|
Hemis platformasida o`qituvchi profilida ish yuritishni o`rganish va o`rganish natijalari to`g`risida hisobot
|
tarix | 28.03.2023 | ölçüsü | 218,34 Kb. | | #103372 |
| Hemis platformasida
Hemis platformasida o`qituvchi profilida ish yuritishni o`rganish va o`rganish natijalari to`g`risida
HISOBOT
Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (HEMIS) Ushbu axborot tizimi "Ma'muriy boshqaruv", "O‘quv jarayoni", "Ilmiy faoliyat" va "Moliyaviy boshqaruv" axborot tizimlarini o‘z ichiga olgan. Men kafedramiz o`qituvchisi Karimova Muhayyo bilan birgalikda ushbu platformada ishlash bo`yicha dastlabki ko`nikmalarni o`rgandim. O`quv jarayoni tizimida o`quv yili, fanlar, semestrlar, nazorat jadvali, baholash tizimi, baholar, davomat kabi menyular mavjud ekan. O`qituvchidan men talabalar davomatini qayd etish menyusida ishlashni o`rgandim. Talabalar davomatini qayd etish uchun Davomat / Fanlar davomati menyusi orqali amalga oshiriladi.
Bundan keyin davomat oynasidan o`quv reja, o`quv yili, semester va guruh tanlanadi va so`ngra ОК tugmasi bosiladi. Natijada fanlar davomati oynasi ochiladi. Ushbu jurnalda talabaning qoldirilgan dars soati va o`qituvchi tomonidan darslar o`tilganligi hamda qoldirilgan dars soatini sababli yoki sababsizga o`tkazish amalini bajarish mumkin.
Bundan tashqari men Oraliq nazorat ma’lumotlarini boshqarish tizimida ham ishlash bo`yicha dastlabki ko`nikmalarni hosil qildim.
Oraliq nazoratni ikki xil ko`rinishda topshiriq va test ko`rinishida tashkil etish mumkin. Oraliqni topshiriq ko`rinishida tashkil etilganda talabalarga topshiriq beriladi.Talaba topshiriqqa javob yo`llaydi va talaba topshiriqqa javob yo`llaydi o`qituvchi esa baholaydi.
Baholangandan so`ng nazorat qaydnomasida qo`yilgan ballar yig`indisi chiqadi.Nazorat test ko`rinishida tashkil etilsa, talabalar testlarga javob beradi, natija esa topshiriqlar oynasi va oraliq nazorat oynasida avtomatik tarzda shakllanadi. Men Hemis platformasida o`qituvchi profilida ish yuritishni o`rganish bo`yicha dastlabki bilimlarga ega bo`ldim.
Psixologiya kafedrasi mudiri: Norbosheva M.
Magistrant: Qorajonova B.
Dostları ilə paylaş: |
|
|