Ijtimoiy pedagogika va psixologiya kasbiy faoliyat sohasi



Yüklə 52,5 Kb.
səhifə1/2
tarix28.04.2023
ölçüsü52,5 Kb.
#107393
  1   2
Ijtimoiy pedagogika va psixologiya kasbiy faoliyat sohasi


Ijtimoiy pedagogika va psixologiya kasbiy faoliyat sohasi

Reja
1. Ijtimoiy pedagog ta’lim tizimida


2. Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyatining xususiyatlari
3. Ijtimoiy pedagogik faoliyat
4. Ijtimoiy pedagog vazifalari
5. Ijtimoiy pedagoglarning "kasbiy majburiyatlari"

Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash uzluksnz ta’lim tizimida amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash ikki turdagi o‘quv yurtlarida olib boriladi: o‘rta kasbiy ta’lim muassasalari (litsey va kollejlar) va oliy kasbiy ta’lim maktablari (Institut va universitetlar). O‘rta kasbiy ta’lim muassasalarida kichik sinflarla va maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalar bilan ishlovchi pedagoglar tayyorlanadi. O‘rta ma’lumotli pedagoglarning asosiy vazifasi bolalarga qiyin vaziyatlarpi singab o‘tishda yordam beradi, bolalarning ishonishiga ko‘maklashuvchi faoliyat turlarini tashqillashtirish. Bolalarning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning ota—onalari bilai hamkorlik qilish, o‘z malakasini oshirish maqsadida mustaqil ravishda o‘qib borishdan iboratdir. O‘rta kasbiy ta’lim bilim yurtini tugatgach, ular oliy ta’lim muassasida o‘z o‘qishini davom ettirishi mumkin. Ijtimoiy pedagog faqat o‘qituvchi emas, bola qanday o‘qiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va his etadigan shaxsdir. U bola hayotini, kechinmalarini xuddi o‘zinikidagidek tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishida yo‘llanmalar bera oladigan mutaxassis bo‘lmogi kerak. Shuning uchun haqiqiy pedagog faqat o‘z fanini bilibgina kolmay, ayni vaqtda bolalar va kattalar bilan ijodiy muloqot qila oladigan, o‘z ustida ishlaydigan inson bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Ta’lim jarayonini ijtimoiylashtirish natijasida o‘quvchi inson mohiyatini anglaydi. O‘z hayoti dovomida inson to‘g‘risida hosil qilingan tushunchalar asosida, shaxs haqiqiy fukaro bo‘lib yetishadi. Insonparvarlikka asoslangan ta’lim – ijtimoiy fanlar va yondosh fanlarning funksiyalarini kengaytiradi, ta’lim jarayonini, mutaxassis shaxsi va uning dunyokarashi yaxlitligini ta’minlaydi. Ta’limni insonparvarlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarga tegishli bilim, ko‘nikma, malaka, malaka berish, ularning insoniy dunyokarashini shakllantirishdan iborat. U bo‘lajak fukarolar tomonidan insonlar faoliyatining turli sohalarida insonparvarlik g‘oyasi va kadriyatlarini amalga oshirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Ta’limda metodologik xayot tajribasiga ziddiyatli holatlarda ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chiqishni taqozo etadi:


- ijtimoiy–shaxsiy hayot tajribasiga asoslangan muntazam davom etadigan jarayon hisoblanadi;
- real vaziyatdan kelib chiqib, ziddiyatli xolatlarida ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chiqishni takozo etadi;
- mavjud amaldagi xolatga doim moslashish jarayoni hisoblanadi;
- shaxslararo aloqalarni kamrab oladi;
- shaxsning shakllanish jarayonini yunaltiradi.
Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyatining xususiyatlari — "Ijtimoiy pedagog" mutaxassisi "pedagog" so‘zidap olingan bo‘lib, avvalo o‘qituvchi ma’nosini anglatadi. Shu bois mazkur lavozimning joriy etilganidan sung aynan o‘qituvchilarning birinchi ijtimoiy psdagoglar bo‘lgani ajablanarli emas. Ijtimoiy pedagoglarni qayta tayyerlash bo‘yicha kurslar tinglovchilarinipg aksariyat k;ismini dam o‘qituvchilar tatiqil etadi. Yana shuni ta’kidlamok. joizki, ijtimoiy psdagoglarnipg kasbiy taysrgarligi kam pedagogik oliy o‘quv yurtlarida amalga oshiriladi. Darhaqiqat, pedagog na o‘qituvchining kasbiy faoliyatida ko‘pgina umumiyliklar mavjud. Bu ikkala kasbning ham obyektn bola, uning rivojlanishi va ijtimoiy shakllanishidir. Bu narsa ularning yaqinligini yana bir bor tasdshdshydi. O‘z navbatida mazkur mutaxassiliklarping kasbiy faoliyati ularning o‘ziga xos xususiyatlarini aniq;lashga imkon beruvchi bir qator tafovutlarga ham ega. O‘qituvchi o‘zining asosiy ta’lim berish vazifasini bajarar ekan, yosh avlodga bilim va jamiyat tomonidan orttirilgan ijtimoiy madaniyat tajribasini o‘rgatadi. Ushbu jarayonda bola tarbiyalanadi va shakllantiriladi. Ijtimoiy pedagogning diqqat markazida esa bolani jamiyatga moslashib kstishiga yerdam berishdir.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat
Pedagogik faoliyat-ta’lim va tarbiya orqali ijtimoiy-madaniy tajribani berishga yo‘naltirilgan kasbiy faoliyat turidir. Bu faoliyat ta’lim standartlari. o‘quv rejalari, dasturlari bilan belgilanadi. Ijtnmoiy pedagogik faoyaiyat-bolaga ijtimoiylashuvi jarayonida (bolaning jamiyatga kirishi) yordam ko‘rsatishga qaratilgan kasbiy faoliyat turidir. Bola bilan bo‘lishi mumkin turli xil ta’lim muassasalari, tashqilotlari, birlashmalari, ijtimoiy pedagoglar bilan amalga oshiriladi.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat har doim, ya’ni aniq. bir bolaga va ijtimoiylashuv, jamiyatga integratsiya jarayonida yuzaga keladigan muamolarini hal etishga yunaltirilgan bo‘ladi.
Kasbiy faoliyat tuzilmasi-har qanday faoliyat o‘z tuzilmasiga egadir. Ular faoliyat elementlarining o‘zaro bog‘liqligini va o‘zaro shartlaripi apikdaydi. Ijtimoiy pedagog faoliyati to‘z ilmasi quyidagi komponstlardan iborat: subyekt (faoliyatni amalga oshiruvchi tomon), obyekt (faoliyat yunaltirilgan tomon), maqsad (faoliyat orqali nimaga intilinadi), vazifa (faoliyat orqali nimalar amalga oshiriladi), vositalar(faoliyat kaysi usul yoki texnika yordamida amalga oshiriladi). Ijtimoiy pedagog faoliyatining obyekti jamiyatga moslashish jaraynidagi yordamga maqsad bolalar va yeshlardir. Bu toifaga intellektual, ruxiy, ijtimoiy nuk;soni bor bolalar, shuningdek, jismoniy, ruxiy yeki akliy shakllanishi bo‘zilgan bolllariing katta qismi (ko‘zi ojiz, kar—sokov, akliy ojiz va borlalar stsrsbral falajligiga chalingaplar) kiritiladi. Ular jamiyatning alohida mexriga maqsaddir. Agar bolaning jamiyatdagi shakllanishi normal kechsa, unda ijtimoiy pedagog yordami zarur bo‘lmaydi. Bordiyu, ota-onalar va maktab uning shakllanishi, tarbiyalanishi va ta’lim olishini ta’minlay olmasa, u holda ijtimoiy pedagog xizmati kerak bo‘ladi. Ijtimoiy pedagog faoliyatining maqsadi bolaning ruxiy yengilligi va xavfsizligi uchun sharoit yaratish, uning oilasi, maktabi va atrofidagi unga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan ogohlantiruvchi va ularni yengib o‘tuvchi ijtimoiy, xukuqiy, ruxiy, tibbiy va pedagogik muammolarni kompleks ravishda hal etish maqsadida turli mutaxassilar (ruxiyatshunoslar, tibbiy xodimlar, ijtimoiy xodimlar va yuristlar) hamda ma’muriy organlar