Ichki sekretsiya bezlari



Yüklə 14,86 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü14,86 Kb.
#165492
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI


ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI. QALQONSIMON BEZ VA UNDA UCHRAYDIGAN KASALLIKLAR.
Qodirova Dilfuza Murodjon qizi
Namangan Davlat Universiteti, Pediatriya ishi yo'nalishi, 2-kurs talabasi
E-mail: dilfuzaqodirova991@gmail.com
Tel nomer: +998946371917
Annotatsiya: Ushbu maqolada ichki sekretsiya bezlari, ularning ta'sir mexanizmlari, turlari, funksiyasi, qalqonsimon bez va uning tuzilishi, unda uchraydigan, kasalliklar, davolash choralari hamda profilaktikasi haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: anabolitik va katabolitik gormonlar, distansion ta’sir, periferik bezlar, trop gormonlar, zob, giperfunksiya, gipofunksiya, miksedema, shilliq shishlar, gipotirioz.
Organizm hayot faoliyatining gumoral yo'l bilan idora etilishida eng muhim rolni gormonlar o'ynaydi. Bu moddalar endokrin bezlar ham deb ataladigan ichki sekretsiya bezlarida ishlanib chiqadi. Gormonlar ichki sekretsiya bezlarining hujayralarida hosil bo'lib, to‘g‘ridan-to'g‘ri bezni ta’minlab turadigan tomirlardagi qonga o'tadi, butun organizmga tarqaladi va turli-tuman organlarning faoliyatini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Ba’zi gormonlar organizmning rivojlanishi va o'sishiga, sistemalarining shakllanishiga ta'sir ko'rsatadi. Gormonlarning to'qima va organlarga ko'rsatadigan ta’sir mexanizmi yetarlicha o'rganilgan emas. Gormonlar asosan hujayralarda, ularning sitoplazmatik tuzilishlarida ro'y berib turadigan jarayonlarga ta’sir qiladi. Gormonlarning bir xili hujayra membranasining o'tkazuvchanligini o'zgartirsa, boshqalari, aftidan, hujayraning genetik apparatiga ta’sir ko'rsatib, fermentlar hosil bo'lishini idora etib boradi va shu bilan muayyan biokimyoviy jarayonlami tezlashtiradi yoki susaytirib qo'yadi.Qanday yo'nalishda ta’sir ko'rsatishiga qarab turli bezlarning gormonlarini ikki guruhga bo'lish mumkin — anabolik va katabolik gormonlar.Birinchi guruh gormonlari (gipofizning somatotrop gormoni, qisman insulin) anabolizmni, ya’ni moddalarning sintezi va depolanishini stimullaydi; ikkinchi guruh gormonlari (tiroksin, adrenalin, qisman jinsiy gormonlar) katabolizmni kuchaytiradi, ya’ni organizmda moddalar almashinuvi, energiya hosil qilish va sarflashni kuchaytiradi. Gormonlarning moddalar almashinuviga turli yo'nalishda ta’sir ko'rsatishi ulaming oqsillar, yog'lar va uglevodlar sintezi hamda parchalanishini ta ’minlovchi fermentativ faollikka tanlab-tanlab ta ’sir qilishiga bog'liqdir.Gormonlar qon tarkibi (suv, qand, elektrolitlar miqdori) ni doim bir xilda saqlashda ishtirok etadi va shu bilan gomeostaz regulatorlari xossalarini namoyon qiladi. Gormonlar nihoyat darajada faol moddalardir, chunki juda kichkina konsentratsiyada moddalar almashinuvi hamda funksiyalarining sezilarli darajada o‘zgarishiga sabab bo'ladi. Chunonchi, adrenalin ajratib olingan yurakka lxlO -7 — 1 x 10-9 g/ml konsentratsiyada ta’sir ko'rsataveradi.Ko'pgina gormonlar hozir toza holda olingan. Ular bir qadar murakkab tuzilishga ega bo'lgan organik birikmalardir. Molekulasi nisbatan kichikroq bo'lgan gormonlar, masalan, adrenalin bilan tiroksin, tirozin degan aminokislota unumlari bo'lib, turga xos xususiyatlari (spetsifikligi) yo'q va sintetik yo'l bilan olingan. Oqsil tabiatiga ega bo'lgan boshqa gormonlar (insulin, o'sish gormoni, adrenokortikotrop gormon) kimyoviy tuzilishi va fiziologik faolligi jihatidan har xil turdagi hayvonlarda o'z xususiyatlariga egadir.
Gormonlar to'qimalarda qiyosan tez parchalanib ketadi. Shu munosabat bilan qonda gormonlarning yetarli miqdorda saqlanib turishi uchun tegishli bezdan ular beto'xtov chiqib turishi zarur bo'ladi. Ko'pchilik gormonlar ularni ishlab chiqaradigan bezlardan bir qadar olisdagi organlarga ta’sir ko'rsatadi (distansion ta’sir), bundan tashqari, to'qima gormonlari deb ataladigan gormonlar ham bor (gistamin, serotonin, kininlar, prostaglandinlar), bular to'qimalarning o'zida hosil bo'ladi va ulaming o'ziga ta’sir ko'rsatadi.Bosh miyada joylashgan endokrin bez gipofizda hosil bo'ladigan va trop gormonlar deb ataladigan gormonlar bir qancha ichki sekretsiya bezlariga idora etuvchi ta’sir ko'rsatadi. Trop gormonlar deb, qanday boMmasin maMum bir bez sekretsiyasini kuchaytiradigan gormonlarga aytiladi. Masalan, gipofizda qalqonsimon bez gormoni hosil boMishini kuchaytiradigan tireotrop gormon, buyrak usti bezlari po'stlog'ining gormonal funksiyasini faollashtiradigan adrenokortikotrop gormon hosil bo'lib, qonga chiqib turadi va hokazo. Gipofizda bu gormonlar gipotalamusdan gipofizga o‘tib turadigan va rilizing omillar deb ataladigan alohida sekretlar ta’siri ostida hosil boMib turadi. Har bir ana shunday sekret muayyan trop gormon hosil bo'lishini stimullab boradi. Endokrin bezlarning funksional holati va gormonlar sekretsiyasi tegishli trop gormonlarning qanchalik ishlanib chiqishiga va periferik gormonlarning qondagi miqdoriga ko‘p darajada bogMiqdir. Chunonchi, qonda tiroksin yoki kortizon miqdorining kamayishi tegishlicha tireotrop va adrenokortikotrop gormonlar ishlanib chiqishiga sabab bo'ladi. Aksincha, qonda periferik bezlar gormonlari miqdorining kamayishi trop gormonlar ishlanib chiqishi susayishiga olib boradi. Shu tariqa, gormonlarning ma’lum bir muvozanatda me’yoriy holda hosil bo'lib turishi ta’minlanadi, demak organizmning bir qancha funksiyalari o'zgarmas holda saqlanib boriladi.Odamda gormonal regulatsiyaning buzilishi ogMr kasalliklarga olib keladi. Endokrin kasalliklaming hammasi pirovard natijada ichki sekretsiya bezlari funksiyasining kuchayishi yoki susayib qolishi oqibatidir. Gormonlarning ortiqcha hosil bo'lshi u yoki bu endokrin bezlar giperfunksiyasi deb belgilansa, yetarlicha hosil bo'lib turmasligi o‘sha bezlarning gipojunksiyasi deb yuritiladi. Ana shunday o'zgarishlar ichki sekretsiya bezlarining patologik jarayonlardan birlamchi zararlanishi natijasi bo'lishi yoki trop gormonlar, rilizing omillar sekretsiyasining kamchiliklariga, yo bo'lmasa nerv sistemasining og'ir kasalliklariga aloqador bo'lishi mumkin.Ichki sekretsiya bezlari yetishmovchiligida davo maqsadida odamga gormonlar berib turish o'rinbosar terapiya deb ataladi va amaliyotda keng qo'llaniladi. Bezlar giperfunksiyasida ularning bir qismi olib tashlanadi yoki gormonlar hosil bo'lishini susaytirib qo'yadigan moddalar ishlatiladi.Biroq, gormonoterapiya endokrin kasalliklarning o'zidagina emas, balki boshqa ko'pgina kasalliklarga ham qo'llaniladi. Revmatik artritlar, kollagen kasalliklari, bronxial astma, o'pka sili, yarali kolitlar, ba’zi ko'z kasalliklari va boshqalar singari kasalliklarda yurak usti bezlari po'stlog'ining gormonlari glukokortikoidlar ayniqsa, ko'p ishlatiladigan bo'lib qoldi. Glukokortikoidlar bilan bir qatorda, masalan, odam birdan tinka-madori qurib qolgan mahallarda, xronik infeksiyalarda, jarohatlar yaxshi bitmay turgan va boshqa hollarda qilinadigan kompleks davoda organizmdagi oqsillar sintezini stimullovchi anabolik steroidlar deb atalmish moddalar ham keng qo'llaniladi. Shunday qilib, gormonlar endokrin bezlariga aloqasi bo'lmagan ko'pgina kasalliklarga davo qilishda ishlatiladigan bo'ldi va bundan ham kengroq ishlatiladigan bo'ladi, chunki organizmdagi har qanday kasallik ichki sekretsiya bezlarining funksional holatiga bir qadar ta’sir ko'rsatadi.
Qalqonsimon bez kekirdakning oldi tomonida joylashgan bo‘lib, u ikkita yon qismlardan va bo'yinchasidan iboratdir. Bu bez juda ko'plab qon tomirlari va limfatik tomirlar bilan ta'minlangan. Qalqonsimon bez qon tomirlaridan 1 daqiqada ushbu bezning massiga nisbatan 3-5 marta ortiq qon oqib o'tadi.Qalqonsimon bezning yirik hujayralari kolloid moddalar bilan to'la follikulalar hosil qiladi. Bu moddalar tarkibiga yod bilan aminokislotalar birikmasi shaklidagi bez tomonidan ishlab chiqilgan gormonlar kiradi.Yangi tug'ilgan bolalarda bezning massasi 1 g ga yaqin bo'lsa, 5-10 yoshlarda - 10 g, 12-15 yoshlarda bezning massasi sezilarli darajada ortib voyaga yetgan odamlarnikiga deyarli yetib qoladi - 25-35 g. Qalqonsimon bezning gormoni-tiroksin 65 % gacha yod saqlaydi, Tiroksin -organizmdagi moddalar almashinuvining juda kuchli stimulatori hisoblanadi: u oqsillar, yog'lar va uglevodlar almashinuvini tezlashtiradi. mitoxondriyalardagi oksidlanish jarayonlarini faollashtiradi va bu esa energiya almashinuvining tezlashishiga olib keladi. Ayniqsa, homilaning rivojlanishida to'qimalarning o'sishi va tabaqalanish jarayonlarida gormonning roli juda muhimdir.Qalqonsimon bezning gormonlari markaziy asab tizimiga stimullovchi ta’sir ko‘rsatadi. Bu bez gormonlarining qonga yetarlicha tushmasligi yoki bo'lmasligi aqliy rivojlanishni keskin to'xtashini ko'rsatadi.Olmoniyalik hakam K. Bazedov 1840- yilda birinchi bo'lib qalqonsimon bezning me'yoridan ortiq funksiyasi (giperfunksiyasi) bilan bog'liq bo'lgan kasalliklar haqida yozgan edi. Bu kasalliklar uchun xarakterli belgi bo'lib, qalqonsimon bezning kattalashishi (zob), ko‘zni tashqari tomonga chiqib ketguday ko‘rinishi (ko'z olmachalari o'z orbitasidan chiqadi), moddalar almashinuvi ortadi va bu belgi jiddiy darajada oriqlab ketish bilan ko'rinishi hisoblanadi. Ko'pchilik hollarda pulsning soni 1 daqiqada 180-200 martagacha yetadi. Bemorlar qiziqqon, bezovta bo'ladi, ular juda tez charchaydigan, uyquning buzilishi kuzatiladi, bolalar yig'loqi bo'lib qoladi.Bazedov kasalligi hozirgi vaqtda samarali davolash yo'llari va tartibiga ega.Qalqonsimon bezi gormonlari yetishmaganda (gipofunksiyasida) organizmdagi moddalar almashinuvining mo'tadil darajasini ta'min etilmasligiga va oqsil to'qimalarining zichlik holatini buzilishiga olib keladi. To'qimalar juda bo'shashib ketadi, shilimshiqli bo'lib miksedema yoki shilliq shishlar kasalligi rivojlanadi. Bu vaqtda odam holsizlanadigan bo'lib qoladi, ishtaha yo'qoladi. tana harorati pasayadi, to'qimalarning g'ovaklashishi, umumiy shish, muskullarning shalvirashi, sochlarni yomon o'sishi bilan ko'rinuvchi terining shishi unga xarakterli bo'lgan ko'rinishni beradi.Bolalarning yoshlik davridagi qolqonsimon bez funksiyasining yetarlicha bo'lmasligi kretinizmga olib keladi. Bu vaqtda bola o'sishdan qoladi va tana proporsiyasi buziladi, jinsiy yetilish orqaga suriladi, aqliy rivojlanishdan ortda qoladi. Qalqonsimon bez gipofunksiyasida gipotireoz deb ataladigan kasallik paydo bo'ladi. Qalqonsimon bez yoshlik paytidan gipofunksiyaga uchrasa yoki hayvonlarda olib tashlanadigan bo'lsa, bu hol organizmning jismoniy, jinsiy va ruhiy jihatdan rivojlanishi kechikib qolishiga olib keladi. Bolalik davridagi gipotireozning klinik belgilari shunday xususiyatlarga ega bo‘ladiki, bular kretinizmda hammadan barala ko'rinadi. O'sish orqada qolib, aqliy qobiliyatlar pasayib ketadi. Tana proporsiyalari o'zgarib qoladi (qo'l-oyoqlar kalta, bosh katta bo'ldi), jinsiy rivojlanish kechikadi, psixika ayniydi. Ko'pchilik bolalarda qorin kattalashib ketadi, ular «o'rdakka o'xshab» g'alati yuradi, tishlari kechroq chiqadi, nutqi va intellekti kechroq rivojlanadi. Miksedemaga xos o'zgarishlar ham bo'ladi Qalqonsimon bezning gipofunksiyasini ertaroq aniqlash va unga mos holda davolash jiddiy darajadagi ijobiy samara beradi.Qalqonsimon bezning funksiyasini buzilishi genetik o'zgarishlar natijasida yuzaga kelsa, ayrim hududlarda qalqonsimon bez gormonlarini sintezlanishi uchun zarur bo'lgan yodning yetishmasligi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatlar,odatda, baland tog'li hududlarda hamda suv, tuproq va o‘simliklarda yod yetishmaydigan kulrang tuproqli serdaraxtli joylarda uchrayli. Bunday joylarda yashovchi odamlarda qalqonsimon bez o'lchami jihatidan kattalashib ketsada, odatda, uning funksiyasi juda past bo'ladi. Bu esa endemik zob deb yuritiladi. Endemik kasallik deb, ma'lum joyda va u yerda yashovchi odamlarda doimiy ravishda kuzatiladigan kasalliklarga aytiladi.Mustaqil O 'zbekistonimizda keng ko'lamdagi profilaktik tadbirlarning o‘tkazilishi tufayli endemik zob umumiy kasallik sifatida yo' qotilgan. Non, choy va tuzlarga yodni qo'shilishi juda yaxshi samara beradi. Har 100 g tuzga 1 g dan kaliy yodidan qo'shish organizmning yodga bo'lgan talabini qondiradi.
Yüklə 14,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə