O’smirlarda xavotirlik darajasining namoyon bo’lishining
ijtimoiy psixologik xususiyatlari
Madinabonu Husen qizi Toshova
olimovlaziz82@gmail.com
Buxoro davlat universiteti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘smirlarda xavotirlik darajasining namoyon
bo‘lishi sohasida olib borilgan izlanishlar asosida to‘plangan ma’lumotlarga tayangan
holda ilmiy mushohada yuritilgan bo‘lib, asosan xorij psixolog olimlarining bu
boradagi psixologik qarashlari o‘rtasidagi aloqadorlik tahlil qilinadi, muammoni
o‘rganishga oid tadqiqot metodi asosida olingan natijalar bo‘yicha xulosa beriladi.
Kalit so‘zlar:
xavotirlik
,
shaxsiy
xavotirlik, reaktiv xavotirlik, hissiyot, emotsiya,
salbiy emotsiya.
Socio-psychological characteristics of anxiety in adolescents
Madinabonu Husen qizi Toshova
olimovlaziz82@gmail.com
Bukhara State University
Abstract:
This article is based on scientific observations based on research in the
field of anxiety in adolescents, mainly analyzes the relationship between the
psychological views of foreign psychologists in this area, to study the problem. A
conclusion is made on the results obtained on the basis of the relevant research method
Keywords:
anxiety, personal anxiety, reactive anxiety, emotion, emotion,
negative emotion
Hissiyot borliqqa, turmushga, shaxslararo munosabatga nisbatan shaxsni
sub’ektiv kechinmalarining aks ettirilishidir. Shaxs tirik mavjudod bo‘lishi bilan birga
jamiyat a’zosi hamdir, shuningdek, yakkahol (individual) inson sifatida tevarak-
atrofdagi narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlarini xolisona (ob’ektiv) aks
ettiradi, in’ikos qiladi. Aks ettirish jarayoni favqulodda o‘z ichiga quyidagilarni
qamrab oladi: a) shaxsning ehtiyojini qondirish imkoniyatiga egalikni; b) qondirishga
yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida
qatnashishni; c) uni harakat qildiruvchi, bilishga intiltiruvchi munosabatlarini va
hokazo. Sub’ektiv munosabatlarning inson miyasida his-tuyg‘ular, emotsional holatlar,
yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi hissiyot va emotsiyani yuzaga keltiradi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
896
Hissiyot - yaqqol voqelikning ehtiyojlar sub’ekti bo‘lmish shaxs miyasida ob’ektlarga
nisbatan uning uchun qadrli, ahamiyatli bo‘lgan munosabatlarining aks ettirilishidir.
Mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, munosabat atamasi bir necha marta matnda qayd
qilindi, shuning uchun unga ayrim izohlar berish maqsadga muvofiqdir. Psixologiyada
hali bir talay terminlar, atamalar, tushunchalar mavjudkim, ularga mohiyat, ma’no,
ko‘lam, sifat, shakl jihatidan qo‘llanilishi yuzasidan ba’zi bir tuzatishlar kiritilishi ayni
muddao bo‘lar edi.
Psixologiya fanida munosabat tushunchasi ikki xil ma’noda qo‘llanilib kelinadi:
1) sub’ekt (shaxs) bilan ob’ekt (narsa) o‘rtasida tabiiy holda (tarzda) yuzaga keladigan
o‘zaro aloqa o‘rnatish (ob’ektiv munosabatlar); 2) o‘rnatilgan aloqalarning aks
ettirilishi (ularning kechinmasi), xususiy sub’ektning ehtiyojlari va ularning
ob’ektlararo munosabati (sub’ektiv munosabatlar), binobarin, namoyon bo‘lgan
ehtiyojlarni qondirishga shay turgan narsalar bilan odam o‘rtasidagi munosabat
ma’nosida ishlatiladi. Hissiyot tushunchasi kundalik turmushda va ilmiy psixologik
manbalarda har xil ma’noda qo‘llaniladi. Jumladan, hissiyot o‘rnida sezgilar,
anglanilmagan mayllar, anglanilmagan xohishlar, tilaklar, maqsadlar, talablar
tushunchalardan foydalaniladi. Bu holatlar o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshashlikka asoslanib
ishlatilishi kundalik turmush voqealari bo‘lib hisoblanadi, xolos. Ilmiy nuqtai nazardan
kelib chiqib tahlil qilinganda «Hissiyot», odatda, tirik mavjudodlar miyasida, ya’ni
shaxslarning ehtiyojlarini qonliruvchi va unga monelik qiluvchi ob’ektlarga nisbatan
uning (odamning) munosabatlarini aks ettirish ma’nosida qo‘llaniladi.