va idoralarning (ta’lim, sog‘liqni saklash, ijtimoiy himoya sohasidagi) mazkur masalaga yo‘naltirilgan say’i-harakatlarini muvofiqlashtirib turishda vositachi bo‘la olishi kerak. Ijtimoiy pedagog faoliyatidagi muhim yunalish-bu BMT konvensiyasida e’lon qilingan bolaning yashashga, sog‘lom shakllanishga, ta’lim olishga, o‘z qarashlarini erkin ifoda etishga, kamsitishning har qanday turidan himoyalashga qaratilgan huquqlarini himoya qilishdir. Ijtimoiy pedagog faoliyatidagi yana bir yo‘nalish-bu bolani shakllanishiga ko‘maklashuvchi ijtimoiy loyihalar va dasturlar, xususiy tashabbuslarni ishlab chiqishda ishtirok etishdir. Shunday qilib, ijtimoiy pedagog faoliyatiga quyidagi vazifalarni biriktirish mumkin: .
— tashhis kuyish
— bashoratchilik
— vositachilik
— to‘g‘rilash va qayta tiklash
— himoyalash
— ogohlantirish va profilaktik
— evristika (ijodiy fikrlash)
Pedagogning barcha faoliyati vositalar yordamida amalga oshiriladi. Bular safiga maqsadga erishishda zarur bo‘ladigan barcha harakatlar, predmetlar, qurollar, usullar va texnologiyalarni kiritish mumkin. Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyat subyekti sifatida: shaxsiy tavsif va kasbiy omilkorlik. Ijtimoiy pedagogning shaxsiy tavfsifnomasi ko‘rib chiqiladigan bo‘lsa, avvalo mazkur faoliyat subyektini o‘z sohasini mukammal biluvchi mutaxassini belgilab olishimiz zarur bo‘ladi. U bola hayotidagi ijtimoiy va boshqa qiyinchiliklarni chukur farklay biladi va unga yordamga kela oladi. U umumnazariy va maxsus bilimlarga malaka va ko‘nikmalarga, ma’lum darajadagi qobiliyatga ega bo‘ladi. xo‘sh ijtimoiy pedagog kim. Uning ruhiy surati va shaxsiy tavsifnomasi qanday? Qaysi sohalar uning faoliyati doirasiga tsgishli. U boshqa kasb egalaridan nimasi bilan farq qiladi. Kundalik xayotda biz kasb inson ongida, uning xatti-harakatlarida va dunyoqarashida o‘ziga xos iz qoldirishiga guvoh bo‘lamiz. Psixologiyada bu narsa "kasbiy mentallik" deb ataladi. Mentallik-bu insonning olamga munosabatini va uning kundalik hatti-harakatlarini aks ettiruvchi ma’lum ijtimoiy—ruhiy qarashlar va qadriyatlar majmuidir. Mentallik o‘zida individning ijtimoiy va madaniy tajribasini mujassamlashtirgan bo‘lib, insonning k;aysi ijtimoiy qatlamga, yoshga, jinsga, millatga va kasbga mansubligi bilan aniqlanadi. Psixologik tadqiqotlarda kasbiy mentallik ma’lum bir kasb egalariga xos bo‘lgan xususiyat sifatida e’tirof qilinadi.
Hozirgi pedagogning muhim vazifalaridan biri milliy istiqlol g‘oyasini bolalar va o‘quvchilar ongida shakllantirish tadbirlari va mexanizmlarini ishlab chiqib, uni amalga oshirishdan iboratdir. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov shunday degan edi: ‘‘Endigi vazifamiz shundan iboratki, milliy istiqlol g‘oyasi tushunchalari asosida keng jamoatchilik, ziyolilar, ilm–fan va madaniyat namoyandalari, avvalo, ma’naviy–ma’rifiy soha xodimlari milliy mafkurani takomillashtirish, uning asosiy tamoyillarini odamlar qalbiga va ongiga singdirishga qaratilgan ishlarni yangi bosqichga zarur’’. Mana shuning uchun ham yaratiladigan qo‘llanmalar mazmunida milliy istiqlol g‘oyasi asosiy o‘rinni olishi lozim.
Oliy ta’lim muassasalarida pedagoglar ikki bosqichda o‘qitiladi. Birinchi bosqichda ya’ni bakalavriatda mutaxassis o‘zi tanlagan soha buyicha 4 yil davomida ta’lim oladi. Ikkinchi bosqich magistraturada davom ettiriladi. "Ijtimoiy pedagog" sohasiga tegishli barcha mutaxassilarning ham o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘ladi. Bir qator tadqiqotchilar ularning shaxsiy tavsifnomasi sifatida individual—ruxiy xususiyatlar va maxsus qobiliyatlarni ko‘rsatmokda. Kuzatuvchanlik, vaziyatga qarab tez yo‘lga tusha bilish, fahm— farosat bilan seza olish, o‘zini boshqa odam o‘rniga qo‘ya olish va uning hissiyotlarini tushuna bilish, o‘zini boshqara olish va refleksiya (fikr yuritib uni tahlil qilish) maxsus qobiliyatlar jumlasidandir. Shuningdek ijtimoiy pedagog dilkashlik, odamlar bilan ishlay olish, qiziqqonlik, o‘z fikrini o‘tkaza olish, baxsli vaziyatlarda yo‘l topa bilish, tirishqoqlik kabi ijtimoiy sohaning barcha xodimlariga xos xususiyatlarga ham ega bo‘lmoki darkor. xorijiy tadqiqotchilar ham pedagogning individual-ruxiy xususiyatlari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildiradi. Masalan, Buyuk Britaniyalik olimlar bunday xususiyatlar qatoriga yuqori darajadagi akliy salohiyatga egalik, tartiblilik va o‘z-o‘zini boshqara bilish, jismonan kuchlilik, odamlarga qiyin vaziyatlarda yordam bera olish, chidamlilik, sezgirlik kabilarni kiritadi. AQShning mashxur psixologlaridan sanalgan J. xoland o‘zining "o‘ziga yunaltirilgan kidiruv" metodikasida ijtimoiy soha kasbi egasiga xos xususiyatni ko‘rsatgan. Bo‘lar realistlik (haqkoniylik), tadqiqotchilik, artistlik, ijtimoiy, tadbirkorlik, konventsional xususiyatlardir. U ijtimoiy pedagogga xos insonparovarlik, ideallik, mas’uliyatlilik, axloqlilik, xushmuomalalik, iliklik, odoblilik, o‘zgalarni do‘st tuta olish kabi xususiyatlarni ham ko‘rsatadi. Ijtimoiy pedagog kasbi insonlar o‘rtasidagi munosabatlar tizimida faoliyat yurituvchi ko‘pkirrali soha bo‘lib, pedagogning kaysi ishda ishlashidan kat’iy nazar odamlar bilan va avvalo bolalar bilan ishlashga yunaltirilgan. muloqot jarayonida pedagog ko‘pli ruxiy og‘irlikni va charchoqni o‘zida sinashiga to‘g‘ri keladi. Shu bois uning asab tizimi ham mustahkam bo‘lishi darkor. Bu narsa unga ijtimoiy-pedagogik, ruxiy—terapevtik jarayonlarda emotsional qiyinchiliklar bilap to‘qnashuvda yordam beradi. Ijtimoiy pedagogga xos yana bir xarakter bu "Men -obrazidir" Bu narsa pedagogning o‘ziga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishini hamda boshqalar tomonidan o‘ziga yuqori baho berilishini ifodalaydi. Mazkur harakter pedagogga boshqa odamlar bilan erkin muloqot qilish va ularni oson qabul qilish imkonini beradi. Ijtimoiy pedagogning quyidagi shaxsiy fazilatlarini alohida ajratishimiz mumkin:
- Insoniylik xususiyatlari (mehribonlik, boshqalar manfaatini ustun qo‘yish, o‘z shaxsiy kadr-qimmati hissi)
xususiyatlar (ruxiy barqarorlik, yuqori darajadagi hissiy va irodaviy xususiyatlar)
— ruxiy tahlilchilik xususiyatlari ( o‘zini idora qila olish, o‘ziga tanqidiy qarash, o‘zini baxolay olish)-ruxiy-pedagogik xususiyatlar ( kirishuvchanlik, gapga chechanlik.)
Yuqorida keltirilgan xususiyatlar bilan tanishar ekanmiz, har qanday odam ham ijtimoiy-pedagogik faoliyatni olib borish qobiliyatiga ega bo‘lavermasligiga ishonch hosil qilamiz. Har bir pedagogning kasbiy omilkorligi, ya’ni uning o‘z faoliyatini olib borishga amaliy va nazariy tomondan tayyorligi me’yoriy-xuquqiy hujjatlar yordamida tartibga olinadi. Mazkur hujjatlar o‘z ichiga mutaxassis pedagogning kasbiy majburiyatlarini, mehnat tavsifnomasini, bilim va malakasini oladi. Rezyume (qisqacha xulosa)
IJTIMOIY ISH – aholining ijtimoiy himoyalanmagan qatlamlariga yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Ijtimoiy ishlarning obyekti inson hisoblanadi, lekin hamma emas, balki faqatgina muammolari bo‘lganlari (ekologik, ijtimoiy, texnogen, millatlararo keskin o‘zgarishlar, bo‘z ilishlar natijasida) yoki sog‘lom bo‘lmagan, jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lganlar hisoblanadi.
Madaniyat-jamiyatning tarixiy malum bir rivojlanish darajasi., ijtimoiy kuch, inson kobilyati, odamlar hayotiy faoliyati shaklini tashqil etish usuli, asosan ular tomonidan yaratilajak maddiy va manaviy kadiryatlar bilan belgilanadi.
MURUVVAT KO‘RSATISH–maqsadlarga yordam, xayriya-saxovat alohida shaxslar yoki tashqilotlar tomonidan maqsadlarga, yoki aholi guruhlariga beminnat yordam berish. Raxm-shavqat, marhamat, raxmdillik, barchaga yordam berish, yoki o‘zgalarni kechirish, g‘amxo‘rlik qilish, insonparvarlik.
XAYRIYA – (maqsadlarga yordam, xayr-saxovat) – maqsad odamlarga yoki aholining ijtimoiy guruhlariga xususiy shaxslar, yoki tashqilotlar tomonidan bepul yordam ko‘rsatish.

Yüklə 52,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə