Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 10 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
39
October, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
YORMAT TOJIYEV NAZDIDA SINONIM AFFIKSLAR
Azizbek Mamatqulov
Guliston davlat universiteti o„qituvchisi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada Yormat Tojiyev nazdida sinonim affikslar masalasi tarixiy
va ilmiy ko‟rib chiqiladi.
Kalit so’zlar:
Tilshunoslik, affikslar, Yormat Tojiyev, o„zbek tili.
KIRISH
Tilshunoslikda, dastlab, affikslar yuzasidan
X asrgacha umumiy fikrlar-
mulohazalar mavjud bo‟lgan bo‟lsa, XI asrdan e‟tiboran esa turkiy tillar kesimida
o‟rganila boshlandi. Yildan yilga tahliliy xulosalarning
oydinlashib borishi XX
asrning 70-yillaridan kelib o„zbek tilshunosligida qo„shimchalarning ma‟nodoshlik
masalasi asosiy o„rinni egallay boshlaganligi sezilib turardi.
Affikslarning uslubiy bo„yoqdorlik masalasi, ularning sinonimik qatordan joy
olishi hamda darajalanish kabi alohida belgilarini tadqiq
qilish borasidagi misilsiz
ishlarni o„zbek tilshunosligining jonkuyari professor Yormat Tojiyev ilmiy
faoliyatida kuzatishimiz mumkin. Affiksal
sinonimiya haqida gap ketganda, albatta,
turkiy tillardagi dastlabki ko‟rinishga ega bo‟lgan qo„shimchalar qatoriga, asl hamda
fors-tojikcha o„zlashma affikslar munosabatini ham jiddiy o„ganish taqazo etishni
talab etadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Bu xususida olim 1991-yil “O„zbek tilida affikslar sinonimiyasi” mavzusidagi
doktorlik dissertatsiyasida batafsil to„xtab o„tgan. Professor Yormat Tojiyevgacha
olib borilgan tadqiqotlarda sinonimik affikslarning, asosan,
shaxs otlari va sifat
yasovchi affikslar doirasida o‟rganilganligi kuzatilgan. Olim bu boradagi ishlarga fe‟l
yasovchi va fe‟l formalari hosil qiluvchi affikslarning o„zaro sinonimik munosabati,
jumladan, ularning semantik-stilistik xususiyatlarini tahlil qilib o‟tadi. U o„z ilmiy
izlanishlarida sinonimik qatorga kiruvchi affikslarning ayrim hollarda ma‟no jihatdan
farqlanishi ko‟rsatib turuvchi jihatlari va sinonimik munosabatga kirisha olmasligini
belgilab beradigan holatlarini ta‟kidlab o‟tadi.
Yormat Tojiyev fe‟l yasovchi affikslarni tadqiq qilar ekan,
jumladan,
-la
affiksining fe‟l yasashda unumliligini e‟tirof
etish
bilan birga uning juda ko„p qo„shimchalar:
-ka,-ar,-ur,-sa,-si
va