Jahon psixologiyasida «hissiyot» bilan «emotsiya» terminlari (ayniqsa, chet
mamlakatlarda) bir xil ma’noda ishlatiladi, lekin ularni aynan bir xil holat deb
tushunish mumkin emas. Bunday nuqson ommabop adabiyotlarda, chet ellarda chop
etilgan darsliklarda aksariyat hollarda uchraydi. Odatda, tashqi alomatlari yaqqol
namoyon bo‘ladigan his-tuyg‘ularni ichki kechinmalarda ifodalanishdan iborat psixik
jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiq.
Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlarning ta’-bassumlanishi, lablarning titrashi,
ko‘zlarning yarqirashi, kulgi, yigi, g‘amginlik, ikkilanish, sarosimalik va boshqalar
emotsiyaning ifodasidir. Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, mas’uliyat, vijdon, mehr-
oqibat, sevgi-muhabbat singari yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish
g‘ayritabiiy hodisa hisoblanar edi. Ushbu hissiy kechinmalar o‘zining mohiyati, kuch-
quvvati, davomiyligi, ta’sirchanligi, yo‘nalganligi bilan bir-biridan keskin farq
qilishlariga qaramay, ularni emotsiya sifatida talqin qilish oddiy safsataga aylanib
qolgan bo‘lar edi. Shu boisdan ularning o‘zaro eng muhim farqi shundaki, birisi
ijtimoiy (hissiyot), ikkinchisi esa (emotsiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi.
Ta’kidlab o‘tilgan mulohazalarga qaramasdan, hissiyot bilan emotsiyaning o‘zaro
bir-biridan qat’iy cheklab qo‘yish ham ba’zi anglashilmovchilikni keltirib chiqarishi
mumkin. Faoliyat, xulq-atvor, muomala sub’ekti o‘zining shaxsi hamda jamiyati uchun
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
897
ahamiyati hisoblangan narsalar va hodisalarni aks ettiruvchi munosabati hissiyotda
mujassamlashadi. Shaxsning individual hayoti va faoliyatiga aloqador (xoh foydali,
xoh hzararli bo‘lishdan qat’iy nazar) omillar, qo‘zg‘ovchilar, turtkilarni ifodalovchi
hamda kelib chiqishi instinktlar, shartsiz reflekslar, irsiy belgilar (ovqatlanish, jinsiy,
himoyalanish, qo‘rqish va boshqalar) bilan bog‘liq sodda hissiy holatlar «emotsiya»
deyiladi. Emotsiyalar nafaqat insonlarga, balki jonli rivojlangan mavjudodlarga ham
taalluqli ruhiy (psixik) holatlardir. Hayvonlardagi emotsiyalar o‘zgarishi murakkab
bo‘lgan tabiiylik (irsiy) alomatlarga asoslanuvchi sodda tuzilishga egadir. Odam bilan
hayvon emotsiyalari o‘zlarining mohiyati, tuzilishi, ta’sirchanligi, jadalligi, sifati,
shakli bilan keskin tafovutlanadi. Emotsiyalar tashqi ko‘rinishga xosligi bilan,
muvaqqat xususiyatga ega ekanligi bilan hissiyotdan farqlanadi. Shuni aytib o‘tish
joizki, hissiyot hayvonot olamiga xos kechinma emas, u aql-zakovat sub’ekti
sanalmish hazrati insongagina xos, xolos, chunki empatik (hamdardlik) his-tuyg‘ular
shaxsning mukammallik bosqichiga ko‘tarilishiga kafolat negizidir.
Olingan ma’lumotlarning xilma-xilligi va xavotirlik darajalarining turli-tumanligi
Ch.D.Spilberg tomonidan yaratilgan “Reaktiv va shaxsiy xavotirlik shkalalarini
o‘rganuvchi metodika”si bo‘yicha shaxsning reaktiv va shaxsiy xavotirlik darajasining
ekstremal vaziyatlarda psixologik himoya mehanizmiga diapazonidagi o‘ratacha
qiyosiy-tipik ko‘rsatkichlari dinamikasini aniqlashga muvaffaq bo‘ldik. Bunga ko‘ra,
tadqiqotda ishtirok etgan 5-sinf o‘quvchilarning (jami 100 nafar, shundan 50 nafar
qizlar, 50 nafar yigitlar) 11 foizida past, 19 foizida o‘rtacha, 70 foizida yuqori darajada
reaktiv xavotirlik darajasi namoyon bo‘ldi. Shundan qizlarda (jami 50 nafar) 7 foizida
past, 11 foizida o‘rtacha, 30 foizida yuqori darajada reaktiv xavotirlik dajarasi,
yigitlarda (jami 50 nafar) 4 foizida past, 8 foizida o‘rtacha, 38 foizida yuqori darajada
reaktiv xavotirlik dajarasi ustunlik qildi. Tadqiqotda ishtirok etgan 9-sinf
o‘quvchilarning (jami 100 nafar, shundan 50 nafar qizlar, 50 nafar yigitlar) 14 foizida
past, 28 foizida o‘rtacha, 38 foizida yuqori darajada reaktiv xavotirlik dajarasi
namoyon bo‘ldi. Shundan qizlarda (jami 50 nafar) 6 foizida past, 13 foizida o‘rtacha,
31 foizida yuqori darajada reaktiv xavotirlik dajarasi, yigitlarda (jami 50 nafar) 8
foizida past, 15 foizida o‘rtacha, 37 foizida yuqori darajada reaktiv xavotirlik dajarasi
ustunlik qildi.
Tadqiqotda ishtirok etgan 5-sinf o‘quvchilarning (jami 100 nafar, shundan 50
nafar qizlar, 50 nafar yigitlar) 18 foizida past, 26 foizida o‘rtacha, 58 foizida yuqori
darajada shaxsiy xavotirlik darajasi namoyon bo‘ldi. Shundan qizlarda (jami 50 nafar)
10 foizida past, 14 foizida o‘rtacha, 26 foizida yuqori darajada shaxsiy xavotirlik
dajarasi, yigitlarda (jami 50 nafar) 8 foizida past, 12 foizida o‘rtacha, 30 foizida yuqori
darajada reaktiv xavotirlik dajarasi ustunlik qildi. Tadqiqotda ishtirok etgan 9-sinf
o‘quvchilarning (jami 100 nafar, shundan 50 nafar qizlar, 50 nafar yigitlar) 21 foizida
past, 24 foizida o‘rtacha, 55 foizida yuqori darajada reaktiv xavotirlik dajarasi
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
898
namoyon bo‘ldi. Shundan qizlarda (jami 50 nafar) 13 foizida past, 15 foizida o‘rtacha,
22 foizida yuqori darajada shaxsiy xavotirlik dajarasi, yigitlarda (jami 50 nafar) 8
foizida past, 9 foizida o‘rtacha, 33 foizida yuqori darajada reaktiv xavotirlik dajarasi
ustunlik qildi.
1-jadval
5-sinf o‘quvchilarida reaktiv xavotirlik darajasi % hisobida
Ishtirokchilar
daraja
Jami (100 nafar)
Qizlarda (50 nafar)
Yigitlarda (50 nafar)
Past
11
7
4
O‘rtacha
19
11
8
yuqori
70
32
38
2-jadval
5-sinfo‘quvchilarida shaxsiy xavotirlik darajasi % hisobida
Ishtirokchilar
daraja
Jami (100 nafar)
Qizlarda (50 nafar)
Yigitlarda (50 nafar)
Past
18
10
8
O‘rtacha
26
14
12
yuqori
58
26
30
3-jadval
9-sinf o‘quvchilarida reaktiv xavotirlik darajasi % hisobida
Ishtirokchilar
daraja
Jami (100 nafar)
Qizlarda (50 nafar)
Yigitlarda (50 nafar)
Past
14
6
8
O‘rtacha
28
13
15
yuqori
58
31
27
4-jadval
9-sinf o‘quvchilarida shaxsiy xavotirlik darajasi % hisobida
Ishtirokchilar
daraja
Jami (100 nafar)
Qizlarda (50 nafar)
Yigitlarda (50 nafar)
Past
21
13
8
O‘rtacha
24
15
9
yuqori
55
22
33
Umuman, o‘smir shaxsdagi xavotirlanish xususiyatlari va psixologik himoya
imkoniyatlari mutanosibligining o‘rtacha umumiy va qiyosiy tipik ko‘rsatkichlari tahlil
qilinganda 9 sinf o‘quvchilariga nisbatan 5 sinf o‘quvchilarida ham shaxsiy, ham
reaktiv xavotirlik darajasi ham yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Demak, ta’lim muassasalarining rahbarlari, maktab o‘qituvchilari, psixologlari,
sinf rahbarlari va ota-onalar bu holatni inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya ishlarini
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishlari talab qilinadi. Aks holda ekstremal vaziyatlarda shaxsning
psixologik himoya imkoniyatlari pasayib ketishi mumkin.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
899
O‘smirlar salbiy emotsional holatlarini o‘rganish va psixologik yordam ko‘rsatish
natijasi:
1. Ushbu tajribada keng tarqalgan o‘smir yoshida salbiy emotsional holatlarining
turlari fobik-bezovtalik buzulish xulq-atvori va emotsiyalarning aralash buzilishi
depressiv buzulish. Depressiv buzulish kechgan o‘smirlar psixiatr vrachlar va
psixoteropevtlar kompitensiyasiga kirsa bizning tajriba maydonimizda yuqorida
ko‘rsatilgan ikki holdagi o‘smirlar bilan ish olib borildi.
2. Ushbu turdagi salbiy emotsional holatdagi o‘smirlarni birlashtirib turadigan
ayrim shaxsiy bezovtalikning darajasi balandligi o‘ziga noadekvant baho berish xolerik
va melanxolik temperamentning ustunligi.
3. Har xil salbiy emotsional xolatli ko‘rsatgichli o‘smirlar xarakterologiyasi bilan
ajralib turadi aynan fobik-bezovta o‘smirlarda epileptoid sensitiv va psixotenik tipdagi
aksentual xarakterlari ko‘rsatgichi yuqori.
Emotsiya va xulq atvoridagi aralash o‘zgarishi o‘smirlar gipertim va shizoid
tipdagi aksentuatsiyasi ko‘rsatgichlari yuqori.
4. Ikkala psixologik tip farqi shundagi tashqi muhit ta’sirida fobik-bezovta tipdagi
o‘smirlar qo‘rquv va chiqib ketish emotsiya va xulq-atvori aralash tipidagi o‘smirlar
agressiya va chiqib ketish hollari kuzatiladi.
5. Bunday salbiy emotsional hollarning o‘smirlarda kelib chiqishi oiladagi tarbiya
bilan bog‘liq giperproteksiya fobik-bezovtalik hollarining salbiy rivojlanishiga olib
keladi; emotsional qorovsiz qolgan o‘smirlarda emotsiya va xulq-atvorida burilishlarga
ro‘y beradi.
6. O‘kazilgan tajribalardan kelib chiqib quyidagi o‘smirlarda salbiy emotsional
holatlarini oldini olish psixologik modeli ishlab chiqishdi. Psixologik yordam
ko‘rsatish maqsadi salbiy emotsional tip diagnostikasi individual psixologik holatdagi
o‘smirlar va oilaviy tarbiya tiplari o‘smirlar va ularning ota-onalari bilan ishlash va
metodlarini tanlash emotsional holatda kuzatish o‘smirlarga takroriy psixologik
yordam ko‘rsatishni tashkil qilish.
7. Har bir konkret holatda o‘smirlardagi nohush psixologik emotsiyani oldini
olishda emotsional nohushlik sabablari o‘rganilishi kerak. (individual spesifik, guruhiy
variantiv umumiy) ammotrening guruhni tashkil etishda getero va gemogen
holatlarining optimal birlik prinsipiga bo‘ysunishini tashkil etish.
8. O‘smirlarda psixologik emotsional nohush holatlarining o‘zgarishidagi
kriteriyalar asosan (oila maktab, guruhdagi tengdoshlar) jamoatda o‘zini yengil tuta
bilishiga qaratilgan. O‘smirlar bilan o‘tkaziladigan psixoprofilaktika psixolog,
pedagog, ota-onalar bilan birgalikda maktab sharoitida o‘tkazildi. Emotsional-salbiy
hollarini o‘smirlarda oldini olish psixologik metodlari ya’ni usullar bilan
o‘tkaziladigan dispanseridatsiyaga hojat yo‘q.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
900
3 yil davomida o‘smirlardagi emotsional noxush xolatlar spesifikasi
psixonevrologik dispanser sharoitida va shuningdek xulq-atvorini komponenti nuqtai
nazaridan o‘rganilib chiqildi.
O‘smirlardagi emotsional nohush holatlar muammolari o‘rganishligi va analiz,
tibbiyot, pedagogika va psixologiya chet el va o‘zbek mualliflarining materiallari
bo‘yicha foydalanildi.
Emotsional xohish holatlarini oldini olish bo‘yicha psixologik model ishlab
chiqildi fobik-bezovta buzulishi tipdagi o‘smirlarga psixologik xarakteristikasi
berilgan.
Dostları ilə paylaş: |