O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI
TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG‘ONA FILIALI
“Sirtqi bo’lim” fakulteti
Telekomunikatsiya injiniringi yo‘nalishi
634-20 – guruh talabasi
Akbarov Srojiddining
“PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA ”
fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL
ISHI
Topshirdi: S.Akbarov
Qabul qildi: X.Qodirov
Farg‘ona 2023
MAVZU; Psixologiya fani va milliy psixologiyani o’rganish axamiyati
REJA:
Psixologiya haqida tushuncha
Psixologiya predmeti
Psixologiya ob’yekti va vazifalari
Milliy did va estetika .
Milliy didni shakllantiruvchi omillar.
Milliy ong va milliy o‘zini - o‘zi anglash tushunchalari
Foydalanilgan adabiyotlar
Psixologiya (qad.yunon ψυχή — «ruh, qalb, ong, xarakter» va λόγος — «ta’limot») — odam va odamlardan iborat guruhlarning psixikasi va psixik faoliyatining funktsiyasi, rivojlanishi va yuzaga kelishi qonuniyatlarini o’rganadigan fan. Psixologiya tushunchasi murakkab bo’lib, u o’zida gumanitar va tabiiy fanlar yondashuvlarini birlashtiradi.
Psixologiya fani quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
Fundamental psixologiya — ruhiy faoliyatning qonunlari, dalillar va mexanizmlarni aniqlaydi;
Amaliy psixologiya — fundamental psixologiya ma’lumotlariga tayanib o’rganadi;
Amaliyotli psixologiya — psixologik bilimlarni amaliyotda qo’llash bilan shug’ullanadi.
Psixologiya tibbiyotning ruhiy buzilishlarni aniqlash va davolash bilan shug’ullanadigan psixiatriya va ruhiyat orqali organizmga terapevtik ta’sir o’tkazish yordamida kishilarni emotsional, shaxsiy va ijtimoiy tabiatli muammolardan xalos etish bilan shug’ullanadigan psixoterapiya bo’limi bilan chambarchas bog’langan.
Dostları ilə paylaş: |