada aniq bo‘lmasligi; mushak kuchlanishlarining noaniqligi; 
ortiqcha harakatlarning mavjudligi; kurash texnik harakatlarini 
bajarishda fazalar yaxlitligining buzilishi. Bunda shug‘ullanuvchilar 
ko‘pgina ortiqcha kuch sarflaydilar va usullarni ko‘pgina gavda 
mushaklarini zo‘riqtirish bilan bajaradilar. Tez toliqib qolish va ayniqsa 
yosh kurashchilarda ish qobiliyatining yetarli darajada bo‘lmasligi ana 
shularga bog‘liq. 
Shunday qilib, ushbu bosqichda bir qator xususiy vazifalar hal 
etilishi lozim: 
- o‘rganilayotgan texnik harakat to‘g‘risida yaxlit tasavvurni 
shakllantirish va ulardan bellashuvlarda foydalanish to‘g‘risida 
shug‘ullanuvchilarga ma’lumot berish; 
- shug‘ullanuvchilarning harakat malakalari zaxirasini kurashning 
yangi usulini egallash uchun kerak bo‘lgan elementlar bilan boyitish
- oddiy usullarning butunligicha bajarilishiga erishish; 
- kerak bo‘lmagan harakatlarni, ortiqcha mushak kuchlanishlarini 
bartaraf etish. 


47 
2.4.2. Milliy kurashda qismlarga bo‘lib o‘rgatish bosqichi 
 
Qismlarga bo‘lib o‘rganish bosqichining asosiy vazifasi harakat 
malakasini shakllantirish hamda uni ko‘nikmaga o‘tgunga qadar 
takomillashtirishdan iborat. Bu bosqichda alohida kurash usullarining 
vaqt, makon va kuch tavsiflari aniqlanadi. Agar oldingi bosqichda 
harakat malakasini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar 
yaratilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda uning hosil bo‘lishi yuzaga keladi. 
Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar hal qilinadi: 
- o‘rganilayotgan usul texnikasini egallash va qismlarini aniqlab 
olish; 
- o‘rganilayotgan harakatlarning qonuniyatlarini tushunishni 
chuqurlashtirish; 
- bajarilishi zarur bo‘lgan amallarning ketma-ketligini batafsil 
gapirib turish bilan o‘rganilayotgan harakatni bajarish;
- o‘quv-mashg‘ulot bellashuvlaridagi o‘rganilayotgan usullarning 
aniq, erkin va butunligicha bajarilishiga erishish. 

Yüklə 234,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə