O’smirlarda xavotirlik darajasining namoyon bo’lishining ijtimoiy psixologik xususiyatlari



Yüklə 243,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix13.02.2023
ölçüsü243,98 Kb.
#100760
  1   2
o-smirlarda-xavotirlik-darajasining-namoyon-bo-lishining-ijtimoiy-psixologik-xususiyatlari



O’smirlarda xavotirlik darajasining namoyon bo’lishining 
ijtimoiy psixologik xususiyatlari
Madinabonu Husen qizi Toshova 
olimovlaziz82@gmail.com 
 
Buxoro davlat universiteti 
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘smirlarda xavotirlik darajasining namoyon 
bo‘lishi sohasida olib borilgan izlanishlar asosida to‘plangan ma’lumotlarga tayangan 
holda ilmiy mushohada yuritilgan bo‘lib, asosan xorij psixolog olimlarining bu 
boradagi psixologik qarashlari o‘rtasidagi aloqadorlik tahlil qilinadi, muammoni 
o‘rganishga oid tadqiqot metodi asosida olingan natijalar bo‘yicha xulosa beriladi. 
 
Kalit so‘zlar:
xavotirlik

shaxsiy
 
xavotirlik, reaktiv xavotirlik, hissiyot, emotsiya, 
salbiy emotsiya.
 
Socio-psychological characteristics of anxiety in adolescents 
Madinabonu Husen qizi Toshova 
olimovlaziz82@gmail.com 
 
Bukhara State University 
 
 
Abstract:
This article is based on scientific observations based on research in the 
field of anxiety in adolescents, mainly analyzes the relationship between the 
psychological views of foreign psychologists in this area, to study the problem. A 
conclusion is made on the results obtained on the basis of the relevant research method 
Keywords:
anxiety, personal anxiety, reactive anxiety, emotion, emotion, 
negative emotion 
 
Hissiyot borliqqa, turmushga, shaxslararo munosabatga nisbatan shaxsni 
sub’ektiv kechinmalarining aks ettirilishidir. Shaxs tirik mavjudod bo‘lishi bilan birga 
jamiyat a’zosi hamdir, shuningdek, yakkahol (individual) inson sifatida tevarak-
atrofdagi narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlarini xolisona (ob’ektiv) aks 
ettiradi, in’ikos qiladi. Aks ettirish jarayoni favqulodda o‘z ichiga quyidagilarni 
qamrab oladi: a) shaxsning ehtiyojini qondirish imkoniyatiga egalikni; b) qondirishga 
yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida 
qatnashishni; c) uni harakat qildiruvchi, bilishga intiltiruvchi munosabatlarini va 
hokazo. Sub’ektiv munosabatlarning inson miyasida his-tuyg‘ular, emotsional holatlar, 
yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi hissiyot va emotsiyani yuzaga keltiradi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
896


Hissiyot - yaqqol voqelikning ehtiyojlar sub’ekti bo‘lmish shaxs miyasida ob’ektlarga 
nisbatan uning uchun qadrli, ahamiyatli bo‘lgan munosabatlarining aks ettirilishidir. 
Mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, munosabat atamasi bir necha marta matnda qayd 
qilindi, shuning uchun unga ayrim izohlar berish maqsadga muvofiqdir. Psixologiyada 
hali bir talay terminlar, atamalar, tushunchalar mavjudkim, ularga mohiyat, ma’no, 
ko‘lam, sifat, shakl jihatidan qo‘llanilishi yuzasidan ba’zi bir tuzatishlar kiritilishi ayni 
muddao bo‘lar edi. 
Psixologiya fanida munosabat tushunchasi ikki xil ma’noda qo‘llanilib kelinadi: 
1) sub’ekt (shaxs) bilan ob’ekt (narsa) o‘rtasida tabiiy holda (tarzda) yuzaga keladigan 
o‘zaro aloqa o‘rnatish (ob’ektiv munosabatlar); 2) o‘rnatilgan aloqalarning aks 
ettirilishi (ularning kechinmasi), xususiy sub’ektning ehtiyojlari va ularning 
ob’ektlararo munosabati (sub’ektiv munosabatlar), binobarin, namoyon bo‘lgan 
ehtiyojlarni qondirishga shay turgan narsalar bilan odam o‘rtasidagi munosabat 
ma’nosida ishlatiladi. Hissiyot tushunchasi kundalik turmushda va ilmiy psixologik 
manbalarda har xil ma’noda qo‘llaniladi. Jumladan, hissiyot o‘rnida sezgilar, 
anglanilmagan mayllar, anglanilmagan xohishlar, tilaklar, maqsadlar, talablar 
tushunchalardan foydalaniladi. Bu holatlar o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshashlikka asoslanib 
ishlatilishi kundalik turmush voqealari bo‘lib hisoblanadi, xolos. Ilmiy nuqtai nazardan 
kelib chiqib tahlil qilinganda «Hissiyot», odatda, tirik mavjudodlar miyasida, ya’ni 
shaxslarning ehtiyojlarini qonliruvchi va unga monelik qiluvchi ob’ektlarga nisbatan 
uning (odamning) munosabatlarini aks ettirish ma’nosida qo‘llaniladi. 
Jahon psixologiyasida «hissiyot» bilan «emotsiya» terminlari (ayniqsa, chet 
mamlakatlarda) bir xil ma’noda ishlatiladi, lekin ularni aynan bir xil holat deb 
tushunish mumkin emas. Bunday nuqson ommabop adabiyotlarda, chet ellarda chop 
etilgan darsliklarda aksariyat hollarda uchraydi. Odatda, tashqi alomatlari yaqqol 
namoyon bo‘ladigan his-tuyg‘ularni ichki kechinmalarda ifodalanishdan iborat psixik 
jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiq. 
Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlarning ta’-bassumlanishi, lablarning titrashi, 
ko‘zlarning yarqirashi, kulgi, yigi, g‘amginlik, ikkilanish, sarosimalik va boshqalar 
emotsiyaning ifodasidir. Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, mas’uliyat, vijdon, mehr-
oqibat, sevgi-muhabbat singari yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish 
g‘ayritabiiy hodisa hisoblanar edi. Ushbu hissiy kechinmalar o‘zining mohiyati, kuch-
quvvati, davomiyligi, ta’sirchanligi, yo‘nalganligi bilan bir-biridan keskin farq 
qilishlariga qaramay, ularni emotsiya sifatida talqin qilish oddiy safsataga aylanib 
qolgan bo‘lar edi. Shu boisdan ularning o‘zaro eng muhim farqi shundaki, birisi 
ijtimoiy (hissiyot), ikkinchisi esa (emotsiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi. 
Ta’kidlab o‘tilgan mulohazalarga qaramasdan, hissiyot bilan emotsiyaning o‘zaro 
bir-biridan qat’iy cheklab qo‘yish ham ba’zi anglashilmovchilikni keltirib chiqarishi 
mumkin. Faoliyat, xulq-atvor, muomala sub’ekti o‘zining shaxsi hamda jamiyati uchun 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
897


ahamiyati hisoblangan narsalar va hodisalarni aks ettiruvchi munosabati hissiyotda 
mujassamlashadi. Shaxsning individual hayoti va faoliyatiga aloqador (xoh foydali, 
xoh hzararli bo‘lishdan qat’iy nazar) omillar, qo‘zg‘ovchilar, turtkilarni ifodalovchi 
hamda kelib chiqishi instinktlar, shartsiz reflekslar, irsiy belgilar (ovqatlanish, jinsiy, 
himoyalanish, qo‘rqish va boshqalar) bilan bog‘liq sodda hissiy holatlar «emotsiya» 
deyiladi. Emotsiyalar nafaqat insonlarga, balki jonli rivojlangan mavjudodlarga ham 
taalluqli ruhiy (psixik) holatlardir. Hayvonlardagi emotsiyalar o‘zgarishi murakkab 
bo‘lgan tabiiylik (irsiy) alomatlarga asoslanuvchi sodda tuzilishga egadir. Odam bilan 
hayvon emotsiyalari o‘zlarining mohiyati, tuzilishi, ta’sirchanligi, jadalligi, sifati, 
shakli bilan keskin tafovutlanadi. Emotsiyalar tashqi ko‘rinishga xosligi bilan, 
muvaqqat xususiyatga ega ekanligi bilan hissiyotdan farqlanadi. Shuni aytib o‘tish 
joizki, hissiyot hayvonot olamiga xos kechinma emas, u aql-zakovat sub’ekti 
sanalmish hazrati insongagina xos, xolos, chunki empatik (hamdardlik) his-tuyg‘ular 
shaxsning mukammallik bosqichiga ko‘tarilishiga kafolat negizidir. 
Olingan ma’lumotlarning xilma-xilligi va xavotirlik darajalarining turli-tumanligi 
Ch.D.Spilberg tomonidan yaratilgan “Reaktiv va shaxsiy xavotirlik shkalalarini 
o‘rganuvchi metodika”si bo‘yicha shaxsning reaktiv va shaxsiy xavotirlik darajasining 
ekstremal vaziyatlarda psixologik himoya mehanizmiga diapazonidagi o‘ratacha 
qiyosiy-tipik ko‘rsatkichlari dinamikasini aniqlashga muvaffaq bo‘ldik. Bunga ko‘ra, 
tadqiqotda ishtirok etgan 5-sinf o‘quvchilarning (jami 100 nafar, shundan 50 nafar 
qizlar, 50 nafar yigitlar) 11 foizida past, 19 foizida o‘rtacha, 70 foizida yuqori darajada 
reaktiv xavotirlik darajasi namoyon bo‘ldi. Shundan qizlarda (jami 50 nafar) 7 foizida 
past, 11 foizida o‘rtacha, 30 foizida yuqori darajada reaktiv xavotirlik dajarasi
yigitlarda (jami 50 nafar) 4 foizida past, 8 foizida o‘rtacha, 38 foizida yuqori darajada 
reaktiv xavotirlik dajarasi ustunlik qildi. Tadqiqotda ishtirok etgan 9-sinf 
o‘quvchilarning (jami 100 nafar, shundan 50 nafar qizlar, 50 nafar yigitlar) 14 foizida 
past, 28 foizida o‘rtacha, 38 foizida yuqori darajada reaktiv xavotirlik dajarasi 
namoyon bo‘ldi. Shundan qizlarda (jami 50 nafar) 6 foizida past, 13 foizida o‘rtacha, 
31 foizida yuqori darajada reaktiv xavotirlik dajarasi, yigitlarda (jami 50 nafar) 8 
foizida past, 15 foizida o‘rtacha, 37 foizida yuqori darajada reaktiv xavotirlik dajarasi 
ustunlik qildi.
Tadqiqotda ishtirok etgan 5-sinf o‘quvchilarning (jami 100 nafar, shundan 50 
nafar qizlar, 50 nafar yigitlar) 18 foizida past, 26 foizida o‘rtacha, 58 foizida yuqori 
darajada shaxsiy xavotirlik darajasi namoyon bo‘ldi. Shundan qizlarda (jami 50 nafar) 
10 foizida past, 14 foizida o‘rtacha, 26 foizida yuqori darajada shaxsiy xavotirlik 
dajarasi, yigitlarda (jami 50 nafar) 8 foizida past, 12 foizida o‘rtacha, 30 foizida yuqori 
darajada reaktiv xavotirlik dajarasi ustunlik qildi. Tadqiqotda ishtirok etgan 9-sinf 
o‘quvchilarning (jami 100 nafar, shundan 50 nafar qizlar, 50 nafar yigitlar) 21 foizida 
past, 24 foizida o‘rtacha, 55 foizida yuqori darajada reaktiv xavotirlik dajarasi 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
898


namoyon bo‘ldi. Shundan qizlarda (jami 50 nafar) 13 foizida past, 15 foizida o‘rtacha, 
22 foizida yuqori darajada shaxsiy xavotirlik dajarasi, yigitlarda (jami 50 nafar) 8 
foizida past, 9 foizida o‘rtacha, 33 foizida yuqori darajada reaktiv xavotirlik dajarasi 
ustunlik qildi.
1-jadval 
5-sinf o‘quvchilarida reaktiv xavotirlik darajasi % hisobida 
Ishtirokchilar 
daraja 
Jami (100 nafar) 
Qizlarda (50 nafar) 
Yigitlarda (50 nafar) 
Past 
11 


O‘rtacha 
19 
11 

yuqori 
70 
32 
38 
2-jadval 
5-sinfo‘quvchilarida shaxsiy xavotirlik darajasi % hisobida 
Ishtirokchilar 
daraja 
Jami (100 nafar) 
Qizlarda (50 nafar) 
Yigitlarda (50 nafar) 
Past 
18 
10 

O‘rtacha 
26 
14 
12 
yuqori 
58 
26 
30 
3-jadval 
9-sinf o‘quvchilarida reaktiv xavotirlik darajasi % hisobida 
Ishtirokchilar 
daraja 
Jami (100 nafar) 
Qizlarda (50 nafar) 
Yigitlarda (50 nafar) 
Past 
14 


O‘rtacha 
28 
13 
15 
yuqori 
58 
31 
27 
4-jadval 
9-sinf o‘quvchilarida shaxsiy xavotirlik darajasi % hisobida 
Ishtirokchilar 
daraja 
Jami (100 nafar) 
Qizlarda (50 nafar) 
Yigitlarda (50 nafar) 
Past 
21 
13 

O‘rtacha 
24 
15 

yuqori 
55 
22 
33 
Umuman, o‘smir shaxsdagi xavotirlanish xususiyatlari va psixologik himoya 
imkoniyatlari mutanosibligining o‘rtacha umumiy va qiyosiy tipik ko‘rsatkichlari tahlil 
qilinganda 9 sinf o‘quvchilariga nisbatan 5 sinf o‘quvchilarida ham shaxsiy, ham 
reaktiv xavotirlik darajasi ham yuqori ekanligini ko‘rsatadi. 
Demak, ta’lim muassasalarining rahbarlari, maktab o‘qituvchilari, psixologlari, 
sinf rahbarlari va ota-onalar bu holatni inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya ishlarini 
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishlari talab qilinadi. Aks holda ekstremal vaziyatlarda shaxsning 
psixologik himoya imkoniyatlari pasayib ketishi mumkin. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
899


O‘smirlar salbiy emotsional holatlarini o‘rganish va psixologik yordam ko‘rsatish 
natijasi: 
1. Ushbu tajribada keng tarqalgan o‘smir yoshida salbiy emotsional holatlarining 
turlari fobik-bezovtalik buzulish xulq-atvori va emotsiyalarning aralash buzilishi 
depressiv buzulish. Depressiv buzulish kechgan o‘smirlar psixiatr vrachlar va 
psixoteropevtlar kompitensiyasiga kirsa bizning tajriba maydonimizda yuqorida 
ko‘rsatilgan ikki holdagi o‘smirlar bilan ish olib borildi.
2. Ushbu turdagi salbiy emotsional holatdagi o‘smirlarni birlashtirib turadigan 
ayrim shaxsiy bezovtalikning darajasi balandligi o‘ziga noadekvant baho berish xolerik 
va melanxolik temperamentning ustunligi. 
3. Har xil salbiy emotsional xolatli ko‘rsatgichli o‘smirlar xarakterologiyasi bilan 
ajralib turadi aynan fobik-bezovta o‘smirlarda epileptoid sensitiv va psixotenik tipdagi 
aksentual xarakterlari ko‘rsatgichi yuqori. 
Emotsiya va xulq atvoridagi aralash o‘zgarishi o‘smirlar gipertim va shizoid 
tipdagi aksentuatsiyasi ko‘rsatgichlari yuqori. 
4. Ikkala psixologik tip farqi shundagi tashqi muhit ta’sirida fobik-bezovta tipdagi 
o‘smirlar qo‘rquv va chiqib ketish emotsiya va xulq-atvori aralash tipidagi o‘smirlar 
agressiya va chiqib ketish hollari kuzatiladi. 
5. Bunday salbiy emotsional hollarning o‘smirlarda kelib chiqishi oiladagi tarbiya 
bilan bog‘liq giperproteksiya fobik-bezovtalik hollarining salbiy rivojlanishiga olib 
keladi; emotsional qorovsiz qolgan o‘smirlarda emotsiya va xulq-atvorida burilishlarga 
ro‘y beradi. 
6. O‘kazilgan tajribalardan kelib chiqib quyidagi o‘smirlarda salbiy emotsional 
holatlarini oldini olish psixologik modeli ishlab chiqishdi. Psixologik yordam 
ko‘rsatish maqsadi salbiy emotsional tip diagnostikasi individual psixologik holatdagi 
o‘smirlar va oilaviy tarbiya tiplari o‘smirlar va ularning ota-onalari bilan ishlash va 
metodlarini tanlash emotsional holatda kuzatish o‘smirlarga takroriy psixologik 
yordam ko‘rsatishni tashkil qilish. 
7. Har bir konkret holatda o‘smirlardagi nohush psixologik emotsiyani oldini 
olishda emotsional nohushlik sabablari o‘rganilishi kerak. (individual spesifik, guruhiy 
variantiv umumiy) ammotrening guruhni tashkil etishda getero va gemogen 
holatlarining optimal birlik prinsipiga bo‘ysunishini tashkil etish. 
8. O‘smirlarda psixologik emotsional nohush holatlarining o‘zgarishidagi 
kriteriyalar asosan (oila maktab, guruhdagi tengdoshlar) jamoatda o‘zini yengil tuta 
bilishiga qaratilgan. O‘smirlar bilan o‘tkaziladigan psixoprofilaktika psixolog, 
pedagog, ota-onalar bilan birgalikda maktab sharoitida o‘tkazildi. Emotsional-salbiy 
hollarini o‘smirlarda oldini olish psixologik metodlari ya’ni usullar bilan 
o‘tkaziladigan dispanseridatsiyaga hojat yo‘q. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
900


 3 yil davomida o‘smirlardagi emotsional noxush xolatlar spesifikasi 
psixonevrologik dispanser sharoitida va shuningdek xulq-atvorini komponenti nuqtai 
nazaridan o‘rganilib chiqildi. 
O‘smirlardagi emotsional nohush holatlar muammolari o‘rganishligi va analiz, 
tibbiyot, pedagogika va psixologiya chet el va o‘zbek mualliflarining materiallari 
bo‘yicha foydalanildi. 
Emotsional xohish holatlarini oldini olish bo‘yicha psixologik model ishlab 
chiqildi fobik-bezovta buzulishi tipdagi o‘smirlarga psixologik xarakteristikasi 
berilgan. 

Yüklə 243,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə