Ijtimoiy pedagogika va psixologiya kasbiy faoliyat sohasi



Yüklə 52,5 Kb.
səhifə2/2
tarix28.04.2023
ölçüsü52,5 Kb.
#107393
1   2
Ijtimoiy pedagogika va psixologiya kasbiy faoliyat sohasi

MEHRIBONLIK (MILOSERDIYE) – (mehr-sahovat) (raxm-shavqat, marhamat, rahmdillik) – rahmdillik, odamiylik, insonparvarlik yuzasidan kimgadir yordam ko‘rsatish, yoki kimnidir kechirish, avf etish.
"Kasbiy majburiyatlar" -Bolalarni ijtimoiy himoya, qo‘llab-quvvatlash, hamda bu borada xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar to‘g‘risida zarur axborotlar bilan ta’minlanadi.
-Inson va bola xuquqini himoya qilishga qaratilgan, turli toifadagi bolalarning haq-huquqlarini ta’minlashga, bolalarni huquqiy jihatdan tarbiyalashga yo‘naltirilgan ijtimoiy-huquqiy yordamni ko‘rsatish.
-Ruhiy va emotsional yordamga maqsad bolalarga ijtimoiy-reabilitatsion yordam ko‘rsatish.
-Kam ta’minlangan oilalarda yashovchi bolalarning maishiy hayotini yaxlitlash maqsadida ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish.
-Bemor bolalarga zarur tibbiy—ijtimoiy yordamni ko‘rsatish. Alkogolizm, giyohvandlik bilan shug‘ullanuvchi voyaga yetmaganlarni davolash. Ijtimoiy pedagogdan quyidagicha kasbiy bilimlar talab etiladi :
-O‘z faoliyatining me’yoriy—huquqiy asosini (qonunlar, farmonlar, karorlar va yuriknomalar), ijtimoiy pedagogika nazariyasi va tarixini, turli muhitlarda turli toifa bolalari bilan ishlashning mstodikasini va tsxnologiyasini, bola shaxsini, uning jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy shakllanishini o‘rganuvchi psixologiya’ni; odamlarning uyushma va guruhlari (Oila, maktab va mehnat kollektivi)ni o‘rganuvchi sotsiologiya’ni; o‘z kasbiy tadqiqot faoliyatini ijtimoiy boshqarish va rejalashtirish metodini bilish. va quyidagi kasbiy malakalar talab etiladi: Taqlid qila olish qobiliyati. Bolaning shakllanishida unga muhitning salbiy va ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi harakatlarini aniqlab tahlil qila bilish;
Bashoratchilik qobiliyati: faoliyat olib borish usullarini belgilab olib uni aniq. maqsad tomon yo‘naltirish, duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan ko‘ra bilish va hisobga olib, vaktni to‘g‘ri taksimlash; Loyihalashtira bilish—faoliyatni aniq bir loyixa asosida, tarbiyalanuvchining shart—sharoitlari va mavjud muhit talablarini hisobga olib, aniq bir tartibda olib borish, o‘z faoliyatining har bir bosqichida ijobiy va salbiy natijalarini to‘g‘ri tahlil qila olish; kirishuvchanlik, ya’ni bolani eshitish va tinglay olish, bola bilan muloqot jarayonini osonlashtirish, bola muammosini to‘g‘ri tushunish uchun zarur axborot va ma’lumotlarni to‘plash.
Ijtimoiy pedagog faoliyati sohalari ijtimoiy pedagog lavozimi bugungi kunda ikkita idorada — ta’lim muassalarida va yoshlar ishi buyicha muassalarda joriy etilgan. Yoshlar ishi bo‘yicha idoralarda mazkur lavozim 8 xil muassasada ro‘yxatga kiritilgan. Bular: bolalar klublari, bolalar ijodi markazlari, yoshlar yotokxonasi, o‘smirlar dam olish maskanlari, yoshlar ta’lim markazlari, kasbiy yo‘naltirish markazlari, bandlik markazlari, bolalar va yoshlar mehnat birjalaridir. Ta’lim sohasida esa pedagog 6 xil muassasa ruyxatiga kiritilgan. Bular: maktabgacha tarbiya tashqilotlari, umumta’lim muassalari, umumta’lim internatlari, boquvchisini yo‘qotgan bolalar uchun umumta’lim idoralari, maxsus ta’lim muassalari, boshlang‘ich kasbiy ta’lim muassalaridir. Ijtimoiy pedagog lavozimi mazkur ikki idorada joriy etilgan bo‘lsada, aslida ularga bo‘lgan talab yana ham kengrok. Bunday lavozim deyarli barcha ijtimoiy sohalarda joriy etilgan. Ular sog‘likni saqlash muassalarida (ruhiy nosog‘lom, giyohvand bolalar uchun), aholini ijtimoiy himoyalash muassasalarida (imkoniyati cheklangan o‘smirlar reabilitatsiya markazlarida, voyaga yetmaganlar reabilitatsiya markazlarida), ichki ishlar organlari tarmog‘idagi muassalarda ko‘rish mumkin.
Ijtimoiy pedagogik ishlar faol g‘oyaviy – axloqiy imkoniyatlarga ega, u shaxs xulkida paydo bo‘lgan salbiy elementlarga qarshi kurashda muhim omilga aylanadi. U ijtimoiy fikrni shakllantirish yo‘li bilan jamoada sog‘lom ma’naviy – axloqiy muhit hosil qilishga ta’sir ko‘rsatadi, ilg‘or ijtimoiy qadriyatlarni mustahkamlaydi, shaxs qadr – qimmatini ta’mindaydi, qonunni xurmat qilishga o‘rgatadi. Bu ayniqsa bugungi kunda, jamiyat ma’naviy yangilanish jarayonini boshidan kechirayotgan bir davrda muhim ahamiyatga ega. Tarbiyaviy faoliyatning muhim rezervlaridan yana biri – ommaviy targ‘ibot bilan bog‘liq bo‘lib, g‘oyaviy – tarbiyaviy ishlarning barcha shakllarida gayrat va tashabbus talab etildi. Bunda davlat va jamoat tashqilotlari tomonidan ommaviy – tashqiliy tadbirlar o‘tkazish, kechalar, bayramlar, rasm – rusmlar, urf – odatlar, jumladan «Navro‘z», «xotira va qadrlash kuni» va boshqa tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Ommaviy ishlarda ijtimoiy – tarbiyaviy muvaffaqiyatlarga ommaning ijtimoiy – madaniy faoliyat yo‘nalishini chuqur anglagan holdagina erishish mumkin. Bu birinchi navbatda. Pedagogik tamoyillar asosida ma’rifiy muassasa ishlarini tashqil etishda va metodikasida o‘z ifodasini topadi. Tadbirlarni faqat g‘oyaviy yunalishini emas, ayni choqda ijtimoiy – pedagogik, ijtimoiy – psixologik mohiyatini anglash, tashqiliy ishlarda uning mexanizmlarga taya’nish zarur. Ijtimoiy pedagogik va ijtimoiy xodimlar faoliyati astasekin kengayib, biri ikkinchisini tuldira bordi. Ijtimoiy – pedagogik boshqaruv va ijtimoiy jarayonlarni nazorat qilish obyekti sifatida yoshlar jinoyatchiligining oldini olish maktab, ichki ishlar bo‘limi, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga qarshi ko‘rash organlarining birgalikdagi tadbirlari tizimi doirasida amalga oshirilishi kerak.

Adabiyotlar:


1. Karimov I.A. Barkamol avlod O‘zbekiston tarakkiyetining poydevori. T.1997y.


2. Munavvarov A. Pedagogika. T. 1996 y.
3. Egamberdiyeva N. Ijtimoiy pedagogika. Darslik. T. 2009.
4. Toxtaxodjayeva M. va boshqalar. Pedagogika .T.2008.
Yüklə 52,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə