Geotizimlarda modda va energiya migratsiyasi Reja



Yüklə 24,35 Kb.
tarix26.10.2023
ölçüsü24,35 Kb.
#131393
Geotizimlarda modda va energiya migratsiyasi


Geotizimlarda modda va energiya migratsiyasi
Reja:

1. Geoekologik konsepsiyalar.


2. Geoekologik tadqiqotlarda amal qilinadigan prinsiplar va yondoshuvlar.
3. Geotizim turlarini asoslash.
4. Tabiiy-texnogen geotizimlar va ular faoliyatining rejimi.
5. «Tabiiy - antropogen tizim, antropogen - texnogen tizim» kabi integral geotizimlar.
6. Geotizimlar turli darajadagi tabiiy birliklardir.
Foydalanilgan adabiyotlar
Jamiyatning tabiatga ta’siri tobora kuchayib borayotgan sharoitlarda uni optimallashtirish va tabatdan foydalanishning insonning o‘zi yashaydigan muhit bilan o‘zaro ta’siri strategiyasini ishlab chiqish asosida tabatdan foydalanish tiziminng muammolari muhim ahamiat kasb etadi. Jamiuat va tabiiy muhitning manfaatlari “to‘qnashadigan” joyni geografik qobiq hosil qiladi.
Geografik qobiq. Geograflar garchi barcha davrlarda Yer yuzasini o‘rganish bilan shug‘ullanishgan bo‘lsalarda, Yerning o‘ziga xos geografik qobiq to‘risidagi tasavvur XX asr-ning boshlarida shakllana boshladi. Tarixiy – ilmiy jihatdan geografik qobiq to‘g‘risidagi konsepsiyaning ildizlari XVII asrning boshida U.Hilbert, B.Kekkerman, B. Varenius kabi tabiatshunoslarning g‘oyaladiga borib tutashadi. Shuningdek, geografik qobiq to‘g‘risidagi tushunchaning elementlari A.Humboldtning tabiatning umumiy aloqalar to‘g‘risidagi, K.Ritterning landshaftlar va madaniy sfera to‘g‘risidagi, { F.Rixtgofen, A. Herbertsin,} A.N.Krasnovning geografik komplekslar to‘g‘risidagi, V.V.Dokuchayevning tabiat zonalari to‘grisidagi, L.I.Mechnikovning geografik va madaniy geografik muhit to‘g‘risidagi, G. Marshning insonning tabiat bilan o‘zaro ta’sir to‘g‘risidagi [D.N.Anuchinning] asarlarida ham mavjud.
Geografik qobiq – tarixan shakllangan, sifat jihatdan o‘ziga xos, uzluksiz rivo­jlanadigan, litosfera, hidrosfera va atmosferaning o‘zaro ta‘siri va bir-biriga kirib turishi natijasida vujudga kelgan hamda Quyosh ener­giyasi va organik olamning ta’siri ostida shakllangan bir butun va nomuvozanatli tabiiy sistemadir.
Geografik qobiq – Yerning eng murakkab moddiy sistemasidir. Uning o‘siga xos xususiyatlari Yer yuzasi sharoitlarida uzoq geologik davrlarda tabiiy jismlarning o‘zaro ta’siri natijasida tarkib topgan.
Geografik qobiq dinamik tizim bo‘lib, unda moddalarning harakati uzluksiz kechadi, energiya y‘nalishining o‘zgarishlari va ritmik garayonlar sodir bo‘ladi. Bu jarayonlar geografik qobiq va tashqi olam orasida va, shuningdek, geografik qobiqni tashkil euvchi kichik sistemalar orasida energiya ba modda aylanishining murakkab sistemasini hosil qiladi. Modda va energiya harakati geografik qobiqning barca qismlarini bog‘lab turadi va uning bir butun bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Geografik qobiq uchun Yer bag‘irlari va va tashqi geosferalar moddalarining xilma – xilligiga nisbatan bir necha marta ko‘proq bo‘lgan moddalar tarkibibining nihoyat xilma – xilligi xos. Geografik qobiqda har uchala agregat holatda tarqalgan moddalarning fizikaviy tavsiflarining (zichlik, issiqlik o‘tkazuvchanligi, issiqlik sig‘imi, qayishqoqligi va b.) keng diapazoniga ega, moddalarning kimyoviy tarkibi va faolligi juda xilma-xildir. Geografik qobiqda organik, noorganik va bionoorganik moddalar ajratiladi.
Geografik qobiqqa tushadigan energiya turlari va uning o‘zgarishi shakllari juda xilma-xil. Energiyaning xilma-xil o‘zgarishlari orasida uning to‘planish jarayonlari (masalan, organik modda ko‘rinishida) alohida mavqega ega.
Geografik qobiq sayyoramizning erkin energiyaning har xil turlariga boy bo‘lgan eng murakkab qobig‘idir. Bu qobiqda moddalar bir paytda va barqaror holda qattiq, suyuq va gazsimon holatda mavjud va bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Unda Quyosh nur energiyasining yutilishi, o‘zgarishi va to‘planishi sodir bo‘ladi; tabiiy jarayonlarning ham Quyosh, ham Yerning ichki energiyasi tufayli mu­rakkab o‘zaro ta’siri kuzatiladi. Aynan geografik qobiqda geologik tarixiy taraqqiyot jarayonida uning o‘zgarishi va murakkablashuvining muhim omiliga aylangan hayot­ning paydo bo‘lishi va rivojlanishi uchun sharoitlar vujudga keladi; organik olamning tadrijiy rivojlanishi geografik qobiq doirasida odamning paydo bo‘lishiga va kishilik jamiyatining shakllanishiga olib keldi. Pirovardida geografik qobiq insonning hayotiy va ishlab chiqarish faoliyatining muhi­tiga aylandi.
Geografik qobiqning yaxlitligi va bir butunligi uning komponentlarining mujas­sam o‘zaro bog‘liqligi va ta‘siri hamda doimiy ravishda energiya va modda almashuvi tufaylidir. Ammo geografik qobiq ajralib turadigan, berk tizim emas. U Koinot to­monga ham, Yerning ichki qatlamlari tomoniga ham ochiqdir va ularning turli xil ta‘siri ostidadir. Geografik qobiq komponentlarining o‘zaro aloqalasi, o‘zaro ta’siri va o‘zaro taqozasi negizida ham komponentlar (geosferalar), ham geografik qobiq va Koinot orasidagi modda va energiya almashinuvi turadi. O‘zaro modda va energiya almashinuvi jarayonida bir komponentagi modda va energiyaning bir qismi usluksiz ravishda boshqa kom­ponentlarning tarkibiga o‘tadi, energiya bir turdan boshqa turga o‘zgaradi. Umuman o‘zaro almashuv mujassam bog‘liq bo‘lgan, ammo teskari tomonga yo‘nalgan modda va energiyaning kirimi va sarfi, ularning balansi jarayonlaridan hamda assaimiyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlaridan tashkil topgan. Aynan bu holat geografik qobiqning har bir geologik davrdagi dinamikasini ham,uning muayyan vaqt davomida rivojlan­ishi, tabaqalashuvi va murakkablashuvini ham belgilaydi. Modda va energiya balansi geografik qobiq rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchini ifoda etadi va uning aso­siy jarayonlarining – tabaqalashuvning regional, zonal, landshaft, sektorial va boshqa turlarining dinamikasini belgilaydi. Geografik qobiqning tabaqalashuvi, bir tomondan, Yer yuzasi radiatsiya rejimining o‘zgarishi va unga tushadigan issiqlik miqdori bilan, ikkinchi tomondan, geografik qobiqning tuzilishi va dinamikasida suv (issiqlik va nam balansi) va biokomponentlar ishtirokining turlicha darajasi bilan bog‘liq.
Energiya va modda almashinuvi va o‘zgarishining barcha majmuasini geografik qobiq va uni tashkil etuvchi tabiiy - hududiy komplekslarning mavjudligi (faoliyati)ni tashkil etadi.
Geografik qobiq tarkibi va tuzilishining juda murakkabligiga ko‘ra Yerning boshqa qobiqlaridan tubdan farq qiladi hamda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Geografik qobiqning eng muhim xususiyatlari quyidagilardan iborat:
- geografik qobiq - sayyoraviy miqyosdagi geosistemadir; faqat geografik qobiq doirasida moddalar bir paytda 3 fizikaviy (qattiq, su­yuq va gazsimon) holatda bo‘ladi. Aynan shu tufayli geografik qobiq sifat jihatidan bir-biridan farq qiladigan, bir-biriga kirib turadigan va bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan 4 ta geosfera - troposfera, hidrosfera, stratisfera va biosferadan tashkil top­gan:
- geografik qobiqning barcha geosferalari va qismlari mujassamlashgan o‘zaro ta‘sirda va o‘zaro bog‘liqlikda bo‘ladi. Bu xususiyatlar geografik qobiqning rivojan­ishini belgilaydi hamda uning bir butun va yaxlit murakkab majmua, tabiiy tizim bo‘lishini ta’minlaydi. Tabiatdan foydalanish jarayonida geografik qobiqning bu xusussiyatlarini albatta e’tiborga olish lozim, xolbuki bu oqilona foydalanish maqsadlarida tabiatni o‘zgartirishda yaxlit tizimning birorta qismining o‘zgarishi uning boshqa qismlarida va butun tizimda o‘zgarishlarga olib keladi. Shu sababli tabiatdan kishilik jamiyati bu tizimning ayrim qismlariga ta‘sir ko‘rsatishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha oqibatlarini e‘tiborga olishi lozim va unda nomaqbo‘l o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Geografik qobiqning sferalari va komponentlarining o‘zaro ta‘siri, ularning ziddiyatlari unung uzluksiz rivojlanishining, murakkblashuvining, bir bosqichdan boshqasiga o‘tishining asosiy sababidir.
- geografik qobiq ochiq sistema bo‘lib, u tashqi olamdan ajralib qolgan emas, balki u tashqi olam bilan uzluksiz o‘zaro ta‘sirdadir. Geografik qobiqning tashqi olam bilan o‘zaro ta‘siri uning mavjud bo‘lishi va rivojlanishining eng muhim sharoitidir. Geografik qobiq uchun Koi­not va Yerning ichki sferalari (mantiya va yadro) tashqi olamdir. Koinot bilan o‘zaro ta’sir dastavbal Quyosh energiyasining geografik qobiqqa kelishida va o‘zgarishida hamda geografik qobiq tomonidan issiqlikning tarqalishida namoyon bo‘ladi. O‘z navbatida atmosferaning yuqori qatlamlariga ko‘tarilib, sayyoralararo fazoga o‘tib ketadigan yengil gazlarni (vodorod, geliy) doimiy ravishda yo‘qotib turadi.
Yer po‘stidan uning ichkarirog‘idagi sferalariga temir, magniy, oltingugurt va boshqa elementlar, ulardan esa kremniy, kalsiy, kaliy, natriy, aluminiy, radioaktiv va boshqa elementlar o‘tadi.
- geografik qobiq bir bosqichdan boshqasiga o‘tadi, uzluksiz rivojlanadi, mu­rakkablashadi. Geografik qobiqda yangi shakllarnng vujudga kelishi ham, murak­kabroq hosilalarning parchalanishi ham sodir bo‘ladi, ya’ni tabiatning asosiy qonun­laridan biri – sintez va parchalanish hamda ularning birligi qonuni amalga oshadi (Go­jyev, 1963).
- geografik qobiqning rivojlanishi ritmlilik va oldinga tomon harakati, ya’ni oddiyroqdan murakkabroqqa o‘tishi, uning zonalligi, landshaft tuzilmasining uzluksiz mu­rakkablashuvi bilan ifodalanadi.
- geografik qobiq va uning qismlarining rivojlanishi “rivojlanishning getero-xronlik qonuni”ga (Kalesnik,1970) bo‘ysunadi. Bu qonun geografik qobiq tabiati rivo­jlanishinig turli joyda ayni bir paytda sodir bo‘lmasligida namoyon bo‘ladi. Masalan, XX asrning 20 – 30 – yillarida shimoliy yarim sharda iqlimning isishi, janubiy yarim sharda esa sovushi kuzatildi.
- geografik qobiqda organik hayotning mavjudligi uning eng muhim xususi­yatlaridan biri hisoblanadi. Organik olamning paydo bo‘lishi bilan atmosfera , gidros­fera va litosferada tub o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, pedosfera vujudga keladi. Geografik qobiq rivojlanishining muayyan bosqichida odam paydo bo‘ldi va tabiat bilan o‘zaro ta‘sirda bo‘la boshladi. Shu sababli geografik qobiq jamiyat hayoti va faoliyatining tabiiy muhitidir.
- geografik qobiqda hududiy (regional) tabaqalashuv mavjud. Yaxlit geografik qobiq hududiy jihatdan xilma-xil bo‘lib, murakkab tuzilishga ega. Geografik qobiq uchun bir tomondan kontinuallik, ikkinchi tomondan esa diskretlik xos. Diskretlik -geografik qobiq moddalari va energiyasi tabaqalashuvi jarayonlarning namoyon bo‘lishidir. Bu jarayonlar yaxlit tarkibda o‘z funksiyasini bajaradigan alohida qismlarning ichki strukturaviyligi tomonidan bel­gilanadi Tabaqalashiuv va integratsiya jarayonlari tabiatda birgalikda va bir paytda amalga oshadi. Shu sababli ularni dialektik birlikda qaramoq lozim.
Geografik qobiqning kontinualligi uning komponentlari va tarkibiy qismlarining modda va energiya oqimi orqali bog‘langanligi sabablidir. Geografik qobiqning diskretligi unda nisbiy yaxlitlikka ega bo‘lgan tabiiy hududiy komplekslarning tarqal­ganligida namoyon bo‘lsa, uning kontinualligi komponen­tlarining bir-biriga kirib turishi, energiya va modda oqimlari, ularning global aylanishi, ya’ni integratsiya jarayonlari bilan bog‘liq.
Geografik qobiqnig kontinualligi va diskretligining dialektik birligi turli xil kattalikdagi tabiiy hududiy komplekslar – landshaftlarni ajratish imkonini beradi. Geografik qobiq murakkab sistemalardan yoki tabiiy hududiy komplekslar (landshaftlar, geosistemalar)dan tashkil topgan. Geografik qobiq hududiy uyushgan sistema sifatida ifodalanadi va bu sistema tabiiy va sotsial-iqtisodiy subsistemalardan iborat. Hududiy jihatdan uyushgan har ikkala subsistema o‘zaro ta’sirdadir.
-geografik qobiqda energiyaning bacha turlari mavjud;
-geografik qobiqda materiya uyushuvining juda ko‘p shakllari – erkin atom­lardan tortib yuqori darajada uyushgan jonli materiagacha mavjud.
Shunday qilib, geografik qobiq – bu litosfera, hidrosfera, atmosfera va biosferaning o‘zaro ta’sirida vujudga kelgan va rivojlanadigan tabiiy hosila, sferik shakldagi yaxlit moddiy – energetik sistemadir.

B.V.Sochavaning fikricha ekologiyaning keng talqin qilinishiga qaramasdan XX asr 30-yillarining ekotopologiyasi oldida turgan muammolarning ko‘pchiligi hozirgi ko‘rinishda geografiya fanlari jabhasiga – geosistemalar to‘g‘risidagi ta’limotga o‘tdi. Geosistemalar to‘risidagi ta’limot tufayli geografiya geosistemaning biotik qismini tashkil etadigan ekosistema to‘g‘risidagi ekologiya fani bilan aloqalari mustahkamlandi. Zero, har ikkala fan ham sistemalar bilan ish ko‘radi. Ammo fanga sistemali yondashuvning kiritish ustuvorligiga ekologlar ega bo‘lishdi. A.Tensli 1935 yilda fanga birinchi bo‘lib ekosistema tushunchasini kiritdi va ular to‘g‘risidagi ta’limotga asos soldi. Umuman olganda, geograflar bu sohada ekologlardan ko‘p ham ortda qolishmadilar. Chunki L.G.Ramenskiyning turli yashash joylari va hayot muhitining bog‘liqligi to‘risidagi ekotopologiya ta’limoti, V.N.Sukachyevning biogeotsenozlar to‘g‘risidagi ta’limoti mazmun va mohiyatiga ko‘ra ekosistema to‘g‘risidagi ta’limotga juda yaqin edi.1939 yilda K.Troll mohyatiga ko‘ra “yerlar ekologiyasi”ga o‘xshash “landshaft ekologiya“ termini taklif qildi. L.G.Ramenskiy tomonidan yaratilgan ekotopologik konsepsiya ekologiyani geografiya bilan juda yaqinlashtirdi.


B.V.Sochavaning fikricha, geosistemalar to‘risidagi ta’limot landshaftshunoslikka nisbatan yashash muhitining geokologik sharotlariga yo‘naltirilishi ma’nosida ancha ko‘proq ekologik yo‘nalishga ega. Chunki landshaftshunoslik yaqin paytlarga qadar asosan litogen asosda rivojlandi va shu sababli unda tabiiy muhitning jamiyat bilan aloqalarini ochib berishga va tabiiy muhitning ekologik xossalarini o‘rganishga yetarlicha intilish bo‘lmadi. Geogafiyaning ekologiya bilan yaqinlashuvi uzluksiz davom etmoqda. Bunda geograflarning qiziqishi doimo asosan yirik regionlarni o‘rganishga, ekologlarning e’tibori esa muayyan biogeosenozlarni va elementar geosistemalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan bolsa, hozirgi paytda ekologik tamoyillar biosfera (geografik qobiq)gacha tarqaldi.Majmuali geografik yondashuvni tabiiy muhitning eng kichik birliklarigacha qo‘llanilishi esa kishilik jamiyatining atrof muhitini mufassal o‘rganish va optimallashtirish uchun juda muhim sharoitdir. Ayrim biologlarning fikricha (V.D.Fyodorov, T.G.Gilmanov va b.) ham landshaftlarni, biomlarni va biosferani o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan uyushuvning yuqoriroq darajalari qisman biologlar tasarufida va ularni geografiya fanlaridan bo‘lak holda o‘rganib bo‘lmaydi.
“Geosistema” tushunchasiga berilgan ko‘pgina ta’riflar mavjud. Bu ta’riflarni uchta guruhga birlashtirish mumkin(“Oxrana landshaftov”, 19). Keyingi yillarda Yerning tabiiy geografik birliklari to‘g‘risidagi ilmiy tushuncha sifatida geosistema barcha geografik (tabiiy, sotsial-iqtisodiy va sotsial-tabiiy) sistemalar uchun ham qo‘llanilmoqda.
Geosistemalar – “tabiatning ayrim komponentlari bir – biri bilan sistemali aloqada bo‘lgan va muayyan bir butunlik sifatida Koinot sferasi va kishilik jamiyati bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lgan” turli darajadagi tabiiy birliklardir. Tabiiy va antropogen geosistemalar tashqi ta’sirlarga turli darajada reaktsiya beradi, chunki tabiiy geosistemalar asosan tabiiy omillar ta’sirida, antropogen geosistemalar esa ham tabiiy, ham antropogen omillar ta’sirida rivojlanadi. Ammo ta’kidlash lozimki, texnogen omilning hatto intensiv ta’siri sharoitlarida ham tabiiy omillar texnogen omillarga nisbatan ustuvorlik qiladi.
Ekologik yondashuvda geosistema (landshaft) ekosistema sifatida o‘rganiladi va tirik organizmlar bu yondashuvning “mag‘zi”ni tashkil etadi. Ba’zi adabiyotlarda “geosistema” va “ekosistema” tushunchalari sinonimlar sifatida qaraladi. Ammo bu fikrga to‘liq qo‘shilib bo‘lmaydi. Ekologik yondashuvda geosistemalarning bir butunligi tirik organimlarning faoliyatiga bog‘liq holda tushuntiriladi. Ammo ekologlar o‘rganilayotgan predmetni “biosentrik”, geograflar esa “polisentrik” (Isachenko, 1972) yoki “geotsentrik” (Milkov,1989) jihatdan qaraydilar.Shuningdek, ekosistema va geosistema orasidag farq ularni tushunish uchun foydalaniladigan turli modellarning tafovvuti sifatida idrok qilinadi.Komponentlarning o‘xshash yig‘indisiga (jamlamasiga) ega bo‘lgan ekosistema va geosistema sistemalar ichidagi aloqalarning turli yo‘nalishi bilan farq qiladi. Landshaftdagi aloqalar teng ahamiyatli hisoblangan holda ekosistemada bu aloqalar “xo‘jayin (biota)” tomonga qaratilgan (Preobrajenskiy, 19). {V.S. Preobrajenskiyning fikricha ekosistema va geosistema orasidagi farq ularni tushunish uchun turli modellardan foydalanishdagi tafovvutlarni idrok etish sifatida qaraladiBu sistemalar garchikomponentlar yig‘indisining o‘xshashligiga ega bo‘lsada, ayni paytdasistemalar ichidagi aloqalarning landshaftlarda teng ahamiyatli, ekosistemada esa “xo‘jayin”gay o‘naltirilgan bo‘ladi. Shu sababli Ekologik yondashuv landshaftshunoslik va biogeografiyaning kontaktning yanada mustahkamlanishigaga hamda nazariyasi va metodlarini o‘zaro boyoyshiga imkoniyat yaratdi.}
Ekosistema va geosistema tushunchalarini taqqoslash bu tushunchalar orasidagi ayrim farqlarning mavjud ekanligini ko‘rsatadi. Ekosistema, yuqorida qayd qilinganidek, biosentrik tushuncha bo‘lib, tirik mavjudotlar va ularning yashash muhiti bilan o‘zaro munosabati va o‘zaro ta’sirini ifodalaydi, ya’ni u sub’yekt - ob’yekt munosabatlarini hosil qiladi. Bu munosabatlarda sistema markazida.
Geosistema kabi ekosistema ham tabiatning biotik va abiotik komponentlarini o‘z ichiga oladi, ammo ekosistemani o‘rganishda asosiy e’tibor jonli organizmlarga qaratiladi, ya’ni biota sistemaning “xo‘jayini” sifatida o‘rganiladi. Ekologik tadqiqotlarda asosiy e’tibor tirik organizmlar va ularning turkumlariga qaratlgan holda abiotik muhit uning organizmlar hayotiga bevosita ta’siri nuqtai nazaridan qaraladi.Geosistemada esa barcha komponentlar baravar bahoga ega bo‘lganligi sababli komponentlarni o‘rganishda ular orasidagi o‘zaro aloqalar tahlil qiliniladi. Geosistemalarni o‘rganishda, shuningdek, qo‘shni geosistemalar orasidagi gorizontal aloqalarga ham jiddiy e’tibor qaratiladi. Binobarin, geosistema ekosistemaga nisbatan ancha ko‘proq aloqalarni va munosabatlarni qamrab oladi. Shuningdek, geosistema ekosistemadan aniq hajm (kattalik)ga va chegaralarga ega bo‘lishi bilan ham farq qiladi. Chunki, hajmi (kattaligi) va chegaralariga ko‘ra ekosistema geosistemaga barcha hollarda ham mos tushavermaydi.
Geografik – ekologik jihatdan “biogeotsenoz” tushunchasi ham muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, fitosenoz, zoosenoz va mikrobiosenoz birgalikda biosenozni vujudga keltiradi. Biosenoz va u bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan ekologik sistemani yoki ekosistemani hosil qiladi. Biosenozning o‘zi ham muayyan kattalikdagi ekosistemadir. Biosferaning o‘zi ham umumsayyoraviy kattalikdagi ekosistemadir. O‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning Yer yuzasining ozmi – ko‘pmi bir xil sharoitlarga ega bo‘lgan joylarda yashaydigan nisbatan barqaror turkumlari biotsenozlar deyiladi. Muayyan joy uchun xos bo‘lgan tabiiy muhitni jonsiz, abiotik komponentining majmuasi biotop deyiladi. Biotsenoz biotop bilan birgalikda biogeotsenozni hosil qiladi.
“Biogeosenoz” termini dastlab 1948-yilda V.N.Sukachyev tomonidan ilmiy muomilaga kiritilgan. V.N. Sukachyev biogetsenozga shunday ta’rif bergan: “Biogeotsenoz – Yer yuzasining muayyan masofasidagi bir xil tabiiu hodisalar (atmosfera, tog‘ jinslari, o‘simliklar, hayvonot dunyosi, mikroorganizmlar dunyosi, tuproqlar va gidrologik sharoitlar)ning majmuasidir. Bu majmua uni tashkil etuvchi komponentlar orasida hamda tabiatning boshqa hodisalari bilan modda va energiya almashinuvining muayyan tipiga ega” (1964). V.N. Sukachyevning biogetsenozga bergan ta’rifida unda modda va energiya almashinuvini o‘ziga xos tipining, komponenlar dialektik birligining hamda uzluksiz rvojlanishining mavjudligi ta’kidlanadi. Biogeotsenozning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u band etgan hudud (yoki akvatoriya) bo‘ylab biror – bir muhim biotsenotik, tuproq – geokimyoviy, geomorfologik yoki mikroiqlimiy chegara o‘tmaydi. Bu xususiyat tufayli biogeotsenozning yaxlitligi, bir xilligi ta’minlanadi.
N.B.Timofeyev – Resovskiy va A.N.Tyuryukanov (1966) biogeotsenozni biosferaning eng kichik (elementar) birligi, deb hisoblaydilar. Ylarning fikricha biosferaning eng kichik biligi bo‘lgan biogeotsenozda biosferaning biokimyoviy ishi va moddiy – energetik aylanma harakati sodir bo‘ladi. Biogeotsenozning birorta qismi ham bunday aylanma harakatni amalga oshira olmaydi.
K.Troll (1972) fikricha biogeosenologiya geografik – landshaft va biologik – ekologik yondashuvlarning yaqinlashuviga imkon berdi.
Fan – texnika inqilobi sharoitlarida tabiatdan foydalanish muammosining keskinlashuviga bog`liq holda fan, texnika va ishlab chiqarishning umumiy ekologiyalashuvi sodir bo`ldi. Bunda tabiatni turli obyektlari va jamiyatning atrof muhit bilan turli aloqalarini o`rganishga yo`nalish nazarda tutiladi. Bu jarayon fanlararo sintezning ahamiyatini oshirdi.Boshqacha aytganda, so`z ekologik ilmiy tafakkurning rivojlanishi to`g`risida bormoqda. Tabiat va jamiyat o`zaro ta’siri muammolarining yechimda sistemali va ekologik yondashuvlar umumilmiy yondashuvlardir.
XX asrning 70-80 yillarida ekologik g‘oya va muammolarning barcha fanlarga, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish jabhalariga kirib borishi – ekologiyalashtirish amalga osha boshladi. Majmuali geografik muammolar yechimida ham ekologik konsepsiyalar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi va ularning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ishlab chiqarish - jamiyat tomonidan tabiiy resurslarni o‘zlashtirish jarayoni bo‘lganligi sababli ishlab chiqarishni sotsial-iqtisodiy kategoriya va texnikaviy fanlar esa texnologik jarayonlar majmuasi sifatida o‘rganishi sababli ular o‘zlarining tadqiqotlari va amaliy tavsiyalarining boshlanishi va to‘gashini ekologik yondashuv deb hisoblashlari kerak. Binobarin, ekologik yondashuv bo‘lmagan jiddiy ilmiy tadqiqotlar va amaliy ishlanmalar bo‘lishi mumkin emas.
Atrof muhitni o‘rganishga muqaddam faqat biologiya uchun xos bo‘lgan ekologik yondashuv geografiya fanlarida ham faol qo‘llanila boshlandi va таbiiy muhitdan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish va yaxshilashning asoslarini ishlab chiqishda geografiya o‘zini yetakchi fan sifatida namoyon qila boshladi. Shu tufayli landshaftlarning hozirgi holatini o‘rganishga doir tadqiqotlarning kengayishida, biosfera va uning ayrim hududlarinining mavjudligi va rivojlanishida jamiyatning rolini ochib berishda, global va regional monitoring tizimlarini ishlab chiqishda ekologik yondashuv muhim ahamiyat kasb etdi va geografiyaning barcha sohalarida ekologiya bilan integratsiyasi kuchaydi.Ammo, biologlardan farq qilgan holda geograflar nafaqat bioekologik, balki geografik va sotsial – iqtisodiy jihatlarini ham ishlab chiqadilar. Geografiyadagi “tabiat – jamiyat” ekologik yo‘nalishi hozirgi davrda asosiy ilmiy yo‘nalishga aylandi. Rossiyalik faylasuf olim ta’kidlaganidek, “inson - biosfera” munosabatlarining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatini tashkil etuvchi masalalarning integral interpretatori mas‘ziga oladigan fanlar orasida geografiya munosib o‘rin egalladi. Geografiyada ekologik jihatlar juda ko‘p, chunki ekosistemalarni turli yo‘nalishlarda qarash mumkin. Ekologik muammolar miqyoslarining sifat va miqdor jihatidan tobora kuchayib borayotgan sharoitlarda geografiya o‘zining tadqiiqot imkoniyatlarining barcha arsenali va to‘plangan tajribasi hamda axborotlaridan turli mioqyoslardagi ekologik muammolar yechimiga faol kirishishi lozim. Hozirgi paytda geografiya dastavval ishlab chiqarishni va atrof muhitni ekologiyalashtirishning hududiy jihatlarining ilmiy asoslarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishi kerak. Shu sababli hozirgi fan – texnika taraqqiyoti sharoitlarda bu vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun ilmiy – amaliy tadqiqotlarida ekologik muammolar muhim ahamiyat kasb etmog‘i lozim.
Keyingi yillarda geografiya ekologiyalashuvga qo‘yilgan sotsial buyurtmaga javob bera boshladi. Bu sohada nazariy va amaliy ishlar amalga oshirildi, antropogen ta'sirlarni kartada ifodalashga doir muhim odimlar qo‘yildi. Ekologiya va geografiya bir-birini to‘ldiradigan fanlarga aylandi. Chunki geografiyaning ekologiyalashuvi muayyan hududdagi tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni birgalikdagi ta’sirini tahlil qilishni taqoza etadi. Geografik tadqiqotlarda ekologik yondashuv keng qo‘llanila boshlandi. Hozirgi haytda ham geografik muammolar yechimiga ekologik yondashuvlarning ahamiyati juda katta bo‘lmoqda. Ma’lumki, tushunchalar, ko‘rsatkichlar,tamoyillar va usullaning o‘ziga xos tizimlariga tayanadigan tadqiqotlar strategiyasi yondashuv deyiladi. I.P.Gerasimovning (1974), fikriga ko‘ra, ekologik yondashuvning asosiy maqsadi muayyan tabiiy yoki iqtisodiy fan tomonidan o‘rganilayotgan obyektlar (jarayonlar) va atrof muhit orasidagi aloqalarni belgilash va tadqiq qilishdan iborat. Tabiiy abiotik, biotik va texnogen komponentlardan tashkil topgan, jamiyat faoliyati tufayli o‘zgartirilgan (yoki yangitdan yaratilgan) majmuya sifatida tushuniladigan atrof muhitning turli xil o‘zaro aloqalari ekologik yondashuvning mazmunini tashkil etadi. Geografik va ekologik nuqtai nazarlarning yaqinlashuviga va ulardagi g‘oyalarning o‘zaro bir-biriga o‘tishiga arof tabiiy muhitni sistemalar nazaryasi nuqtai nazaridan talqin qilish imkonini berdi.
Geografiyaning ekologiyalashuvi fanning “jamiyat – tabiat” tizimidagi o‘zaro munosabatlarini boshqarishning sotsial – iqtisodiy muammolar yechimidagi ishtiroki nuqtai nazaridan qaraladi. Geografik qobiqning tadrijiy taraqqiyotini, geografik qobiq va biosfera o‘zaro aloqalarini ekologik muammolar yechimining tabiiy asosi sifatidagi fundamental tadqiqotlarni kuchaytirish imkoniyatlarini beradi. Geografiyaning ekologiyalashuvi uning ichki tuzilishi va rivojlanishiga integrativ ta'sir ko‘rsatdi hamda tabiiy va sotsial – itisodiy geografik kichik tizimlarining jipslashuviga olib keldi.
Ekologik yondashuv har qanday muammoni markaziy vazifaga yo‘naltiradi. Masalan, ekologiyaning o‘zida Yerdagi barcha jonli mavjudotlarning majmuasi (biosfera) bu vazifani bajaradi, qolgan barcha jismlar, hodisalar va jarayonlar unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardir. Ekologik yondashuv har qanday geografik hodisani o‘rganishda uning “muhit”ini (funktsional atrofni tashkil etuvchi omillar majmuasini) belgilashni, har bir omilning alohida holdagi va muayyan “predmet”ning hayotiy faoliyatidagi ularning barcha majmuasining ahamiyatini (funktsiyasini) ochib berishni,“predmet”ning “muhit”ga aks ta’sirini belgilashni, muayyan “ekosistema”ning o‘zaro ta’sirini aniqlashni taqoza etadi. Ekologlar o‘rganilayotgan predmetni “biosentrik”, geograflar esa “polisentrik” jihatdan qarashlari tufayli ekologiya landshaftshunoslik bir-birini to‘ldiruvchi fanlarga aylandi. Chunki R.C. Clements (1973) ta’kidlaganidek, “ehdilikda biz landshaftni fizikaviy, kimyoviy va biologik sistemalarni o‘z ichiga oladigan dinamik jarayon sifatida, qisqacharoq qilib aytganda, ekosistema sifatida ko‘ra bilmog‘imiz lozim”.Ekologik sistemalarda asosiy bug‘inni “predmet’ tashkil etadi, “muhit” esa predmetning ekologik sistema “xujayin”ini sifatida mavjudligiga taalluqlidir. A.A.Mints va B.S.Preobrajenskiy (1973) “uy” va “xo‘jayin” munosabatlarini belgilash ekologik yondashuvning va uni geografiyada qo‘llanilishining muhim belgisi deb hisoblaydilar.
K.Trollning fikricha, tabiiy - geografik rayonlashtirish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan regional birliklarning mohiyatini tushuntirish uchun geografiyaga yanada chuqurroq ekologik bilimlar kerak; ekologiya o‘z navbatida ilgaridagiga nisbatan ham ko‘proq hayotiy uyushmalarnng regional tabaqalashuviga va kartaga tushirishga ko‘proq e’tiborni qaratish lozim.
Geografiya va ekologiya fanlarining birgalikdagi harakatlari negizida Yerni va undagi hayotni kompleks tadqiqotlari rivojlanadi. K. Trollga ko‘ra bu ikkala fan “ekofan” umumiy nomi bilan birlashadi.
Geografiyaning ekologiyalashuvi muayyan landshaft (geosistema)dagi tabbiy va ijtimoiy jarayonlarni birgalikdagi ta’sirini tahlil qilishni taqoza etadi.Ekologik yondashuv landshaftshunoslik va bioekologiyaning aloqalarining yanada mustahkam bo‘lishiga, ularning nazariyasi va metodlarining o‘zaro boyishiga imkon berdi. Shu sababli ekologik yondashuvning landshaftshunoslik tamoyillari bilan qo‘shilishi natijasida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, qayta tiklash va muhofaza qilish muammolari bilan mujassam bog‘langan ladshaft ekologiya tarkib topdi.
Ekologik yondashuv tabiat va jamiyat o‘zaro ta’sirini makon va zamondagi qonuniyatlarini o‘rganishni, tabiiy – antropogen geosistemalarni ularning dinamikasi tendensiyalarini tahlil qilish asosida bashoratlashtirish tamoyillarini ishlab chiqishni, landshaftlardan insonning xo‘jalik faoliyatida foydalanish jarayonida ulardagi o‘zgarishlarning monitoringini tashkil etish va baholashni taqoza etadi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI



1. Гвоздецкий Н.А. Основные проблемы физической географии. М., Высшая
школа. 1979.
2. Забелин И.М. Физическая география в современном естествознании. М.,
Просвещение. 1979.
3. Зокиров Ш.С. Кичик ҳудудлар табиий географияси. Т., Университет. 1999.
4. Zokirov Sh. Antropogen va amaliy landshafshunoslik. Toshkent, 1998.
5. Мильков
Ф.Н. Физическая география: современное состояние,
закономерниости, пролблемы. Воронеж. 1981.
6. Юренков
Г.И. Основные проблемы физической географии и
ландшафтоведения. М., 1982 .
7. Трофимов А.М., Шарыгин М.Д. Общая география: вопросы теории и
методологии. – Пермь, 2007.
Yüklə 24,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə