Hayot faoliyati xavsizligi fanidan mustaqil ish



Yüklə 1,09 Mb.
tarix11.09.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#121644
ТБ


O’zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

Hayot faoliyati xavsizligi fanidan
MUSTAQIL ISH.

Bajardi: Po’lotov A O’


Tekshirdi:___________
Mustaqil ishlar bo’yicha savollar.
1.Ishlab chiqaishdagi baxtsiz xodisalar bo`yicha vaziyatli masalalar (kazuslar) tuzish.
2. Mutaxasisligiga oid xorijiy davlatlarda mehnat muhofazasi va xavfsizligiga qo`yilayotgan talablar bo`yicha tezis yozish.
3. A5,A6,A7 -Amaliy mashg`ulotlar bo`yicha normativ me`yorlarni topshirish
A5 Nafas olish yo’llarini himoyalash vositalari (gazniqobi, R-2 respiratori).
A6 Terini himoyalash vositalari
A7 FV sodir holatlarda aholining birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.
4. Mehnatni muhofaza qilishga oid asosiy tushunchalar
5. Xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi 6. Mehnatni muhofaza qilish qonunning amal qilish sohasi
7.Kasaba uyushmalarining, xodimlar boshqa vakillik organlarining
8. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
9. Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
11. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining vakolatlari
12. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
13. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
14. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
15. Tashkilotning mehnatni muhofaza qilish xizmatlari
16. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari
17. Ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyasi
18. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi
19. Mehnatni muhofaza qilishni moliyalashtirish
20. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
21. Xodimlarni sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan tuzli suv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlash
22. Obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish va ta’mirlash chog‘ida mehnatni muhofaza qilishga oid talablarni ta’minlash
23. Tashkilotlarning mehnatni muhofaza qilish vositalarini yaratish va ishlab chiqarish borasidagi faoliyatini rag‘batlantirish
24. Ish beruvchining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquqlari va majburiyatlari
25. Xodimning mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquqlari va majburiyatlari
26. Majburiy tibbiy ko‘riklar
27. Xodimlarning ayrim toifalari uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
28. Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi
29. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga javob bermaydigan, ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan mahsulotni ishlab chiqarganlik va sotganlik uchun javobgarlik
30. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvi
31. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashdagi ishtiroki

3. A5 Nafas olish yo’llarini himoyalash vositalar inson tanasiga, ichki organlariga, terisiga va kiyim-kechaklariga radioaktiv moddalarni, zaharli birikmalarni va biologik tumanlarni tutishdan saqlaydi. Shaxsiy tartibda saqlovchi vositalar qo'llanilishiga ko'ra: terini saqlovchi, nafas organlarini, yuz-ko'zni saqlovchiturlarga bo`linadi. Bundan tashqari filtrlovchi hamda ajratuvchi (izolyatsiyalovchi) turlarga bo`linadi. Bunday vositalarga tibbiy saqlovchi vositalar ham kiradi.


Gazniqoblar - nafas yo`llarini, yuz-ko'zni har xil zaharli ta'sirlardan saqlaydi. Gazniqoblar filtrlovchi va ajratuvchi (izolyatsiyalovchi) xillarga bo'linadi. Fuqaro muhofazasi bo`yicha quyidagi filtrlovchi gazniqoblar: GP-5, GP5M, GP-7, GP-7V;
Resperator R-2 Respiratorlar nafas a'zolarini radioaktiv va tuproq changlaridan va bakterial aerozollardan himoya qiladi. Hozirgi vaqtda respiratorlardan R-2 va ShB-1 "Lepestok" keng qo'llanilmoqda. R-2 respiratori uch qavatli materialdan tayyorlangan bo'lib, yuqori qavati penopoliuretandan yasalgan. Respirator himoyalovchi rangga bo'yalgan bo'ladi, ichki qavati polimer polietilen plyonka bilan o'raladi. Havo o'tkazish uchun ikkita nafas oluvchi klapan o'rnatilgan, penopoliuretan va polietilen plyonka orasiga filtrlovchi polimer tolalaridan to`qilgan material qo'yiladi. Respiratorning yuqori qismida yarim niqobni kishi yuziga jipslashtirib joylashtirish uchun burun qisqich o'rnatilgan. Respirator yana boshga mahkamlash uchun egiluvchan ikkita rezina tasma bilan jihozlangan. Nafas olgan vaqtda havo respirator bilan filtrning butun sirtidan aylanib o'tib changdan tozalanadi va nafas olish klapanlari orqali nafas olish a'zolariga yetib keladi. Nafas chiqarilgan vaqtda havo tashqariga nafas chiqaruvchi klapan qopqog'i orqali chiqib ketadi. R-2 respirator uch xil o'lchovda 1-3 tayyorlanadi. O'lchovlar yarim niqobning iyakka taqiladigan ichki qismiga yozib qo'yilgan bo'ladi. Shuni esda tutish kerakki, respirator nafas uchun olinadigan havoni kislorod bilan boyitmaydi va zaharli moddalarning gazlari hamda bug'laridan himoya qilmaydi. ShB-1, Lepestok respiratori maxsus yuqori filtrlash xususiyatiga ega bo'lgan materialdan tayyorlangan. Respirator ishlatib bo'lingandan so'ng uni dezaktivatsiya qilish kerak. Buning uchun yarim niqobning tashqi qismini urib changi chiqarib tashlanadi yoki bo'lmasa cho'tka yordamida changdan tozalanadi, yarim niqobning ichki tomonidagi yuzasi nam latta bilan artiladi va quritiladi. Quritilgan respirator maxsus polietilen xaltada saqlanadi.
3. A6 Terini himoyalovchi Shaxsiy vositalar himoyalash xususiyatiga qarab filtrlovchi va ajratuvchilarga bo'linadi. Terini ajratuvchi himoya vositalari havo o'tkazmaydigan materiallardan tayyorlanadi. Ular zich yopiladigan (germetik) va zich yopilmaydigan (nogermetik) bo'lishi mumkin. Zich yopiladigan vositalar kishi tanasini berkitadi va zaharlovchi moddalarning bug'i va tomchilaridan to'liq himoya qiladi. Zich yopilmaydigan vositalar esa faqat tomchi holidagi zaharlovchi moddalardan himoya qiladi. Bundan tashqari, bu vositalar kishi terisini bevosita radioaktiv va bakterial vositalar ta'siridan ham himoya qiladi. Terini himoya qiladigan filtrlovchi vositalar ip gazlamadan tayyorlangan bo'lib, unga maxsus kimyoviy modda shimdiriladi. Bunda matoning havo o'tkazuvchanligi saqlanib qoladi, zaharlovchi moddalar iplar orasidan o'tayotgan vaqtda yutiladi va neytrallanadi. Terini himoya qiladigan ajratuvchi shaxsiy vositalarga umumharbiy himoya to'plami (OZK), plyoenkali himoya kostyumi (KEP) kiradi.
3.A7




26. Majburiy tibbiy ko‘riklar Ish beruvchi o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning va umumiy belgilangan pensiya yoshiga etgan shaxslarning, nogironlarning, shuningdek bir qator kasblar va ishlab chiqarishlar xodimlarining O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda dastlabki tarzda (ishga kirayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilishini tashkil etishi shart. Tibbiy ko‘riklar tashkilotlarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi davolashprofilaktika muassasalari tomonidan, bunday muassasalar mavjud bo‘lmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan erdagi hududiy davolashprofilaktika muassasasi tomonidan o‘tkaziladi. Qonun hujjatlariga muvofiq majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tishi lozim bo‘lgan shaxslar boshqa ishga o‘tkazilgan taqdirda ham tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish majburiyati ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi. Tibbiy ko‘riklardan o‘tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo‘lmaydilar. Xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emas. Xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki ular o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalariga ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda ish beruvchi ularni ishga qo‘ymaslikka haqli. Agar xodim o‘z sog‘lig‘ining holati mehnat sharoitlari bilan bog‘liq holda yomonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy ko‘rik o‘tkazilishini talab qilish huquqiga ega. Tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish vaqtida xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi.
Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə